Gap bo'iaklari


Gap bo'laklarining joylashish tartibi



Yüklə 51,18 Kb.
səhifə4/9
tarix13.12.2023
ölçüsü51,18 Kb.
#174748
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Gap bo\'laklarining tartibi. Inversiya. Shavkat Rahmon she\'riyati.

1.3.Gap bo'laklarining joylashish tartibi

Mehmonlarga har nav shirinliklar, pista, bodom, quruq mevalar tortildi. (0.)


Predmetning turli belgilarini, bir predmetning ikkinchi predmetga qarashli ekanligini bildiruvchi ikkinchi darajali bo'lak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi qanday? qanaqa? qaysi? qancha? kimning? nimaning? qayerning? kabi so'roqlaridan biriga javob beradi. Masalan: Oq, sariq. qizil, rang-barang chirmoviqlar, tikanli gullaming hammasi shudring bilan top-toza yuvilgan. (O.Yo.) Aniqlovchi asosan, otga bog'lamb keladi. Aniqlovchi qanday ma'noni ifodalashiga ko'ra uch xil: 1) sifatlovchi, 2) qaratqichli, 3) izohlovchi.
Sifatlovchi. Predmetning belgi-xususiyatL hajmi, shakli, maza-ta'mi, rang-turi, miqdor-darajasi, tartibi kabilarni bildiruvchi aniqlovchi turi sifatlovchi deyiladi. Sifatlovchi bog'lanib kelgan so'z sifatlanmish deyiladi. Sifatlovchi o'z sifatlanmishiga bitishib yoki bog'lanib, sifat, son, olmosh, ravish, sifatdosh. undov, taqlid so'zlar va so'z birikmasi bilan ifodalanadi.
Sifat bilan ifodalanishi: Nasiba g'ayratli, ishchan tashabbuskor bir qiz bo'lib o'sdi. (0. Yo.) Rang-barang gullar gulzorning husniga husn qo'shib turibdi. (Sh.R.)
Son bilan ifodalanishi. Uch og'ayini botirlar ertagini o'qidim. Ikkala do'st qizg'in bahslashardi.
Olmosh bilan ifodalanishi: Huv, o'sha aytgan yigit sizmisiz. Devor ortidagi qo'rg'onchada xotin kishi aytayotgan qo'shiq Bol-tavoyga huv, o'sha anorzor bog'ni, Salomatni eslatib qo'ydi (S. A.)
Ot bilan: Po'lat pichoq qinsiz qolmas. (Maqol.) Oltin boshoqlar shitirlaydi. Temir darvozadan kiriladi.
Sifatlovchi bilan ifodalanishi: Aytilgan so'z—otilgan o'q. (Maqol.)
Gurillagan shabada sekin esadi.
Ravish bilan: Qirning uzoq-yaqin yon bag'irlaridan qo'y-qo'zilarning ma'rashi eshitilib turar edi. Husniddin mardlarcha tepalikni himoya qildi.
Taqlidiy so'z bilan ifodalanishi: Qisliloqqa sen haqingda duv-duv gap tarqalgan. G'uj-g'uj oppoq tutlar shoxlarida marjondek tizilib turishibdi. (P. T.) Atrofda g'uv-g'uv pashsha. (O.) Kampir so'zini tugatmasdanoq "miyov" degan ovoz eshitildi. (Sh. S.)
Aniqlovchining bunday shakli aniqlanmishga bitishiv yo'l bilan birikadi.
Ayrim paytda sifatlovchi birikma holida ham kelishi mumkin. Masalan: Shu topda daraxtlar orasidan otilib chiqqan kiyik Alisherni hidladi, erkalanib surkaldi. (O.)
Qattiq yerdan tatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan oychechak. (U.)
Qaratuvchi. O'zi ifoda qilayotgan shaxs yo predmetga boshqa bir shaxs yoki predmetning qarashli ekanligini bildiruvchi aniqlovchi turi qaratuvchi deyiladi. Qaratuvchi quyidagi so'z turkumlari bilan ifodalanadi:
Ot bilan. Xalqni jondan sevgan Alisher Navoiy insonning haq-huquqlarini himoya qiladi va baxt-saodat uchun kurashadi. (0.) Laylakning bo'yi novcha, tumshug'i bor tarnovcha. (U.)
Olmosh bilan. Osmonlarda mening ham bitta lochin akam bor. (Qo'shiq.) Bizning Vatanimiz ozod va hur O'zbekiston. (Tele eshittirishdan.)
Otlashgan sifat bilan.
Yaxshining yaxshiligini ayt nuri toshsin,
Yomonning yomonligini ayt quti qochsin.
(Maqol).
Otlashgan sifatdosh bilan. Maqtanganning to'yiga, kerilganning uyiga borma. (Maqol.)
Izohlovchi. Shaxs yoki predmetni boshqacha nom berish yo'li bilan aniqlaydigan aniqlovchining bir turi izohlovchi deyiladi. Izohlovchi, odatda, ot bilan ifodalanib, quyidagi ma'nolami bildiradi.
1. Unvonni: Akademik Shoabdurahmonov atoqli o'zbektilshunosidir. Zobit Aslonov mashg'ulotlarni katta mahorat bilano'tkazadi.

