Gap va uning turlari


gaplar va bog’lovchisiz qo’shma gaplar



Yüklə 132,16 Kb.
səhifə11/39
tarix19.12.2022
ölçüsü132,16 Kb.
#76253
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Gap va uning

gaplar va bog’lovchisiz qo’shma gaplar.

 

BOG’LANGAN QO’ShMA GAPLAR 
Teng munosabatdagi sodda gaplarning o’zaro teng bog’lovchilar yordamida 
bog’lanishidan tuzilgan qo’shma gap bog’langan qo’shma gap deyiladi: Kechasi 

qalin qor yog’di, lekin havo sovimadi. 
Tarkibidagi sodda gaplarning o’zaro mazmun munosabatiga ko’ra bog’langan 
qo’shma gaplar quyidagi turlarga bo’linadi: 

1. Biriktiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar: 
Bunday bog’langan qo’shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o’zaro va, 


hamda bog’lovchilari, -u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog’lanadi va bir 
paytda yoki ketma-ket ro’y bergan voqea- hodisalarni ifodalaydi: Mashg’ulotlar 


tugadi va hamma o’z joyiga tarqaldi. Odam qo’li tegdi-yu, tashlandiq erlar obod 

bo’ldi. Qattiq izg’irin ko’tarildi-da, hech kim uydan chiqmay quydi. 

2. Zidlov munosabatli bog’langan qo’shma gaplar va ularda tinish 
belgilarining ishlatilishi. Bunday gaplar tarkibidagi sodda gaplar o’zaro ammo, 


lekin, biroq bog’lovchilari, -u(yu) yuklamasi yordamida bog’lanadi: Yurtimizning 

bu kuni chiroyli, lekin ertasi, indini yana chiroyliroq, baxtliroq bo’ladi. Havo

ochildi-yu, quyoshning harorati sezilmadi. 
Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog’lovchisi va bu 
vazifada qo’llangan –u(-yu) yuklamasi birga ishlatiladi: Kechasi qor yog’di-yu, 

lekin unchalik sovimadi. Yozuvda zidlov bog’lovchilaridan oldin, yuklamalardan 
keyin vergul qo’yiladi. 


3. Ayiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar va ularda vergulning 
ishlatilishi. Bunday gaplardagi sodda gaplar o’zaro ayiruv bog’lovchilari 


goh…goh, yo…yo, ba’zan…ba’zan, dam…dam, yoxud…yoxud yordamida 
bog’lanadi. Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar voqea-hodisalarning 
galma-gal bo’lishini yoki ulardan biri bo’lishini ifodalaydi: Goh osmonni tutib 

ashula yangrar, goh allaqaerdan gormon tovushi eshitilib qolar edi. 
Takrorlanib qo’llangan ayiruv bog’lovchilarning ikkinchisidan oldin vergul 
qo’yiladi, ayiruv bog’lovchilar yakka qo’llansa, hech kanday tinish belgisi 
qo’yilmaydi. 


Yüklə 132,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin