Gap va uning turlari



Yüklə 132,16 Kb.
səhifə8/39
tarix19.12.2022
ölçüsü132,16 Kb.
#76253
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Gap va uning

3. Buyruq gaplarda suhbatdoshni nimadir qilish undash maqsad qilib 
qo’yiladi. Bunday gaplarda iltimos, buyruq, taklif, maslahat, hayratlanish, tashviq, 
gumon, tashvish, hayajon, g’azab yalinish tarzida bo’lishi mumkin: Avval o’yla, 

keyin so’yla (maslahat). Dadil harakat qil! (buyruq). Ashuladan yana bo’lsin 

(iltimos). Qani hamma odamlar sizday bo’lsa! (orzu). Nahotki, bu siz bo’lsangiz! 

(hayratlanish). Sovqotib qolma, issiqroq yot (g’amxo’rlik). Kunning tig’ida nima 

qilasan, bu erga kelib, salqinda o’tirsang-chi? (tashviq). Qo’rqqan bo’lsa kerak! 

(gumon). Xatdan o’chir o’g’limni hozir! (g’azab, do’q). Yozuvda buyruq 
gaplarning oxiriga ko’pincha undov belgisi, ohangiga qarab esa nuqta quyilishi 
mumkin. 

 

His-hayajon 

(undov) 

gap. 
Gaplar ohangiga, his-tuyg’uni ifodalashiga ko’ra ikki xil bo’ladi:


1. His-hayajonli gap. 2. His-hayajonsiz gap. His-hayajon gaplar eh, oh, ux, 

o, uf, obbo kabi undovlarqanday, qancha, naqadar, shunday kabi so’zlar yoki 
faqat his-hayajon ohangi bilan hosil bo’ladi: Eh, bahorning gashtiga nima etsin! 


Farg’ona vodiysi naqadar go’zal! Paxta terimi boshlandi! So’roq ohangi bilan 
hosil bo’lganda darak, so’roq, buyruq gap his-hayajon gapga aylanadi: Dalada 


qancha odam bor? Dalada qancha odam bor!
His-hayajon gap so’roq gapdan hosil bo’lgan bo’lsa, tinish belgilari
quyidagicha qo’yiladi: 
1) so’roq mazmuni kuchli bo’lsa, oldin so’roq, keyin undov belgisi qo’yiladi: 


Nima bo’ldi, gapirsang-chi?! 
2) his-hayajon kuchli bo’lsa, oldin undov, keyin so’roq belgisi qo’yiladi: 


Farzand qanday oqlar ona haqqini!? 
3) ayrim hollarda his-hayajonning o’ta kuchliligini ifodalash uchun uchta 
katta undov belgisi qo’yiladi: O’lim yovga!!!  
4) biror sabab bilan uzilib qolgan his-hayajon gapning ohiriga undov belgisi 
va undan keyin ketma-ket ikkita nuqta qo’yiladi: Men etim o’sganman, oh, u 

etimlik!.. (G’. G’.) 
Gaplar tuzilishi jihatdan ikki hil bo’ladi va ular o’zaro grammatik asoslar 
miqdoriga ko’ra farqlanadi:
1. Sodda gaplarda bitta ega va kesim munosabati, ya’ni bitta grammatik asos 
mavjud bo’ladi: Dars boshlandi. Yomg’ir yog’madi. Bahor keldi. 
2. Qo’shma gaplarda ikki va undan ortiq ega va kesim munosabati, ya’ni 
ikkita grammatik asos mavjud bo’ladi: Qo’ng’iroq chalindi va dars boshlandi. 
Sodda gaplar grammatik asosiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:
1) bir bosh bo’lakli gaplarning grammatik asosida bir bosh bo’lak mavjud 
bo’ladi: Ota-onalarga yordam berdik
2) ikki bosh bo’lakli gaplarning grammatik asosida har ikkala bosh bo’lak 
ham, ya’ni ham ega, ham kesim qatnashadi: Biz maktabga bordik. 



Yüklə 132,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin