Gap bo'iaklari


Gapning ikkinchi darajali bo'laklari



Yüklə 51,18 Kb.
səhifə3/9
tarix13.12.2023
ölçüsü51,18 Kb.
#174748
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Gap bo\'laklarining tartibi. Inversiya. Shavkat Rahmon she\'riyati.

1.2.Gapning ikkinchi darajali bo'laklari

Boshqaruv yo'l bilan gapning biror bo'lagiga tobelanib, uning ma'nosini to'ldirish uchun xizmat qiladigan gap bo'lagi to'ldiruvchi deyiladi.Boshqaruvchi so'zning talabiga ko'ra to'ldiruvchi tushum, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigidagi so'z yoki ko'makchi bilan ifodalanadi. Masalan:


Bulaming barchasi senga atalgan.
Sening ishqing bilan o'sgan yetilgan.
("Navoiy"dramasi)
Ilmni mehnatsiz egallab bo'lmaydi. (Maqol.) Keltirilgan misollarning birinchisida to'ldiruvchi (ishqing bilan) ko'makchili ot bilan, ikkinchisi (ilmni) tushum kelishikli so'z bilan ifodalangan va ularning har ikkisi kesimga (o'sgan, egallab bo'lmaydi) boshqaruv yo'li bilan bog'langan.
To'ldiruvchi ot, sifat, olmosh, son. harakat nomi otlashgan sifat, sifatdosh, ravish, taqlid so'z undov so'zlar bilan ifodalanadi.
Ot bilan ifodalanishi: Dunyoni yoritar bizning sevgimiz, ikkimiz hech qachon o'lmasmiz aslo.(H. O.)
Nahotki asrlar, yillarcha jafo,
Chekkan odamlarga shu yetar vafo. (H. O.)
Sifat bilan ifodalanishi: Yaxshiga qilsang yaxshilik ham aytadi. ham qaytadi, yomonga qilsang yaxshilik na aytadi na qaytadi.(H.)
Son bilan ifodalanishi. Beshga beshni qo'shsak, o'n bo'ladi.
Olmosh bilan:
Mana senga olam-olam gul,
Etaginga siqqanicha ol. (H.O.)
O'zingni er bilsang, o'zgani sher bil. (Maqol.)
Harakat nomi bilan ifodalanishi: Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq. (Maqol.)
Sifatdosh bilan ifodalanishi: Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim. (Maqol.) Ravish bilan ifodalanishi. Ko'pdan quyon qochib qutihnas. (Maqol.) Oz-ozdan o'rganib dono bo'lur. (Maqol.) To'ldiruvchi ikki xil: vositasiz va vositali.
Vositasiz to'ldiruvchi. Harakatni bevosita o'ziga qabul qilgan predmetni ifodalaydigan va kimni? nimani? qaverni? kabi so'roqlardan biriga javob beradigan to'ldiruvchi vositasiz to'ldiruvchi deyiladi. Vositasiz to'ldiruvchining tushum kelishigidagi so'z bilan ifodalanishi. Masalan: Erni er qiladigan ham xotin, qora yer qiladigan ham. (Maqol.) Vositasiz to'ldiruvchi belgili va belgisiz tushum kelishik shaklidagi so'z bilan ifoda qilinadi. Masalan: Bilib qo'yki seni Vatan kutadi. (G'.G'.) Botirlari kanal qazadi.(H.O.)
Vositali to'ldiruvchi. Bosh, qaratqich tushum kelishiklaridan boshqa kelishiklardagi va ko'makchili so'zlar bilan ifodalangan to'ldiruvchi vositali to'ldiruvchi deyiladi. Masalan: Boshimdan o'tganini o'zim bilaman.
Shodlik yo'lga boshladi meni, Baxtiyorlik bo'ldi odatim. (H.O.)
Maydon o'zining ko'rkamligi va ulug'vorligi bilan butun shaharga hush kiritgan edi. (P. Q.)
Vositali tuldiruvchi kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kimda?nimada? kim bilan? nima bilan? kim haqida? nima haqida? kabi so'roqlardan biriga javob beradi. Masalan:
Do’st bilan obod uying.
Gar bo'lsa u vayrona ham. (E. V.)



Yüklə 51,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin