Kurs ishining obyekti: Gap bo'laklarining tartibi. Inversiya. Shavkat Rahmon she'riyati mavzuni nazariy jihatdan o‘rganish ishning maqsadidir.
Kurs ishining predmeti: Gap bo‘laklarining tuzulishi, ahamiyati va tahlili
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
I.BOB. Gap bo'laklarining tartibi 1.1.Ega va uning Gap tarkibini tashkil etuvchi bo'laklar gap bo'Iaklari deyiladi. Gap bo'laklari: bosh bo'laklar va ikkinchi darajali bo'laklardan iborat.
Gapning grammatik asosini tashkii etuvchi va predikativ markaz hosil qiladigan bo'laklar bosh bo'laklar deyiladi.
Gapda bosh bo'laklarning mazrnunini to'ldirib, aniqlab keladigan bo'laklar ikkinchi darajali bo'laklar deyiladi. Bosh bo'laklar ega va kesimdan , ikkinchi darajali bo'laklar to'ldiruvchi, aniqlovchi, holdan iborat.
Gapda mutlaq hokim bo'lib, kesim orqali ifodalanadigan fikmi bildiruvchi bosh bo'lak ega deyiladi.
Ega asosan predmet tushunchasini anglatib, kesim orqali bildirilgan belgi harakat, holatning kimga yoki nimaga tegishliligini ko'rsatadi va bosh kelishikdagi so'z bilan ifodalanib kirn? nima? kimlar ? nimalar? qayer? kabi so'roqlardan biriga javob beradi.
Ega quyidagicha ifodalanadi:
1. Ot bilan: a) atoqli ot bilan ifodalanadi. Masalan: Alisher Navoiy g'azal mulkining sultonidir.
Avaz botqoq va qorong'i yo'ldan tekis va yorug' maydonga chiqdi. (P.Q.) Qorabuloq -juda chiroyli juda so'lim joy. (M. Is.) b) turdosh ot bilan.
Bunda ari keltiradi bol,
Bunda qushlar topadi iqbol.
i. Olmosh bilan: Biz kelgusi asrga o'zimiz bilan nimalarni olib o'tishimiz rnumkin va zarur? (I. R.)
Har kiniki vafo qilsa. vafo topqusidur. (Bobur)
1. Son bilan: ikki yorti - bir butim. (Maqol.) Ikki o'n besh bir o'ttiz. (Maqol.). Harakat nomi bilan: Ikkilanish yaramaydi.
Sifatdosh bilan: ishlagan tishlaydi (Maqol).
Sifat bilan: Yaxshi yetar murodga, yomon qolar uyatga(Maqol).
Taqlidiy so'z bilan: Ichkaridan odamlarning shov-shovieshitiidi.
Eganing belgismi, hukmni tasdiq yoki inkor yo'li bilan ifodalaydigan bosh bo'lak kesim deyiladi.Eganing belgisi harakat. . holat, xususiyat, sifat kabi mazmunlarni bildiradi.
Kesim egaga tobe bo'lib o'ziga bog'Ianiib kelgan so'zlarda nisbatan hokimdir. Masalan: Bu yil bahor ancha kech keldi.
Kesim so'z turkumlari bilan ifodalanishiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) fe'l kesim, 2) ot kesim .
Fe'l kesim. Fe'l va uning tuslangan shakllari ravishdosh shakli bilan ifodalanib kelgan kesim fe'l kesim deyiladi. Masalan: Haydar ota yer ostidan uning yuziga qaradi. (A. Q.) Men xayol surib ketdim. (H. 0.)
Ot kesim. Fe'ldan boshqa so'zlar bilan ifodalangan kesim ot kesim deyiladi. Ular quyidagicha:
Ot bilan; Yaxshining gapi - moy, yomonning gapi-loy (Maqol).
Sifat bilan: Mehnat qilgan elda aziz.
Vatan - ona so'zi naqadar aziz Sensan har narsadan mo'tabar laziz (U.)
Son bilan: ikki o'n besh - bir o'ttiz, ikki - yorti bir butun. (Maqol.)
Olmosh bilan:
Bizda odat mana shu edi,
Ba saodat mana shu edi (H. 0.)
Xolmurodning jonajon o'qituvchisi - o'sha(P.T.)
Ravish bilan: Bizda a'lochilar ko'p. Kerilma qiz, hunaring oz. G'alaba yaqin. Harakat nomi bilan: Sevmoq - sevilmoq. Modal so'z bilan: O'limdan xabarim bor, lekin bunday ovozalardan xabarim yo'q (A. Q).
Kesim tuzilishiga ko'ra ikki xil bo'ladi: sodda kesim va murakkab kesim. Sodda kesim ikki xil: sodda ot kesim, murakkab kesim. Sodda kesim ikki xil: sodda ot kesim va sodda fe'l kesim.
Sodda ot kesim yakka ot, sifat, son. olmosh, ravish, harakat nomi, undov taqlidiy so'z bilan ifodalanadi: Masalan: O'zbekistonning poytaxti - Toshkent.
Fe'l va uning vazifadosh shakllari bilan ifodalangan kesim sodda fe'l kesim deyiladi. Masalan:
Maktabda o'tkazilgan shaxmat musobaqasida Odil yutdi. Shamol qumni uchirdi.
Murakkab kesim ham ikki xil: murakkab fe'l kesim va murakkab ot kesim ikki va undan ortiq fe'llar bilan ifodalangan kesim murakkab fe'l kesim deyiladi. Masalan:
Uchovlari molxonalarni ko'rib chiqishdi. (P. Q.) Ahmad kitobini o'qib tugatdi. Ot yoki bog'lama hamda to'liqsiz fe'l ko'rinishidagi qo'shilma bilan ifodalanadigan kesim murakkab ot kesim deyiladi. Masalan: O'ktam o:n ikki yashar bola edi. (O.) Odam qo'li cho'lni bo'ston qiladi. Ayrim hollarda yozuvda kesim bilan ega orasida tire ishlatiladi.
1) Kesim ot, olmosh, son bilan ifodalanib kesimlik qo'shimchasini olmaganda.
Bu yeming xo'jayini - biz. Ikki karra ikki - to'rt.
Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib,kesimlik qo'shimchasini olmasa: Bir ko'rgan bilish - ikki ko'rgantanish. (Maqol.)
Ega ko'rsatishi bilan ifodalanib, kesim tarkibida kesimlikqo'shimchasi bo'lmasa: Bular - mening do'stlarim, och-yalang'ochkafangadolar(O.) Bu uy -kimniki?
Kesim egaga tobe bo'lak bo'lgani uchun ko'p hollarda shaxs va sonda moslashadi. Masalan: Biz huquqiy demokratik jamiyat qurmoqdamiz. U anchagacha jim o'tirdi . Birinchi gapda kesim egaga tobe muvofiq 1 shaxs birlikda, ikkinchisida esa III shaxs birlikda ishlatilgan. Ammo o'zbek tilida kesimning ega bilan son jihatidan mos bo'lishi III shaxsning ko'pligida shart emas, ega III shaxsning ko'plik shaklida bo'lib, kesim III shaxsning birlik shaklida ham keladi. Masalan: Hamma chapak chalib yubordi. (M. Is.) Talabalar ta 'tilga chiqdi.
Ba'zan ega birlik shaklda kesim esa hurmat ma'nosini bildirish uchun ko'plik shaklda bo'lishi ham mumkin. Masalan: Oyim keldilar. Dadang aytdilar.
Kesim sifat, son, kabi turkumlar bilan ifodalanganda ega ko'plik shaklda bo'lsa ham, kesim birlik shaklda bo'ladi. Masalan: Ular she'ri uchdi ko'p yiroq(A. 0.)
Agar ega jamlik ma'nosini bildiruvchi so'z bilan ifodalansa. kesim odatda birlik shaklda keladi. Masalan: Jamoa yig'ildi. Studentlar darsga kirdi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Gap bo'laklari deb nimaga aytiladi?
Gapning bosh bo'laklari qaysilar?
Egani ta'riflang? Uning grammatik ma'nosi nima?
Ega qanday so'zlar bilan ifodalanadi?
Kesim deb nimaga aytiladi?
Kesim qaysi so'z turkumlari bilan ifodalanadi?
Amaliy mashqlar 1. Gap egasini topish va uning qaysi so'z turkumi bilanifodalanishini ko'rsatish.
Kesimni topib, turini ifodalanishini aniqlash.
Ega bilan kesimning mosligini ko'rsatish.
Masalan: U bahorni kutdi intizor. (U.A.) U—ega, olmosh bilan ifodalangan, kutdi—kesim, fe'l bilan ifodalangan, fe'l kesim. ega bilan kesim III shaxs, birlik sonda moslashgan.
46-mashq. O'qing.Har bir gapdagi egani aniqlang, so'rog'i qaysi so'z turkumi bilan ifodalanganini ayting.
Bulut ko'kda urar charx,
Maysalar nish otar.
Quyosh tansiq nurini,
Sochib- sochib botadi.
2. Holi polvon ko'zlarini ochib. quloq'larini dikkaytirib, boygaquloq solmoqda edi. (S.A.) 3. Samovar senga yoqdimi, axir? (A.Q.)4. Tinchlik xalqlarimizning azaliy orzusidir. (Gazetadan.) 5. G'oya - inson tafakkurming mahsuli. (Milliy istiqlol g'oyasi kitobidan.) 6.0smonlarni to'ldirib samolyot uchib o'tdi. (Qo'shiq.) V.Yigitining-sarasi mard bo'lur. (Maqol.) 8. Har kimki yomon bo'lsa, jazo topqusidur. (Bobur.) 9. Tirishgan tog'dan oshar. (Maqol.) 10. Qi-mirlagan qir oshar. (Maqol.)
47-mashq. O'qing. Kesimlarni aniqlang, so'rog'I, turini ko'rsating. 1. Hali bugun ro'yi jahon she'r bo'lajak (U.A.) 2. Yo'l-chi oshxonaga kirdi (0.) 3.Yaxshining gapi moy, yomonning gapi loy (Maqol.) 4. Yer suygan - elda aziz (Maqol.) 5.Bu vatanning sevgan o'g'li -biz. (Gazetadan.) 6. Talabalar som - yigirmata. 7. Kurashmoq - o'rnak bo'lib yashamoq (M.)
48-mashq. Ushbu she'riy parchadagi bosh bo'laklarni aniqlang?
Farzand guldir ona bir bo'ston,
Shuning bilan olam guliston.
Naylayki ilojim yo'q, har go'shada yig'larman,
Tor o'ldi Xaziniyga Farg'ona tong otguncha.
(Xaziniy)