Gap bo'iaklari


Hol va uning ifodalanishi



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə7/9
tarix17.09.2023
ölçüsü95,5 Kb.
#144456
1   2   3   4   5   6   7   8   9
gap bo\'laklarining tartibi

Hol va uning ifodalanishi


Ish-harakatning belgisi, qay tarzda bajarilishi, sababi maqsadi va uning bajarilishi bilan bog'liq bo'lgan o'rin va paytga munosabatini ifodalovchi gap bo'lagi hol deyiladi. Qay tarzda? qay holatda? qayerda? qayerga? qayerdan? qachon? kabi so'roqlardan biriga
javob beradi.
Hol ravish, ravishdosh, jo'nalish, chiqish, o'rin payt kelishigidagi ot yoki ko'makchili ot bilan, taqlidiy so'z va son bilan ifodalanadi. Hol vazifasida keluvchi so'z turkumi, asosan, ravishdir. Masalan:
Tong chog'i tun bilan kunduz uchrashdi, Tunda armon bilan yulduz uchrashdi. (U. A.) Ravishdoshning ham asosiy vazifasi gapda hol bo'lib kelishdir. Masalan: G'ulomjon qishloqda bo'lgan voqealarni oqizmay- tomizmay so'zlab berdi. (M.I.)
Hol ma'no xususiyatiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: ravish holi,payt holi, o'rin holi, sabab holi, maqsad holi, daraja - miqdor holi.
Ravish holi. Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini bildiradigan hol ravish holi deyiladi. Masalan: Ali Qushchi o'ychan odimlaganicha rasadxonaga kirdi. (0. Yo.)
Bulut zamin bilan yig'lab uchrashdi,
Shamol kurtaklarni ilg'ab uchrashdi. (U. A.)
O'rin holi. Ish-harakatning bo'lish, yo'nalish, boshlanish o'rnini bildirgan hol o'rin holi deyiladi. Masalan:
Bunda bulbul kitob o'qiydi
Bunda qurtlar ipak to'qiydi. (H.O.)
Qalandar atrofiga diqqat bilan razm soldi. (0, Yo.) Tepadan unga tanish ko'chalar, uylar, dalalar bir-bir ko'rinib o'tadi. (P. Q.)
Payt holi. Ish-harakatning bajarilish paytini bildiradigan hol payt holi deyiladi. Masalan: Ertalab osh suzsak, bir nasiba kam. (G'.G:.) Ular Samarqanddan kecha tun yarmida chiqqan, tong otguncha, yo'l yurib, subhidan shu jilg'aning boshidagi yong'oq-zorga kelib qo'nishgan edi.(0. Yo.)
Daraja -miqdor holi. Ish-harakatning bajarilishini daraja-miqdor jihatidan aniqlab keladigan hol daraja-miqdor holi deyiladi. Masalan: Yigirma uch gul fasli, bargday umrimdan o'chdi. (U.A.) Mard bir marta o'ladi, nomard ming marta. (Maqol.) Ko'p o'yla, kam so'yla. (Maqol.)
Sabab holi. Ish-harakatning bajarilish sababini bildiruvchi hol sabab holi deyiladi. Masalan:
Ne uchun sevaman O'zbekistonni,
Tuprog'in aylab ko'zga to’tiyo. (A. 0.)
Mustaqillik bo'lgani uchun biz dunyo hamjamiyatiga a'zo bo'ldik. (Gazetadan.) Sen bor uchun men bu yerlarga keldim.Elmurod xursandligidan tez-tez qadam bosib ilgari yurib ketdi. (P. T.) O'zi seni nega sevdim, Buncha bo'lmasam ojiz.

Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin