Gap bo\'laklarining tartibi. Inversiya. Shavkat Rahmon she\'riyati.
Gap bo'laklarining tartibi. Inversiya. Shavkat Rahmon she'riyati.
Reja:
Kirish 2
I.BOB. Gap bo'laklarining tartibi 4
1.1.Ega va gap bo'laklarining tartibi haqida ummumiy ma’lumot 4
1.2.Gapning ikkinchi darajali bo'laklari 8
1.3.Gap bo'laklarining joylashish tartibi 10
II.BOB. Inversiya. Shavkat Rahmon she'riyati 16
2.1. Oʻzbek she’riyatida inversiya hodisasi 16
2.2. Shavkat Rahmon she'riyati 18
Xulosa 25
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 27
Kirish
«Ona tilini bilishga majbur qilishimiz kerak» — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, «mening farzandim chet tillarini biladiyu, ona tilini bilmaydi, degan gap Yangi O‘zbekistonga ma’qul emas». «Chet tilini bilishi kerak, lekin ona tilini bilishga majbur», — deya so’zlarida o’z nutqida.1 Shavkat Mirziyoyev: "O'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyatdir"2 Mavzuning dolzarbligi. Mintaqamizda va butun dunyoda yuzaga kelayotgan murakkab geosiyosiy sharoitda bizning zimmamizda mamlakatimizning xavfsizligi barqarorligini ta’minlash, shu muqaddas zaminimizda hukm surayotgan tinch-osoyishta hayotni saqlash kabi bir-biridan mas’uliyatli va keng ko‘lamli bir qator vazifalar borki, yurtimizning bugungi va ertangi kuni ana shu masalalarni qanchalik muvaffaqiyat bilan hal etishimizga bog‘liqdir. Ana shunday vazifalardan biri tilimizning maqomini tobora yuqorilatish, uning dunyodagi rivojlangan boshqa tillar qatoriga chiqarish va uning o‘z jozibasi va tarovatini dunyo ahliga namoyon qilishdan iboratdir. Bunda, eng avvalo, ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish barobarida, uning tarixiy ildizlarini chuqur o‘rganish va ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish bugungi kunda o‘ta dolzarb masala ekanligini ta’kidlash o‘rinli.
Har bir xalqning ruhiy dunyosi, urf-odatlari, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiymadaniy ahvoli aks etadigan vositalardan biri bu bevosita til hisoblanadi. Shu bois til xalq ziynatining xolis va mumtoz ko‘zgusidir, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Bu o‘rinda German Paulning «Insoniyat yaratgan barcha madaniyat singari til ham tarixiy jihatdan tekshiriladigan predmetdir» degan fikri diqqatga sazovordir. Shuning uchun har bir kishi til haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lsa, o‘z tilining tovushlar tizimi, lug‘at boyligi, so‘z qo‘llash imkoniyatlari, jumla tuzish mashaqqatlarini atroflicha his etsa, til va xalqning ham tarixini anglay oladi.
O‘zbek tili sintaksisi o‘zining ham tarixiy, ham hozirgi zamon tili jihatidan asoslangan mukammal ildizlarga ega. O‘zbek tilining har tomonlama taraqqiy topishi va adabiy til sifatida maydonga chiqishida qadimiy turkiy til katta hissa qo‘shganini, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi ilmu fan va adabiyot namoyandalarining xizmati va qoldirgan merosini o‘rganish va ularda ko‘tarilgan masalalarni hayotimizga tadbiq qilish muhim ahamiyatga molik.
Ma’lumki, o‘zbek tilining barcha sathlari o‘zaro bog‘liqlikda, bir-birini taqozo qilgan holda namoyon bo‘ladi. Shu jumladan, grammatik sath ham. Grammatik sath esa sintaktik birliklarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Shunday sintaktik birliklardan biri tarkibida havola (deyksis) bo‘lagi mavjud bo‘lgan gaplardir.
Albatta, sintaksis sohasining tarixiy xususiyatlari nisbatan o‘rganilgan bo‘lsa-da, ammo uning hozirgi zamon tili jihatidan o‘rganilganligi haqida bunday deyish noo‘rindir. Ya’ni o‘zbek tilining sintaksis sathi ko‘p marta taniqli tilshunoslar tomonidan tadqiq qilingan va hozirga qadar bu jarayon davom etib kelmoqda.
Sintaksis bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borilishi, ushbu sohadagi mavjud bilimlarni yanada mustahkamlash, ularning yangi jihatlarini tadqiq qilish bilan birga hozirgi zamon o‘zbek tili sintaksisidagi muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiryapti. Albatta, bunday muammolar tilshunoslikda turli fikr va qarashlardan yuzaga keladi. Tilshunoslikning o‘zagi esa gap sanaladi. Gap ham o‘z o‘rnida gap bo‘laklaridan tashkil topadi.