2. 5. Ritorik so‟roq
Ritorik so‘roq gap so‘roq gapning turli-tuman ma‘nolarini, his- tuyg‘ularni va
so‘zlovchining voqelikka turlicha munosabatini ifodalaydi. Ritorik so‘roq
gaplarning mazmunidan tasdiq, xabar mazmuni anglashib turadi, shu sababli
ritorik gaplar adabiy tilda emotsional ma‘nolarni ifodalash uchun stilistik vosita
bo‘ladi.
Ayrim ritorik soroq gaplardan so‘ng unga javob bo‘la oladigan gaplar ham
keladi. Bunday gaplar ritorik so‘roq gaplarga aynan javob tarzida bo‘lmasa-da,
mazmunan ularning yakuni ekanligi bilinib turadi. Masalan:
Menga senday bo‗la olur kim?
Sen hayotim, seni ko‗rarkan,
Dilda behad jo‗shadi mehrim
Badiiy asarlarda yozuvchilar o‘z badiiy niyatini kitobxonga yetkazish
maqsadida ritorik so‘roq gaplardan ketma-ket ravishda foydalanadilar. Masalan:
Nega sevmay, erkalab o‗pmay,
Nechun demay uni hayotim?
Nega demay ko‗zimning nuri,
So‗zlaganda qandim, novvotim? (Farzand)
Misollar tahlilidan nega olmoshli so‗roq-inkor xarakteridagi gapning ichki
tuzilishida darak-tasdiq axboroti ifodalanishi mumkinligi ham ayon bo‗ldi.
Ritorik so‗roq gap tarkibidagi nima olmoshi darak-tasdiq xarakteridagi
yashirin axborotda hamma narsa leksik birligiga muvofiq kelishi mumkinligi ham
kuzatiladi. Masalan:
U bor yerda qayg‗u va hasrat
Hayotingga begona ekan.
Qani ayting, farzanddan qimmat
Bu dunyoda nima bor ekan?
O... farzandim, ko‗zim nurisan,
So‘roq gaplarning ikkinchi guruhida so‘zlovchi uchun uni qiziqtirgan fikrning
biror elementi noma‘lum bo‘ladi. So‘zlovchi harakatini bajaruvchi shaxsni belgisi,
o‘rni, payti, sababi, maqsadini bilishni istaydi. Bu vaqtda so‘zlovchi uchun
noma‘lum bo‘lgan narsaning nomi gapda atalmasdan, unga ishora qilinadi, gap
tarkibida so‘roq olmoshlari kiritiladi:
Yashash sening haqqing dedim,
Kechir, qoldim g‗aflatda.
Yo‗q edi-ku bo‗lmoq mahrum
Bizning ilk munis ahdda? (Kechir qoldim g‘aflatda.)
Badiiy adabiyotda nutq ta‘sirchanligini oshirish uchun ritorik so‘roq
gaplardan keng foydalaniladi. Zulfiya she‘rlarida ham lirik qahramonlarning
o‘ziga xos nutqlarini ochib berish uchun so‘roq gaplar keng qo‘llanilgan:
Lekin qolganimda qalbim-la tanho,
Tuyg‗ular zoriga solganda quloq,
O‗zni zaif, chanqoq sezganda goho,
Alamdan beraman javobsiz so‗roq:
Tirik ekan nega tashlab ketmading?(Sensiz.)
Nahot umrimdagi sahargi zavqlar
Tark etib izlayman sahardan najot?
Birday emasmidi yil, fasl, vaqtlar,
Nedir o‗tib, nedir kelmaydi, nahot? (Sahar men bilan.)
So‘roq olmoshlari yordamida ham so‘roq gaplar tuzilgan gaplar asarda
ko‘plab uchraydigan shaxs va narsalar haqida fikr yuritilganda kim, nima
olmoshlari qo‘llaniladi.
Bugun senga to‗lmish yetmish yosh,
Yarmi bizdan qaylarda kechdi?
O‗ttiz besh bor gul ochib qiyg‗och,
O‗ttiz besh bor o‗riklar pishdi.(O‘riklar gullar.)
So‘roq gaplarning hamma turida o‘ziga xos intonatsiya bo‘ladi. Bu intonatsiya
darak, undov, gaplarning intonatsiyasidan tamoman farqlanib turadi. Odatda,
so‘roq gaplarda biror narsa, yoki uning belgisi, harakatining bajarilish o‘rni, payti,
holati, sababi, maqsadi so‘raladi.
So‘roq gaplarni tuzishda xizmat qilgan vositalar ayrim so‘roq gaplarda
bo‘lmasligi ham mumkin. Bu xil so‘roq gap so‘roq intonatsiyasi yordami bilan
tuzuladi.
Baxtiyor sevgini kuylardi sozim,
O‗lim xanjariga tegdi-yu sindi.
Hijron faryodiday sovuq ovozim,
Nahot, lirikaning yolqini tindi?
– mi so‘roq yuklamasi hosil qilingan ritorik so‘roq gaplar qahramon ichki
kechinmalarini ifodalaydi:
Faqat dilga oshno bo‗lgan ajoyib damlar,
Tuyg‗ularning zid xohishi berganda alam,
Ko‗kraklarni to‗ldirganda orom va ozor
Baxtsizmidik? Nahot unut bo‗lar o‗sha dam?
