Gap va uning turlari


Inkor munosabatli bog’langan qo’shma gaplar



Yüklə 132,16 Kb.
səhifə12/39
tarix19.12.2022
ölçüsü132,16 Kb.
#76253
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Gap va uning

4. Inkor munosabatli bog’langan qo’shma gaplar. Bunday gaplar qismlari 
o’zaro na inkor yuklamasi orqali bog’lanadi: Na suv bor, na biron emish qolibdi. 

Bog’lovchisiz qo’shma gaplar 
Maxsus bog’lovchi vositalarsiz asosan ohang yordamida birikkan sodda 
gaplardan tuzilgan qo’shma gaplar bog’lovchisiz qo’shma gaplar deyiladi: Ko’p 

so’zning ozi yaxshi, oz so’zning o’zi yaxshi.  
Bunday qo’shma gap qismlari ohangdan tashqari ayrim so’zlarning 
takrorlanishi, gap qurilishi, umumiy bo’laklar vositasida birikadi: Kech kirdi: 

tevarak-atrofga qorong’ilik tusha boshladi. Bu qo’shma gapdagi sodda gaplar 
o’zaro faqat ohang yordamida bog’langan, ularning o’rnini almashtirib bo’lmaydi. 
Bog’lovchisiz qo’shma gaplar quyidagi turlarga bo’linadi: 
1. Bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap: 


Tig’ yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi
2. Ergashgan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap: 


Hamal kirdi – ekinga amal kirdi. (payt). Qor yog’di – don yog’di. 

(o’xshatish). 
3. Bog’lovchili qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap: 


Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi. (Sh). 


Tayanch tushunchalar 
1. 
Muomala vositasining eng kichik birligi — gap. 

2. 
Ifoda maqsadiga ko’ra gaplar uch turlidir. 


3. 
Gapda ohangning o’rni. 

4. 
Bog’langan, ergashgan, bog’lovchisiz qo’shma gaplar. 




Topshiriqlar va savollar 
1. 

So’z-gap, to’liqsiz gap, atov gap, bir-biriga qanday munosabatda? 


2. 

Ritorik so’roq gaplarning vazifasi nima? 


3. 

Ergash gapli qo’shma gaplarni bog’lovchisiz qo’shma gapga 


aylantirish mumkinmi? 



Yüklə 132,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin