Gap va uning turlari



Yüklə 132,16 Kb.
səhifə15/39
tarix19.12.2022
ölçüsü132,16 Kb.
#76253
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Gap va uning

Kirish 

 

Mavzuning dolzarbligi. Badiiy asar xalq tili o‘zining barcha imkoniyatlarini 
boyicha namoyon qila oladigan, yozuvchining mahorat darajasiga ko‘ra bu 
imkoniyatlarni to‘laligicha ishga solish mumkin bo‘lgan o‘ziga xos maydondir. Bu 
imkoniyatlar cheksiz-chegarasiz bo‘lib, muayyan asarda uning ro‘yobi masalalarini 
o‘rganish, avvalo, yozuvchining badiiy til borasidagi mahoratini, qolaversa, xalq 
tilidagi ifoda vositalarining boyligini namoyish qilishga asos bo‘ladi. 
Badiiy asarning bosh unsuri so‘z, umuman, til ekan, uning chinakam san‘at 
darajasiga ko‘tarila olishida muallifning til vositalarini qay darajada qo‘llay olishi 
asasiy omil sanaladi. 
So‗nggi davr yozuvchilari nasriy asarlari xususidagi ilmiy tadqiqotlar 
xarakteri, asosan, adabiy tahlil doirasida ekanligi va badiiy asar tilini lingvistik 
jihatdan o‗rganishga ehtiyoj ortganligi bois, keyingi paytda lingvopoetik tahlilga 
e‘tibor ancha kuchaydi. Bu borada qator ishlar ham amalga oshirildi. Xususan, 
R.U.Normurodovning «Shukur Xolmirzaev asarlarining til xususiyatlari» (2000), 
M.Yo‗ldoshevning «Cho‗lpon so‗zining sirlari» (2002), G.Muhammadjonovaning 
«80-yillar oxiri 90-yillar boshlari o‗zbek she‘riyatining lingvopoetik tadqiqi» 
(2003), M.Muhiddinov va S.Karimovlarning «G‗afur G‗ulomning poetik 
mahorati» (2003), D.Ne‘matovaning «Cho‗lpon publitsistikasining lingvistik 
xususiyatlari» (2004), S.Boymirzaevaning «Oybek prozasining lingvostilistik 
tadqiqi» (2004) kabi tadqiqotlarida Cho‗lpon, Oybek, G‗afur G‗ulom kabi so‗z 
ustalari ijodini o‗rganishga bagishlangan an‘anaviy mavzular yoki she‘riyat 
borasida tadqiqotlar olib borilgan.
Shunga qaramay, badiiy matn tahlili, xususan, badiiy matnning sintaktik tahlili 
borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina.

Shunga ko‘ra biz mazkur kichik tadqiqotimizda iste‘dodli shoira Zulfiya 


she‘rlarining til xususiyatlarini tahlil qilishga harakat qildik. 




Yüklə 132,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin