Gap bo\'laklarining tartibi. Inversiya. Shavkat Rahmon she\'riyati.
Kelar, kelar buyuk mehrdan Kiftlar kiftga bosilajak kun, G‘amdan forig‘ jez kallalar ham Ko‘kraklarga osilajak kun. «Kelar» so‘zining ikki bor takrori botinida ertangi kunga qat’iy ishonch, xitob, chorlov pafosi bor. Kiftlar kiftga bosilajak kun - bu ulug‘ birlik orzusi. Chunki ulug‘ birlikka maslaksiz erishib bo‘lmaydi. Bubandda butun bir yovuzlik saltanatida ezilgan millatlarga xitob, birlashishga davat pafosi ustuvor:
Porlar toshna do‘ngan so‘zlarim, Porlar mangu odamiy, ruhim, Porlar Haqqa tashna ko‘zlarim, Xudo bergan mangu anduhim, Yorug‘ anduhim...
Anduh – odamzodning butun bir dardu-g‘ami. Shoir uchun yorug‘ anduh –bu yurt, millat ozodligi, istiqloli, yovuzlik saltanatining so‘qir bo‘lib, o‘z nahsidan qulash kuni. Lekin hozircha lirik qahramonning isyonkor, erkparvar so‘zlarini tinglaydigan jamiyat, shaxs yo’q. Shu bois so‘zlari, orzulari vaqtincha toshga do‘ngan. Bir kun keladi, imperiya qulasa, uning ham ruhi chin odamiy qiyofa, hurlik kasb etadi. Mustamlaka mamlakatda odamiy ruh bo‘lmaydi, bo‘lsa-da, notavon, muztar, zabun, nochor, ezilgan bo‘ladi. Shu maqsad, shu a’mol, e’tiqod yo’lida u Haq – Alloh taoloning ham marhamat, ham shafqat, ham qo‘llashidan, ham haqiqatning qaror topishidan umidvor.”9 Shavkat Rahmon she’riyatida eng ko‘zga ko‘ringan va katta ko‘lam kasb etuvchi mavzulardan biri Vatan mavzusidir. Aslida shoir hamma mavzuda she’r yozganida – u xoh daraxt haqida bo‘lsin, xoh tosh haqida bo‘ladimi, kuylab yozadimi, yig‘labitiruv malakaviy ish, barida shoirning Vataniga bo‘lgan mehr-muhabbati yashaydi. Masalan, shoirning “Rangin lahzalar” kitobi mo‘jazgina “Vatan” to‘rtligi bilan boshlanadi:
Joylashgansan shunchalar chuqur... O‘z tubiga yashirgan yurak. Senga yetib bormaklik uchun Uzun umrim yetmasa kerak.10 Dastlabki o‘qishdayoq vujudingizning allaqayerlarini titratib yuboradi. Tezda yod olasiz. Bir qarashda juda sodda, ammo, ona yurtga bo‘lgan mehrning eng samimiy iqroridir. “She’riyatga ko‘chgan shaxsiyat” nomli maqolasida Nurulloh Muhammad Raufxon shoirning aynan mana shu she’ridan olgan hayratini quyidagicha ifodalagan edi: “...u paytlar vatan haqida qanaqa she’rlar yozilgani va o‘qilgani ko‘plarga qorong‘i. Vatan, ko‘pincha, yuzalarda bo‘lardi, vatanni sevish ham yuqorilardan talab etilgani uchun o‘sha yuqorilarga yoqadigan tarzda yozilar va bayon qilinar edi. Shavkat Rahmonning Vatani esa juda chuqurlarda (buning ustiga, odamni o‘ylantiradigan uch nuqtasi bilan) joylashgan. Yerning emas, dengizlarning emas, yurakning chuqurlarida. U ko‘z-ko‘z qilinmaydi, uni “yurak o‘z tubiga yashirgan”. Yomon ko‘zlardan, yomon niyatlardan va soxta muhabbatlar-u soxta sifatlardan asragan. Axir soxta muhabbat izhorlari uni xo‘rlashi mumkin, u bunday yuzakiliklardan baland turadi. Chuqurliklarda yuksaklik xos unga! Unga hatto sevgi izhor qilinmaydi. Minbarlarni egallab, ko‘kraklarga mushtlab u haqda jar solinmaydi. U yuraklarda bo‘ladi, unga bog‘liq tuyg‘ular tomirlarda oqadi. U sog‘inib izlanadi, axtariladi. Ayniqsa, mustamlaka sharoitida. Ayniqsa, xalqning erki o‘z qo‘lida bo‘lmaganida. Uni chinakam sevgan kishi uni topish va anglab yetish uchun qiyin safarga otlanadi. U shunchalar chuqurlarda joylashgani, yurak uni shunchalar tubiga yashirganidan “unga yetib bormaklik uchun uzun umr yetmas”ligi ham mumkin...