Menga ro'molchasini bergan o'shal qiz.
Rangi somon bo'pti allaqachonlar. (Qo'shiq.)
menga - to'ldiruvchi, kimga? vositali, olmosh bilan ifoda-langan, ro'molchasini to'ldiruvchi, nima? vositasiz. ot bilan ifodalangan.
bergan - aniqlovchi, qanday? Sifatdosh bilan ifodalangan, sifatlovchi aniqlovchi.
o'shal - aniqlovchi, qanday? Olmosh bilan ifodalangan.
qiz - aniqlovchi, belgisiz qaratqichli aniqlovchi, ot bilan ifodalangan, allaqachonlar—hol, qachon payt holi, ravish bilan ifodalangan.
49-mashq. Ikkinchi darajali bo'laklarni aniqlab, ularning tagiga chizing, turlari, so'rog'i va qanday so'z turkumi bilan ifodalanganini ayting,
l.Tashqarida hamon chaqmoq yaltirar va bahor yomg'iri salobatli shovillardi.(P.Q.) 2. G'ulomjon ovoz egasini tanidi(M.L) 3. Agar qiz toqqa ketsa, cholga bir kun bir yilday tuyila beradi.(Sh.R.) 4. Milliy g'oya millat tafakkurining mahsuli, inson va jamiyat hayotiga ma'no, mazmun baxsh etadigan, uni ezgulik sari yetaklaydigan fikrlar majmuasidir. ("Milliy istiqlol g'oyasi"') 5.Baxtli yoshligimiz uchun jonajon davlatimizga minnatdorchiligimizni izhor qilamiz..
II.BOB. Inversiya. Shavkat Rahmon she'riyati 2.1. Oʻzbekshe’riyatidainversiyahodisasi Sheriyat soʻzning sehrli jozibasi, inson ruhiyatiga ta’sir koʻrsata oladigan darajadagi koʻtarinkilikdir. She’larda insonlarning tuygʻulari eng baland pardalarda kuylanadi. Shuning uchun nazmda musiqiylik kuchli boʻladi. Ba’zan ritmik pauza yoki musiqiy zarb orqali she’rdagi kulminatsion holatlar tasvirlanadi. Zero, she’riyatda inson ruhiyati oʻz aksini topadi. Shuning uchun nazmni odatiy qolipga solib boʻlmaydi.
She’riyatda sintaksisning doimiy qolipidan koʻra, inson tuygʻulari jilvasi va kechinmalarini tasvirlash ustun turadi. Shubhasizki, bundan hollarda inversiya hodisasi yuzaga keladi. Tilshunoslikda inversiya gap boʻlaklarining odatdagi tartibi oʻzgarishi hisoblanadi. Inversiyada muloqotning hissiy ekspressiv komponentini amalga oshiriladi. Bu holatga ijobiy munosabat bildirish mumkin, chunki she’rda ifoda etilayotgan tuygʻu va kechinmalar insonga toʻgʻridan-toʻgʻri bayon etilmaydi, balki qalbga kirib borishi uchun past-baland notalarni tanlaydi. Bu kabi hodisalar shoir tomonidan ongli yoki ongsiz ravishda hamisha e’tiborga olinadi, aks holda uning asari tinglovchiga yetib bormaydi, demak, estetik sohadagi harakat va o‘ziga xos muloqot sodir bo‘lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, bu yerda kommunikativ rol kam, bizga nutqning ta'sirchan yoki tasviriy roli ham kerak, bu o‘quvchining fantaziya va his-tuygʻularini faollashtiradi.
Ajab, qatra yosh yoʻq bu kun koʻzimda, Koʻksimda yoʻq zarra alamdan tugun. Gʻamemas,shodlikbor,qarakoʻzimda, Seni qutlagani kelganman bugun.(Erkin Vohidov)
Bugun seni qutlagani kelganman. Oʻzbek tilida kesim har doim gapning oxirida keladi.(mustasno holatlardan boʻlak) bu qoidaning mustasno holati aynan inversiya hodisasidir. Garchi kesim gapning oxirida kelmasa-da, nazmda oʻzining goʻzal ifodasini topadi.
Eshilib, to‘lgʻanib ingranadi kuy, Asrlar gʻamini so‘ylar «Munojot». Kuyishundaybo‘lsa,gʻamningo‘ziga Qanday chiday olgan ekan odamzod! (Abdulla Oripov)
Ma'lumki, “Munojot” - o‘zbek mumtoz musiqasi tarixida juda katta o‘rin tutadigan asarlaridan biri. Uning ohangida gʻamginlik, inson qalbiga mahzunlik beradigan dard bor. Shu dard tufayli lirik qahramon ko‘ziga yosh keladi, bagʻri tilkalanadi. Shoir shuni mulohaza qiladi.
O‘quvchini fikrga chorlaydi. Asrlardan oshib kelgan gʻam va alamlardan kuy paydo bo‘lgan. Kuy, qo‘shiq va she'r hamisha inson dardi, qalb holatining in'ikosi tarzida dunyoga keladi.
Eshilib, to‘lgʻanib ingranadi kuy Asrlargʻaminiso‘ylar“Munojot” Kuy eshilib, toʻlgʻanib ingranadi, “Munojot” asrlar gʻamini soʻylaydi;
Kuyishundaybo‘lsa,gʻamningo‘ziga Qanday chiday olgan ekan odamzod! Kuyishundayboʻlsa, odamzodgʻamningoʻzigaqandaychidayolar ekan! Soʻnggi misralarda ega va kesimning oʻrni almashganligini koʻrishimiz mumkin:chiday olgan ekan odamzod. Shoir oʻz faryodini toʻlaqonli yoritish maqsadida inversiyaga murojaat qilgan. Gap boʻlaklarining oʻrin almashinuvi adabiy asarning qimmatini oshirishga ham xizmat qiladi.
Bundan tashqari ba'zi she'rlarda inversiya hodisasi kuzatilmaydi. Ularda gapbo‘laklari o‘rin almashmasligi ham mumkin.
Inversiya tinglovchining diqqatini jalb qilish uchun gapning bir bo‘lagini boshqa bo‘laklardan gʻayrioddiy joyga qo‘yish orqali namoyon bo‘ladi. Gapning boshi, albatta, tinglovchining e'tiborini tortadi. Shuning uchun she'riyatda sintaksis qoidalari biroz chetlab o‘tiladi. Gap bo‘laklari o‘z vazifasida keladi, faqat ularning tartibi o‘zgaradi. Bu bilan qatordagi qaysidir so‘z ko‘proq urgʻu oladi. Talaffuz jarayonida esa emotsiyani aks ettirishda, kulminatsiyani namoyon etishda inversiyaning o‘rni beqiyos.