Ritorik so‘roq gaplarda turli ma‘nolar: kinoya, takid, norozilik, achinish,
tanbeh, sevinch, kesatish kabilar ifodalanadi. Biz buni yuqoridagi ritorik so‘roq
gaplar orqali ko‘rib chiqdik.
Bundan tashqari, so‘roq gaplar so‘roq yo‘li bilan bildirilgan hayrat, taajjub,
hayajon, buyruq, gumon kabi ma‘nolarni ham ifodalashi mumkin.
1. Norozilik manosi:
«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‗shig‗i mavjlanib bir daryo oqqan?
«Baxtim bormi deya, yakkash so‗roqlab»
Meni she‘rga o‗rab suqlanib boqqan?
O‗rik gullariga to‗nmaydi nega,
Yelda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‗x nashidaga
47
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin? (Bahor keldi seni so‘rog‘lab.)
2. Hayratlanish ma‘nosi:
Bolaning har dardi — tanning og‗rig‗i,
Unga tikan kirsa og‗rig‗i sanda.
Oh, onam! Ayting-chi, ona borlig‗i
Xuddi shundaymidi yaralgan ondan?
Keltirilgan birinchi misolda xavotir, ikkinchi misolda hayajon, uchinchi
misolda esa achinish kabi ma‘nolar ifodalangan.
Badiiy adabiyotda nutqning ta‘sirchanligini oshirish uchun so‘zlovchining
o‘ziga o‘zi savol berish usulidan keng foydalaniladi:
Nahot shuncha ma‘sum, shunday pok
Sevishmoqda alam bor shuncha?
Bardosh bermas iroda, idrok,
Tamoman lol aql, tushuncha.
Tog‗day bor deb bilgan yuragim
Qush boshicha qolmadi chog‗i?
G‗amni yengarman degan sarim
Yana ortar alami, dog‗i (Ne baloga etding mubtalo?)
Ba‘zan so‘roq gaplar javobi bilan shunday birikib ketadiki, ularni so‘roq va
javobga ajratish sun‘iylikka olib keladi. Masalan:
Biz yig‗ladik tepangda shu kun,
Keldingmi, deb ko‗tarmading bosh.
Ayt-chi, sen-la baxtiyor onlar,
Ko‗rganmiding ko‗zimda bir yosh?
Bunday so‘roq gaplar badiiy nutqda juda ko‘p uchraydi. Ular fikrning aniq
va ta‘sirchan bo‘lishiga xizmat qiladi. Ushbu so‘roq gap o‘z javobi bilan birikib
ketgan va unda ham g‘azab, ham qo‘rquv, ham ta‘kid ma‘nolari uyg‘unlashib
keladi.
Ko‘rinib turibdiki, so‘roq gaplarning, ayniqsa, ritorik so‘roq gaplarning
badiiy asarning emotsional-ekspressivligini oshirishdagi roli beqiyosdir. Iste‘dodli
shoira Zulfiya o‘z she‘rlarida ritorik so‘roqdan unumli foydalana olgan. Shoira
she‘rlaridagi ritorik so‘roqlar lirik qahramonning ichki kechinmalari-shodligi,
iztiroblari;
biron
vaziyatga
munosabati-norozilik,
afsuslanish,
hayratlanish
kabilarni ifodalashga yordam bergan.
Soʻroq belgisi — gap oxirida qoʻllanadigan tinish belgilaridan (?). Bu belgi asosan mazmunidan soʻroq anglashilgan gaplar oxiriga qoʻyiladi va shoʻ gapning ifoda maqsadiga koʻra soʻroq ran ekanligini koʻrsatadi (Nega kelmading? Qoʻrkdingmi?). Bu belgi oʻzbek tiliga rus tilidan kirgan, 19-asr oxirlaridan. "Turkiston viloyatining gazeti" sahifalarida ayrim matnlarda qoʻllana boshlagan.
Soʻroq belgisi oʻzbek adabiy tilida quyidagicha qoʻllanadi: 1. Sof soʻroq gaplar (sodda yoki qoʻshma) oxiriga qoʻyiladi. Bunday gaplar tarkibida soʻroqni bildiruvchi leksik yoki fammatik vositalar: soʻroq olmoshlari va soʻroq yuklamalari ishtirok etishi (Shahardan qachon kelding? Kimni koʻrding? Sogʻligi yaxshimi? Botirchi?) yoki ishtirok etmasligi mumkin. Keyingi holatda soʻroq maʼnosi yozuvda soʻroq belgisi bilan, ogʻzaki nutqda ohang bilan ifodalanadi (Soat besh boʻldi. — Soat besh boʻldi?). 2. Taqrizlarda, iqtiboslarda biron soʻz yoki jumla noaniq boʻlsa, xato qoʻllansa, gumon va anglashilmovchilikni bildirsa, oʻsha soʻz yoki jumladan soʻng qavsga oʻragan holda qoʻyiladi. Baʼzan jumladagi xato juda qoʻpol boʻlsa, Soʻroq belgisi qoʻsha qoʻllanishi mumkin. 3. Soʻroq ran tipidagi sarlavhalardan keyin qoʻllanadi: Teatr yoshlarga nima berdi? Huquqiy meʼyorlarni bilasizmi? Ritorik soʻroq gaplar oxirida baʼzan Sb., baʼzan soʻroq va undov belgilari qoʻsha qoʻllanadi: Dunyoda onadan ulugʻ zot bormi?!
Dostları ilə paylaş: |