  1. Mashg'ulot kasb, mutaxassislikni: shoir Usmon Azim tog'liBoysunda tug'ilgan. O'qituvchi Rahim Ahmedov matematikadandars bergan.

  2. Amalni: Yo'lboshchi G'ayrat akam g'oyat ajoyib ekan.(M.A.) Hisobchi Marat aka qishloqqa keldi.

  3. Laqabni: Xurshida bonuni yangi libosda ko'rib yana boyagidaybir daqiqa tikilib qoldi. (O. Yo.) Toshpo'lat tajang nima deydi.

  1. Qarindoshlikni yoki shunga o'xshatilgan munosabatni:Sochlari oqargan bu professor, Ernazar akaga qarab qarsak chalibyubordi. (I. R.)

  2. Taxallusini: Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek o'zbekadabiyotiga katta hissa qo'shdi. Muhammad Aminxo'ja Muqimiyo'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakilidir.

  3. O'xshash belgi mustaqillik so'zi naqadar laziz (U.) Bizgaerk berdi mustaqillik - ozodlik - quyosh.

Ish-harakatning belgisi, qay tarzda bajarilishi, sababi maqsadi va uning bajarilishi bilan bog'liq bo'lgan o'rin va paytga munosabatini ifodalovchi gap bo'lagi hol deyiladi. Qay tarzda? qay holatda? qayerda? qayerga? qayerdan? qachon? kabi so'roqlardan biriga
javob beradi.
Hol ravish, ravishdosh, jo'nalish, chiqish, o'rin payt kelishigidagi ot yoki ko'makchili ot bilan, taqlidiy so'z va son bilan ifodalanadi. Hol vazifasida keluvchi so'z turkumi, asosan, ravishdir. Masalan:
Tong chog'i tun bilan kunduz uchrashdi, Tunda armon bilan yulduz uchrashdi. (U. A.) Ravishdoshning ham asosiy vazifasi gapda hol bo'lib kelishdir. Masalan: G'ulomjon qishloqda bo'lgan voqealarni oqizmay- tomizmay so'zlab berdi. (M.I.)
Hol ma'no xususiyatiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: ravish holi,payt holi, o'rin holi, sabab holi, maqsad holi, daraja - miqdor holi.
Ravish holi. Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini bildiradigan hol ravish holi deyiladi. Masalan: Ali Qushchi o'ychan odimlaganicha rasadxonaga kirdi. (0. Yo.)
Bulut zamin bilan yig'lab uchrashdi,
Shamol kurtaklarni ilg'ab uchrashdi. (U. A.)
O'rin holi. Ish-harakatning bo'lish, yo'nalish, boshlanish o'rnini bildirgan hol o'rin holi deyiladi. Masalan:
Bunda bulbul kitob o'qiydi
Bunda qurtlar ipak to'qiydi. (H.O.)
Qalandar atrofiga diqqat bilan razm soldi. (0, Yo.) Tepadan unga tanish ko'chalar, uylar, dalalar bir-bir ko'rinib o'tadi. (P. Q.)
Payt holi. Ish-harakatning bajarilish paytini bildiradigan hol payt holi deyiladi. Masalan: Ertalab osh suzsak, bir nasiba kam. (G'.G:.) Ular Samarqanddan kecha tun yarmida chiqqan, tong otguncha, yo'l yurib, subhidan shu jilg'aning boshidagi yong'oq-zorga kelib qo'nishgan edi.(0. Yo.)
Daraja -miqdor holi. Ish-harakatning bajarilishini daraja-miqdor jihatidan aniqlab keladigan hol daraja-miqdor holi deyiladi. Masalan: Yigirma uch gul fasli, bargday umrimdan o'chdi. (U.A.) Mard bir marta o'ladi, nomard ming marta. (Maqol.) Ko'p o'yla, kam so'yla. (Maqol.)
Sabab holi. Ish-harakatning bajarilish sababini bildiruvchi hol sabab holi deyiladi. Masalan:
Ne uchun sevaman O'zbekistonni,
Tuprog'in aylab ko'zga to’tiyo. (A. 0.)
Mustaqillik bo'lgani uchun biz dunyo hamjamiyatiga a'zo bo'ldik. (Gazetadan.) Sen bor uchun men bu yerlarga keldim.Elmurod xursandligidan tez-tez qadam bosib ilgari yurib ketdi. (P. T.) O'zi seni nega sevdim, Buncha bo'lmasam ojiz.
Maqsad holi. Ish-harakatning bajarilish maqsadini anglatuvchi hol maqsad holi deyiladi.
Bola ekan tish chiqardim.
Yovlarni tishlasin deb. (H.O.)
Ko'rgali husningni zori mubtalo bo'ldim senga. (A.N.)Atay senga she'r yozdim mustaqil O'zbekiston. (Gazetadan.) Olimpiada g'oliblarini qutlagani butun shahar to'plandi. (Gazetadan.)
Gap bo'laklarining tartibi o'zbek tilida, asosan, erkindir. Gapda ularning o'rnini almashtirish har doim ham grammatik holatni o'zgartiravermaydi. Masalan: Talabalar yozgi ta'tilga chiqishdi. Yozgi ta'tilga talabalar chiqishdi. Bu gaplarda so'zlarning o'rnini almashtirish bilan grammatik holat o'zgarmagan. Shunday bo'lsa-da gapning mazmumga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatgan.
Odatda ega gap boshida, kesim esa gap oxirida, ikkinchi darajali bo'laklar orasida keladi. Bu esa gapdagi to'g'n tartib hisoblanadi.
Ammo ayrim hollarda gap bo'laklarining o'rni o'zgaradi bu esa ma'no ham o'zgartiradi.

  1. Ega bilan kesimning tartibini o'zgartirsak, ega kesim vaaksincha kesim ega bo'lib qoladi. Masalan: ikki yorti—bir butun;bir-butun—ikki yorti.

  2. Sifatlovchi bilan sifatlanmishning tartibi o'zgarsa sifatlan-mish ega kesim bo'lib keladi. Masalan: ikkita dugona; dugonaikkita: Mana shu ko'ringan - universitet; universitet—mana shuko'ringan.

Gap bo'laklarining odatdagi tartibi o'zgarsa inversiya hodisasi yuz beradi. Bu hodisa ko'proq shevalarda hamda she'riyatda uchraydi. Masalan:
Xo'rsinadi bechora pari,
Yuguradi yalangda har yon
Silkinadi hali bu jahon
Zulmat cho'kar, bo'ron yeladi (U.A.)
Bu gaplarda kesim oldin ega esa keyin keladi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1 .Gapning ikkinchi darajali bo'laklarini qanday izohlaysiz?

  1. Ikkinchi darajali bo'laklardan qanday farq qiladi?

  2. To'ldiruvchi nima va uning qanday turlari bor?

  3. Aniqlovchi deb nimaga aytiladi va qanday so'roqlarga javobberadi?

  4. Sifatlovchi nima? U qanday ifodalanadi?

  1. Qaratuvchi deb nimaga aytiladi va u qaysi kelishik shakidakeladi?

  2. Izohlovchi nima? U aniqlovchining boshqa turlaridan qandayfarq qiladi?

  3. Hol deb qanday bo'lakka aytiladi?

9.0'zbek tilida gap bo'laklari qanday tartibda joylashadi? inversiya nima?

Yüklə 51,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin