BOG’LANGAN QO’ShMA GAPLAR Teng munosabatdagi sodda gaplarning o’zaro teng bog’lovchilar yordamida
bog’lanishidan tuzilgan qo’shma gap bog’langan qo’shma gap deyiladi: Kechasi
qalin qor yog’di, lekin havo sovimadi. Tarkibidagi sodda gaplarning o’zaro mazmun munosabatiga ko’ra bog’langan
qo’shma gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Biriktiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar: Bunday bog’langan qo’shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o’zaro va,
hamda bog’lovchilari, -u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog’lanadi va bir
paytda yoki ketma-ket ro’y bergan voqea- hodisalarni ifodalaydi: Mashg’ulotlar
tugadi va hamma o’z joyiga tarqaldi. Odam qo’li tegdi-yu, tashlandiq erlar obod
bo’ldi. Qattiq izg’irin ko’tarildi-da, hech kim uydan chiqmay quydi.
2. Zidlov munosabatli bog’langan qo’shma gaplar va ularda tinish
belgilarining ishlatilishi. Bunday gaplar tarkibidagi sodda gaplar o’zaro ammo,
lekin, biroq bog’lovchilari, -u(yu) yuklamasiyordamida bog’lanadi: Yurtimizning
bu kuni chiroyli, lekin ertasi, indini yana chiroyliroq, baxtliroq bo’ladi. Havo
ochildi-yu, quyoshning harorati sezilmadi. Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog’lovchisi va bu
vazifada qo’llangan –u(-yu) yuklamasi birga ishlatiladi: Kechasi qor yog’di-yu,
lekin unchalik sovimadi. Yozuvda zidlov bog’lovchilaridan oldin, yuklamalardan
keyin vergul qo’yiladi.
3. Ayiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar va ularda vergulning
ishlatilishi. Bunday gaplardagi sodda gaplar o’zaro ayiruv bog’lovchilari
goh…goh, yo…yo, ba’zan…ba’zan, dam…dam, yoxud…yoxud yordamida
bog’lanadi. Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar voqea-hodisalarning
galma-gal bo’lishini yoki ulardan biri bo’lishini ifodalaydi: Goh osmonni tutib
ashula yangrar, goh allaqaerdan gormon tovushi eshitilib qolar edi. Takrorlanib qo’llangan ayiruv bog’lovchilarning ikkinchisidan oldin vergul
qo’yiladi, ayiruv bog’lovchilar yakka qo’llansa, hech kanday tinish belgisi
qo’yilmaydi.