Gap va uning turlari



Yüklə 132,16 Kb.
səhifə7/39
tarix19.12.2022
ölçüsü132,16 Kb.
#76253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Gap va uning

Gapning maqsadiga ko’ra turlari 

1. 

Darak gap orqali biror narsa haqida ma’lum qilinadi, xabar beriladi
uning oxiriga nuqta qo’yiladi: Navoiy ruboiylaridan yodladim. 
Darak gaplar darak-xabar, orzu-umid, ishonch, ta’kid, g’urur, maslahat
tashviq, sevinch, taajjub, gumon, achinish, tashvish, g’azab, norozilik, kinoya kabi 
mazmun turlarini ifodalaydi. 

2. 

So’roq gap orqali so’zlovchi o’zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshini 
fikr bildirishga undaydi, tasdiqlash yoki inkor qilishga undaydi: Ibrohimovamisiz? 


Ha. Charchamadingizmi? Yo’q. Yozuvda so’roq gapning oxiriga so’roq belgisi 
qo’yiladi. Bu gaplar ko’proq dialogik nutqda uchraydi. 
So’roq gaplar so’roq olmoshlari, so’roq yuklamalari yoki so’roq ohangi bilan 

hosil bo’ladi: kim? nima? qanday? qancha? necha? qaysi? (so’roq olmoshlar) 



mi, -chi, -a, -ya (so’roq yuklamalari). Quyidagi misolda so’roq ohangi qatnashgan: 

Soat ikki bo’ldi. Ikki bo’ldi? 
So’roq gaplar ikki guruhga bo’linadi: 1) sof so’roq gaplar javob talab 
qiladigan gaplardir: Siz ertaga kelasizmi? 2) ritorik so’roq gaplar so’roq 
gaplarning javob talab qilmaydigan turi bo’lib, javobi o’z ichida yashiringan 
bo’ladi: Men uning to’satdan kelib qolishini qanday bilay? Ritorik so’roq gaplar 
yashirin tasdiq, yashirin inkor, taajjub, tashvish, g’amxo’rlik, g’azab, gumon, 
kuchli hayajon ma’nolarini ifodalashi mumkin: Bu Vatanda nimalar yo’q (tasdiq). 

O’zingdan chiqqan baloga, qayga borasan davoga (inkor). Bu nimasi?! (taajjub). 

Meni tashlab ketmaysanmi?! (tashvish). Maqsad nima, maqsad?! (g’azab). 

Paxtalar ham yaxshi ochilmagandir? (gumon). Tokaygacha ezilamiz, ota?! (kuchli 
hayajon).



Yüklə 132,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin