Gap va uning turlari



Yüklə 132,16 Kb.
səhifə2/39
tarix19.12.2022
ölçüsü132,16 Kb.
#76253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Gap va uning

Foydalangan adabiyotlar
Sh Abduraxmonov va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Darslik. 2000 y
A Tursinov, J Muxtorov, Sh Raxmatullaev “Hozirgi o’zbek adabiy tili” darslik. “O’zbekiston” nashriyoti. 1992 yil

A G’ulomov, M Asqarova “Hozirgi o’zbek adabiy tili” “O’qituvchi” nashriyoti 1997 yil


Ifoda maqsadiga ko'ra gap turlari

Umuman olganda so'zlovchi tinglovchiga o'z fikrini bayon qilish uchun o'z oldiga turli maqsadlarni qo'yadi, ya'ni biror voqea haqida ma'lumot olishni istaydi, yo tinglovchini biror ishini bajarishga undaydi, yoki shu haqda istak bildiradi. Demak, so'zlovchining bunday istagi ifoda maqsadiga ko'ra gaplar uch turga bo'Iinadi: darak gaplar, so'roq gaplar, buyruq gaplar.

Darak gap. Borliqdagi voqea -hodisa, narsalarni tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gaplar darak gap deyiladi. Masalan: Mirzo Ulug'bek chashma bo'yiga tiz cho'kib, muzday suvga yuvindi, tahorat oldi va movut to'nini buloq atrofidagi sarg'aya boshlagan ajriqzorga yozib, peshin nomozi o'qidi. (O.Yo.)

Darak gap maxsus ko'rsatkichga ega emas. Darak gap fe'l bilan, ayrim hollarda ot bilan ham ifodalanadi. Masalan: Dunyo xaritasida jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan yangi davlat O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. (I. Karimov). Bahor keldi, gullar ochilsa. yana avvalgiday tabiat gullar. (H. O.) Darak gapning oxiriga nuqta (.) qo'yiladi.



So'roq gap. So'zlovchi uchun ma'lum bo'lmagan voqea, hodisa, harakat holat haqidagi so'roqni ifoda qiluvchi gaplar so'roq gap deyiladi. Masalan:

Suvdan oldin—-sel kelar,

Tuzdan keyin—siz kelar.

Suv, tuzga—siz qo'shsak,

Toping, qanday so' z bo' lar?

(grammatik topishmoq)

So'roq gaplarning tarkibida so'roq olmoshi va so'roq yuklamasi bo'ladi yoki so'roq ohangi bilan talaffuz etiladi. Masalan:

Bor "yalpizda", yashinda

Ham "yaqin", ham yashilda

Undan so'ng yozilmasa,

U qaysi harf ekan-a?

Bir unli-yu bir undosh,

Qanday bo'g'in? Top Yo'ldosh.

(gramatik topishmoq)

So'roq gaplar quyidagi vositalar orqali hosil bo'ladi:

1. So'roq olmoshlari. kim? nima? qanday? qaysi? qancha?necha? qaerda? qachon? nega? nima uchun? Masalan:

Tuz qachon bo'ladi tus

Or qachon bo'ladi qor? (grammatik topishmoq)




Yüklə 132,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin