Gap va uning turlari


NutqiY vaziyat va paralingvistik



Yüklə 132,16 Kb.
səhifə16/39
tarix19.12.2022
ölçüsü132,16 Kb.
#76253
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Gap va uning

NutqiY vaziyat va paralingvistik

vositalarning ishlatilishi

KIRISH
Paralingvistik vositalar juda xilma-xil bo’lib, turli vaziyatda rang-barang kommunikativ vazifalar bajaradi. Nutq jarayonida fikr ifodalash uchun qarshilik qancha ko’p bo’lsa, paralingvistik vositalar shunchalik ko’p ishlatiladi.
Fikr qarshiligi ham ikki xil bo’ladi. Bu tashqi va ichki faktorlarga bog’liq. Masalan kommunikatsiya ochiqligida yuz berib, suhbatdoshlarning masofasi uzoq bo’lsa, yoki o’zaro masofa yaqin bo’lib, kuchli shovqin suhbatga xalaqit bersa, qo’shimcha noverbal vositalarga imo – ishoralar va mimikalarga ehtiyoj kuchli bo’ladi.
Ichki sabablarga ko’ra so’zlovchi va tinglovchining sub’ektiv holatlari bilan bog’liqdir. Xususan, tinglovchi (mor) yaxshi eshitmasligi mumkin. Bunday paytda ham imo – ishoralarning ishtiroki faollashadi.
2. Imo – ishoralarning nutq stillari bilan ham bog’liqdir. Tantanali nutq, so’zga chiqishlarda imo - ishoralarning nutqni kuzatib borishi uning tasirchanligini ta’minlaydi. Verbal va noverbal vositalarning bir – biriga o’rinli bog’lab olib borilishi nozik (oratorning) yuksak maxorati belgisi hisoblanadi. Bunda talaffuzdagi oxangorlik, intonotsiya xam muhum rol o’ynaydi.
3. Nutq vaziyati ham belgilangan. O’zaro fikr almash jarayonida yonidai kishilarga, sheriklariga sezdirmaslik yoki xalaqit bermaslik uchun kinetik vositalardan foydalanish zaruriyati tug’iladi.
4. Kommunikatsiya ochiq bo’shliqda sodir bo’lsa va fikr almashadigan kishilar o’zaro uzoq masofada bo’lib tovush etkazish imkoniyati qiyinlashishi natijasida ham imo – ishoralardan foydalanishga to’g’ri keladi. Bunda kommunikatsiyaning mazmuni va maqsadi oldindan belgilangan bo’ladi. Faqat ayrim aniqliklar kiritishi mumkin xalos.
Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, imo - ishoralarning nutq tarkibidagi bajaradigan vazifasi bir xil emas. Ba’zan paralingvistik vositalar nutq bilan birga ishlatilib, uning ekspressiv stilistik ottenkasini kuchaytirish uchun xizmat qilsa, ayrimlari tejamkorlikka uchragan nutq birliklaridan ba’zilarining o’rnini egallash ( kompensatsiya qilish ) uchun ishlatiladi. Ya’ni bir gruppasi esa o’zining kuzatib borishi lozim bo’lgan verbal asosida tamoman uziladi va shu vaziyatda verbal vosita o’rnida qo’llaniladi.
Imo – ishoralarning bu uch vazifasi sinchiklab kuzatilganda, bir – biri bilan chambarchas bog’liq ekanligi ko’rinadi va birinchi ikkinchisidan kelib chiqqan deb hukum chiqarishga imkon beriladi.
Nutq o’zlariga xos kinetik birliklar bilan kuzatib boriladi. Bunday nutq bilan kinetik birliklarning nutq ichida uzoq bog’lanishi natijasida birining o’rniga ikkinchisini qo’llash imkonini tug’diradi. Masalan: Biz bir – birimizni afsonaviy muhabbat bilan sevardik. Ana shunday muhabbat bilan turmush qurdik. Oradan o’n yil o’tdi. U meni xamon o’shanday sevadi, men esa ( boshini qimirlatadi ). (CHEXOV).
Yuqoridagi gapda inkor ma’nosini ifodalovchi so’z bilan boshning gorizontal qimirlashining o’zaro bog’liqligi verbal vosita o’rnida ikkinchisining qo’llanishiga imkon beradi.. Natija imo – ishoralarning nutq tarkibida aralash ishlatish holatlari vujudga keladi.
Diologik nutqda kinetik birlik bilan nutq birligining doimiy aloqasi tufayli, tamoman nutq birligining o’rnini kinetik birlik egallaydi. Kinetik birlik nutq birligi subetitutsiyasi yordamchi bo’lib keladi. Masalan: ”Nima qilayapsan?”, “Qayerga ketyapsan?” kabi so’roqlarini kallaning yuqoriga bir marta silkinishi harakati kuzatib borgan. Buning natijasida ular oralig’ida bog’lanish hosil bo’lgan. Ana shu bog’lanish natijasida bu kinetik belgining o’zi ham ana shu so’roqlarning ma’nosini bera olish vazifasini bajarishga o’tgan.
So’roq: Kallaning bir marta tepaga silkinishi (“qayerga ketayapsan” ifodasining yordamchi, subsituti).
Javob: uyga ketyapman.
Yoki so’roq: O’sha harakat (“Nima qilyapsan” subsituti ).
Javob: Kutubxonada ishlayapman va boshqalar. Demak, imo – ishoralarning yuqoridagi uch vazifalari orasida katta tafovut yo’q. Ikkinchi, uchinchi vazifa birinchi vazifadan kelib chiqqan. Bu xuddi grammatikadagi konversiya hodisasiga o’xshaydi. Konversiyadagi subetansivatsiya, odektivatsiya ( vazifasi o’xshash ), pronominatsizatsiya kabi, bu hodisani ham verbalizatsiya deb, yoki paralingvistik hodisasiga o’tgan deb hisoblasa bo’ladi.
Ma’lumki, yuqori sathga doir har qanday til birliklari denetativ tomonidan ob’ektiv borliqdagi ma’lum harakat, narsa va hodisalarni ifodalaydi. Ya’ni ob’ektiv borliqdagi narsa, harakat va hodisalar
( denotat) kishi ongida aks etadi (sinifikat) va ongda aks etgan bu tushunchalar ma’lum tovush qobig’i (so’z) yordamida ifodalanadi. Demak, so’zlar ob’ektiv borliqdagi narsa, hodisa va harakatlarni bevosita emas, balki ong orqali aks ettiradi.
Shuningdek, imo – ishoralar ham ongda ma’lum ma’noga hoslanadi. Ya’ni ob’ektiv borliqdagi narsa va hodisa ( harakat, holat ham ) ongda aks etadi va imo – ishoralar orqali bayon qilinadi. Demak, bu jihatdan, so’z ham imo – ishoralar ham bir xil vazifa bajaradi, har ikkalasi ham shartlilikka asoslangan belgidir.
Aniq nutq vaziyatida ma’lum bir ma’no ifodalovchi imo – ishoralar shu nutq vaziyatini qayta hikoya qilib berish jarayonida ma’lum lingvistik birliklar yordamida tasvir qilinadi. Demak, har bir tilda imo – ishoralarni ifodalovchi bir qator fe’llar mavjud. Bu fe’llar semantic tomonidan ishora fe’llari deyilad.
Masalan : ko’z qisdi, labini burdi va boshqalar.
Insonning mimikalari, qo’l harakatlari tabiiy va shartli xarakterga ega bo’ladi. Masalan : labga qo’ngan pashshani haydash uchun qilingan lab harakati yoki harakati tabiiy harakatdir. Chunki bu harakatlar tinglovchi uchun ham hech qanday axborot bermaydi.
Tinglovchiga qarab turib boshning, ko’z – qoshlar- yordamida bir marta o’ngga (ba’zan chapga) silkishi uning bu erdan chiqib ketishi kerakligini bildiradi. Demak, ma’lum axborot beradi. Shuning uchun bu harakat shartli harakatga egadir.
Shartli harakatga ega bo’lgan imo – ishoralar belgi vazifasini bajaradi. Faqat belgi vazifasini bajaradigan imo – ishoralargina paralingvistik belgilar hisoblanadi. Imo – ishoralar ham ba’zan ko’p ma’noli bo’lishi mumkin. Uning qaysi ma’noda ishlatilayotganligini nutq vaziyati orqali bilib olishimiz mumkin. Masalan : “ko’z qisish” harakati quyidagi ma’nolarni ifodalaydi :
1. I. –Moro bo’lsin, poshsho qiz ! Zuhra kelin qop – qora ko’zini qisib qo’ydi. (O’.Hoshimov. “Ikki eshik orasi” 159-bet).
2. U. “Hozir bir narsa ko’rsataman” degandek ko’zini qisib qo’ydi-da, tuya sandiq ustida taxlangan ko’rpachalarni tushira boshladi. (O.Hoshimov. “Ikki eshik orasi” 149 - bet).
3. Boltaboy “hazilni ko’tarolmas ekan”, deb o’yladi-da, Ro’zmatga ko’z qisib, qoshini chimirdi. (A. Qahhor. “Qo’shminor chiroqlari”. 104 – bet).
Ko’z qisish birinchi misolda “hazil”, ikkinchisida esa “ogohlantirish” ma’nolarida ishlatiladi.
Yoki “bosh chayqash” harakati quyidagi ma’nolarni ifodalagan.
1. Hayron qolish, masalan:
Bo’taboy tin olmay, goh bosh chayqab, goh qoshini kerib, goh “Ana ! Ux – ux – ux !” deb quloq soldi. (A.Qahhor “Qo’shchinor chiroqlari”, 67 - bet).
2. Qoyil qolish, masalan:
Abdulla deb qichqirmadi, lekin boshini chayqab, qoyil qolganini isbot qildi. (F.Musajonov. “Ximmat” 142 - bet).
3. Afsuslanish, masalan:
– Kuzgi bug’doy chirib ketmasa go’rgaydi, - dedi bosh chayqab. (O’.Hoshimov. “Ikki eshik orasi”. 190 - bet).
4. Tasdiq ma’nosini bildiradi, masalan:
Biroq uning bu so’zlari javobsiz qoldi. Faqat Ibodov “to’g’ri” degandek bosh silkib qo’ydi. (F.Musajonov. “Ximmat”. 196 - bet).
5.Ta’na qilish ma’nosida, masalan:
– Men so’roqlamasam o’zingni esingayam kelmaydi – a !
– Xolposh xola ta’na bilan bosh chayqadi. (O’.Hoshimov. “Ikki eshik orasi”, 69 - bet).
6. Inkor etish, masalan:
Ahmadning tili kalimaga kelmay, “yo’q” ning ishorasida bosh silkitdi. (F.Musajonov. “Ximmat”. 106-bet).
Obidjon. Tuz ichgan joyingizga qaytib borasizmi ?
Xojar. (bosh chayqaydi.) Yo’q. (A.Qahhor. “Tobutdan tovush”, 168 - bet).
7. Taklif qilish, masalan:
Mirzamuhammad Rasulovich “marhamat” degandek bosh silkitdi. (F.Musajonov. “Ximmat” 59-bet).
Biz g’aflatda qolibmiz, manzillariga etibdilar.
Qo’li bilan, o’tiring ishorasini qilib gapida davom etdi – xolvafurush. (Oybek, “Navoiy” 19-bet).
Ulug’bek yaxshi degandek bosh irg’itib, dasturxonga marhamat qilinglar, deb o’ydi. (Temur Malik “Falak” qissa).
8. Salomlashish ma’nosida, masalan:
Ahmad salom berdi Tolib aka sadaqa bergandek bilinear bilinmas, bosh silkib, alik oldi. (F Musajonov “Ximmat”. 62 - bet).
Ulug’bek qiliq qilgan Qamoriddin bilan Shamsibalga qarab bosh irg’idi yana navisandaga o’tirdi. (Tohir Malik “Falak qissa, ” Davlat asosidan paydor bino).
Ayrim paralingvistik vositalar ma’lum bir xalqning muomala qoidalari bilan bog’liqdir. Jumladan, ta’zim qilish, qo’limni ko’ksiga qo’yish, qo’l qovushtirish, o’zbek, tojik xalqlari o’rtasida tarqalgan. Masalan:
O’tiring, rais, o’tiring, - dedi ikki qo’lini ko’ksiga qo’yib. (O’.Hoshimov. “Ikki eshik orasi”, 154 - bet).
Madaminxo’ja o’tirgan eridan xiyol qo’zg’aldi-yu, qo’l qovushtirdi: Xush kelibsizlar. (M.Ismoiliy.).
Tildagi linvistik birliklarning davrlar o’tishi bilan o’zgarish jarayoni ro’y bergani kabi, paralingvistik belgilarda ham ana shunday o’zgarish sodir bo’lishi ayrimlarning eskirib iste’moldan chiqishi va yangi vositalarning kirib kelishi mumkin. Masalan, o’zbek va tojik xalqlari o’rtasida ilgari qo’lini ko’ksiga qo’yish bilan salomlashish odati hozirgi davrda ko’proq ko’proq bosh silkitish bilan ifodalanmoqda. Lekin ko’p joylarda hozir ham qo’lini ko’ksiga qo’yib salom berish, ba’zan esa har ikkalasi : qo’lini ko’ksiga qo’yib, boshini silkitib salom berish bor. Yuqorida aytganlardan ma’lumki, boshqa bir tilni o’rganayotganda faqat uning leksik sostovi va gramatik qurilishinigina emas, balki paralingvistik vositalarini ham o’rganib shu til vakillari bilan gaplashganda uni yotlik belgisidan saqlaydi.





  1. Yüklə 132,16 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin