Gap va uning turlari


O‘zbek tili lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi tadqiqi tilshunoslikning yangi empirik bosqichi sifatida



Yüklə 132,16 Kb.
səhifə14/39
tarix19.12.2022
ölçüsü132,16 Kb.
#76253
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Gap va uning

O‘zbek tili lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi tadqiqi tilshunoslikning yangi empirik bosqichi sifatida

Davr o‘zbek tilshunosligidan aniqlangan lisoniy umumiyliklarning nutqiy voqelanishini tekshirishga, undan amaliy foydalanish samaradorligini oshirish, qo‘llanish doirasini kengaytirish muammolari bilan shug‘ullanishga jiddiy kirishishni talab qilmoqda. Bu yangi asr tilshunosligi zimmasiga yuklatilayotgan ijtimoiy buyurtmadir. Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida alohida ta’kidlaganlaridek, “ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar chop etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz.”4 Bu esa lisoniy imkoniyatlarning amaliy voqelanishi, undan samarali foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi o‘zbek amaliy tilshunosligining sotsiolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, pragmalingvistika, lingvokognitologiya, lingvokulturologiya, neyrolingvistika, kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi kabi zamonaviy fan yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, XXI asr axborot texnologiyalari va globallashuv asri ekan, o‘zbek tilining global til korpuslariga qo‘shiluvini ta’minlash ham tarixiy zarurat sifatida namoyon bo‘lmoqda.


Bugungi kunda taraqqiyot o‘zbek tilshunosligi fanidan aniqlangan lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishini tekshirishga, ona tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish samaradorligini ta’minlash muammosi bilan shug‘ullanishga jiddiy kirishishni taqozo etmoqda. Yangi asr fani zimmasiga yuklatilayotgan bu ijtimoiy buyurtma tilni yangi – substansial-pragmatik (“imkoniyatdan voqelikka”) tamoyillar asosida tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi.
Tilshunoslikning yangi yo‘nalishini ifodalovchi substansial-pragmatik terminining tarkibiga kirgan pragmatika so‘zi yunoncha pragma, pragmatos so‘zidan olingan va “ish”, “harakat” ma’nolarini bildiradi, tilshunoslikda til birliklarining qo‘llanish xususiyatlarini o‘rganishni anglatadi. Substansial-pragmatik yo‘nalish muayyan til imkoniyatlarini egallab undan amalda foydalanuvchilarning ushbu birliklar sistemasiga ongli, amaliy munosabatini tekshiradi. Pragmatika haqidagi g‘oya dastlab amerikalik olim Charlz Pirs tomonidan fanga kiritilgan. Boshqa bir amerikalik olim Charlz Morris uning g‘oyalarini rivojlantirgan. O‘zbek tilshunosligidagina til birliklaridan foydalanish masalasi lisoniy imkoniyatlar bilan uzviy bog‘langan holda tadqiq qilinadi, shu boisdan yo‘nalish mazkur nom bilan yuritilmoqda.
Ko‘rinadiki, substansial-pragmatik yondashuv o‘zbek fanida shakllanayotgan tilshunoslikning yangi empirik yo‘nalishi sifatida lisoniy imkoniyatlarni so‘zlovchi, tinglovchi, ularning muloqot jarayonidagi o‘zaro munosabati, muloqot vaziyati singari nolisoniy hodisalar bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Shaxsning lisoniy imkoniyatlardan amaliy foydalanishi so‘zlovchi hamda tinglovchining shaxsiy sifatlari, nutq maqsadi, uning turlari (oshkora yoki yashirin), shakllari (xabar, so‘roq, buyruq, iltimos, maslahat, va’da berish, salomlashish, so‘rashish, xayrlashuv, uzr, tabrik, shikoyat kabilar), nutq strategiyasi va taktikasi, nutq odobi, muloqot madaniyati, so‘zlovchi yoki tinglovchining dunyoqarashi, bilim darajasi, qiziqishlari kabi qator nolisoniy omillar bilan mushtarak holda yuzaga chiqadi.
Yangi asr o‘zbek tilshunosligining asosiy vazifalari Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida quyidagicha umumiy tarzda belgilab berilgan:
  1. оna tilini avaylab-asrash;


  2. tilimizni boyitish ustida tinimsiz ishlash;


  3. оna tilidan amaliy foydalanish samaradorligiga erishish;


  4. о‘zbek tilining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qo‘llanishini kengaytirish.


Bu vazifalar markazida ona tilidan amaliy foydalanish samaradorligiga erishish muammosi turadi.


Demak, shakllanajak o‘zbek substansial-pragmatik tilshunosligi oldida turgan o‘zbek tilining XX asrda ochilgan lisoniy imkoniyatlaridan amaliy foydalanish samaradorligini tadqiq qilish vazifasi ijtimoiy ehtiyoj, davr talabidir, bu vazifaning bajarilishi esa o‘zbek milliy tilshunosligi fani hamda ona tili ta’limini amaliy jihatdan samarador bo‘lgan yangi sifat bosqichiga ko‘taradi.
Til ta’limida pragmatik layoqat o‘quvchilarning til imkoniyatlaridan nutq sharoiti, vaziyatiga mos ravishda foydalanishini bildiradi. Nutqiy faoliyatda nutq uslublari, nutq maqsadi, uning turlari (oshkora yoki yashirin), shakllari (xabar, so‘roq, buyruq, iltimos, maslahat, va’da berish, salomlashish, so‘rashish, xayrlashuv, uzr, tabrik, shikoyat kabilar), nutq strategiyasi, taktikasi kabilar bevosita real nutqiy vaziyat bilan bog‘liq ravishda reallashadi. Ona tilining pragmatik ta’limida til bo‘yicha bilimlar o‘quvchi kundalik hayotida duch keladigan aniq hayotiy vaziyatlar bilan bevosita bog‘langan holda beriladi. Sodda qilib aytganda, o‘quvchi ona tilining qudratli imkoniyatidan aniq nutqiy vaziyatlarda, nutq uslublarida oqilona, samarali foydalana olish malakasiga ega bo‘lishiga erishish pragmatik ta’limning negizini tashkil etadi. O‘quvchilarning nutqiy vaziyatni to‘g‘ri, xolis baholay olishga doir tayyorgarlik darajasi (bilim, ko‘nikma, malakalari majmui) pragmatik layoqat hisoblanadi.
Bugungi kunda til ta’limiga pragmatik yondashuv davr talabiga aylanmoqda. U tilshunoslikda til birliklarining nutq sharoiti, vaziyatiga mos ravishda qo‘llanish xususiyatlarini anglatadi. Pragmatik tilshunoslik til hodisalarini muloqot vaziyati, sharoiti singari nolisoniy hodisalar bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Shu jihati bilan pragmatik tilshunoslik tilni insondan, jonli hayotdan xoli holda tadqiq qiladigan tilshunosliklardan, pragmatik ona tili ta’limi esa tilni nutq vaziyati, sharoitidan ajratib o‘qitadigan an’anaviy ta’limdan farqlanadi.
Har bir kishi muayyan muloqot vaziyatida o‘z maqsadiga muvofiq ravishda ko‘plab variantdosh til hodisalaridan ayni shu vaziyat uchun mosini tanlab qo‘llash malakasiga ma’lum darajada ega. Lekin ular qanday nutqiy vaziyatda, kimga nisbatan ishlatilishi, qanday samara berishi jihatidan keskin farqlanadi. Bunda so‘zlovchining ushbu sharoit, vaziyat uchun kamroq quvvat sarflab, ko‘proq samaraga erishishni ta’minlaydigan til birligini tanlash layoqati ishga tushadi. Boshqacha aytganda, kishida tilning “Yordam bering!” xazinasidan nutq vaziyati, sharoitiga muvofiq foydalanish layoqatining rivojlanganlik darajasi muloqot natijasi va samarasiga jiddiy ta’sir qiladi. Shu asosda aytish mumkinki, ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning til vositalarini aniq nutqiy vaziyat uchun samara nuqtai nazaridan tanlash hamda qo‘llashga tayyorgarlik darajasi uning pragmatik layoqati sifatida qaraladi.
Demak, ona tili ta’limida pragmatik layoqatni rivojlantirish o‘quvchida nutq vaziyatini to‘g‘ri baholashni, unga mos so‘zlash shaxsiy sifatlarini qaror toptirishni ko‘zda tutadi.
Xulosa
Malumki, badiiy nutq kommunikativ va shu bilan birga, estetik vazifani 
bajaradi. Badiiy uslubning boshqa uslublardan ajralib turadigan belgisi uning 
estetik vazifasi, obrazliligi va ekspressivligidir. Bu narsa uning sintaktik qobig‘ini 
ham belgilaydi. Bunda umumxalq tilining boy sintaktik imkoniyatlaridan 
foydalanishning o‘rni va ahamiyati muhimdir. 
Badiiy asar tilining badiiy - estetik funksiyalarini tilshunoslik aspektida 
o‘rganish muayyan asar yaratilgan davr tilining o‘ziga xosligi, yozuvchining so‘z 
boyligi, til vositalaridan foydalanish usullarini, demakki, ―Xalqning ruhi‖ bo‘lgan 
tilga ijtimoiy ta‘sirlarini tahlil qilish bilan chanbarchas bog‘liq. 
Ijodkorning individual uslubini o‘rganish murakkab jarayon bo‘lib, u ham 
adabiy, ham lingvistik tahlil imkoniyatlarini o‘zida mujjassamlashtiradi va shu 
tarzda shoir yoki yozuvchi ijodiy tafakkurining o‘ziga xos jihatlarini yuzaga 
chiqaradi.
Shoira Zulfiya o‘z she‘rlarida badiiylik, hayotiylikni yuzaga chiqarish 
uchun uslubiy vositalardan biri bo‘lgan antitezadan ham unumli foydalangan. 
Antiteza badiiy adabiyotga ma‘lum bir stilistik vazifani bajarish uchun 
xizmat qiladigan murakkab stilistik vositadi Antiteza badiiy adabiyotga va 
notiqlik sa‘natiga aktiv qo‘llanadigan sintaktik-stilistik vosita hisoblanib, unda bir-
biriga zid qo‘yiladigan tushunchalar, fikrlar qarama-qarshi qo‘yilishi natijasida 
nutqning ta‘sirchanligi ortadi, bayon qilinayotgan fikrga nisbatan tinglovchining 
qiziqishi kuchayadi. 
Badiiy nutqda eng ko'p ishlatiladigan stilistik vositalardan biri takrordir. 
Takror badiiy adabiyotda keng tarqalgan, eng qadimiy stilistik ifoda bo'lib, so'z 
ustalari undan tasvir etayotgan obyektga bo'lgan sub‘yektiv munosabatlarni 
ifodalash, unga baho berish, tinglovchi yoki o'quvchining diqqatini tortish 
maqsadida foydalanganlar. 
Takrorning vazifasi muallif nutqini ta'sirchan etish, fikrni konkretlashtirish 
va eng muhimi, unga tinglovchi yoki o'quvchini ishontirish kabi xususiyatlarni 

ifodalashdan iborat. 


Sintaktik takror hodisasining yuzaga chiqishi uchun ikki yoki undan ortiq 
bir tipdagi sintaktik konstruksiyalar parallel holatda qo'llanishi shart. Bunday
konstruksiyalarni intonatsion xususiyatlari jihatdan ham bir xarakterga ega bo'ladi. 
Sintaktik takror semantik-stilistik kategoriya sifatida keng ma'nodagi hodisa bo'lib, 
u tor-yakka ma'nodagi takror hodisalarning quydagi turlarini o'z ichiga oladi. 
1. Gap bo'laklari takrori - bo'lakli takror. 
2. Soz birikmalari takrori - birikmali takror. 
3. Gap takrori -- predikativ takror. 
Sintaktik parallelizm badiiy nutqda keng tarqalgan uslubiy vosita bo‘lib, 
undan tasvir etilayotgan ob‘yektga so‘zlovchining diqqatini qayta tortish 
maqsadida foydalaniladi. Sintaktik parallelizmda strukturasi bir xil bo‘lgan ukki 
yoki undan ortiq gap ketma-ket keladi. Bunday gaplarning bo‘laklari ham, shakli 
ham bir xil bo‘ladi. Bu sintaktik simmetriya hosil qilib ifodalilikni oshiradi.
Sintaktik parallelizm asosan poetik nutq mahsuli bo‘lib, ifodali nutq vositasi 
sifatida qo‘llanuvchi maxsus usul hisoblanadi. Shoira Zulfiya ham o‘z she‘rlarida 
sintaktik parallelizmdan ifodaiylikni oshirish, ta‘sirchanlikni kuchaytirish 
maqsadida keng foydalangan
Fikrni to'g'ri va ta'sirchan ifodalanganda sintaktik sinonimiya imkoniyatidan 
keng foydalaniladi. Sintaktik sinonimiya nutq uslublarini farqlashda muhim 
uslubiy vositadir. Tushuncha yoki fikrning u yoki bu ifoda varianti nuyq 
uslubining ma'lum turi uchun tipik bo'lsa, boshqasi uchun tipik bo'lmasligi 
mumkin. Sintaktik sinonimiya konnonativ, bir xil ma'noli sintaktik birliklardir.
Ko‘rinadiki, shoira Zulfiya she‘rlarida sintaktik sinonimlarda ham keng 
foydalangan. Sinonimlar lirik qahramon holatini, ichki kechinmalarini yoritishga 
yordam bergan. Shuningdek, sinonimlar ta‘sirchanlikni, ifodaviylikni oshirishda 
muhim ahamiyat kasb etgan. 
Ritorik so‘roq gap so‘roq gapning turli-tuman ma‘nolarini, his- tuyg‘ularni va 
so‘zlovchining voqelikka turlicha munosabatini ifodalaydi. Ritorik so‘roq 

gaplarning mazmunidan tasdiq, xabar mazmuni anglashib turadi, shu sababli 


ritorik gaplar adabiy tilda emotsional ma‘nolarni ifodalash uchun stilistik vosita 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Ko‘rib o‘tganimizdek, so‘roq gaplarning, ayniqsa, ritorik so‘roq gaplarning
badiiy asarning emotsional-ekspressivligini oshirishdagi roli beqiyosdir. Iste‘dodli 
shoira Zulfiya o‘z she‘rlarida ritorik so‘roqdan unumli foydalana olgan. Shoira 
she‘rlaridagi ritorik so‘roqlar lirik qahramonning ichki kechinmalari-shodligi, 
iztiroblari; biron vaziyatga munosabati-norozilik, afsuslanish, hayratlanish 
kabilarni ifodalashga yordam bergan.
Ko‘rinadiki, xalqimizning suyukli farzandi shoira Zulfiya she‘rlari o‘zining 
serqirraligi, obrazlilikning kuchliligi, badiiy til vositalaridan keng foydlanilganligi 
bilan ajralib turadi. Shoira uslubiy vositalar-sintaktik takror, antiteza, sintaktik 
parallelism, sintaktik sinonimiya, ritorik so‘roqdan mahorat bilan foydalangan. 
Ular vositasida tasvir ta‘sirchanligini oshirishga erishgan. 


Yüklə 132,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin