Gapning maqsadiga ko’ra turlari
1.
Darak gap orqali biror narsa haqida ma’lum qilinadi, xabar beriladi,
uning oxiriga nuqta qo’yiladi: Navoiy ruboiylaridan yodladim.
Darak gaplar darak-xabar, orzu-umid, ishonch, ta’kid, g’urur, maslahat,
tashviq, sevinch, taajjub, gumon, achinish, tashvish, g’azab, norozilik, kinoya kabi
mazmun turlarini ifodalaydi.
2.
So’roq gap orqali so’zlovchi o’zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshini
fikr bildirishga undaydi, tasdiqlash yoki inkor qilishga undaydi: Ibrohimovamisiz?
Ha. Charchamadingizmi? Yo’q. Yozuvda so’roq gapning oxiriga so’roq belgisi
qo’yiladi. Bu gaplar ko’proq dialogik nutqda uchraydi.
So’roq gaplar so’roq olmoshlari, so’roq yuklamalari yoki so’roq ohangi bilan
hosil bo’ladi: kim? nima? qanday? qancha? necha? qaysi? (so’roq olmoshlar) –
mi, -chi, -a, -ya (so’roq yuklamalari). Quyidagi misolda so’roq ohangi qatnashgan:
Soat ikki bo’ldi. Ikki bo’ldi?
So’roq gaplar ikki guruhga bo’linadi: 1) sof so’roq gaplar javob talab
qiladigan gaplardir: Siz ertaga kelasizmi? 2) ritorik so’roq gaplar so’roq
gaplarning javob talab qilmaydigan turi bo’lib, javobi o’z ichida yashiringan
bo’ladi: Men uning to’satdan kelib qolishini qanday bilay? Ritorik so’roq gaplar
yashirin tasdiq, yashirin inkor, taajjub, tashvish, g’amxo’rlik, g’azab, gumon,
kuchli hayajon ma’nolarini ifodalashi mumkin: Bu Vatanda nimalar yo’q (tasdiq).
O’zingdan chiqqan baloga, qayga borasan davoga (inkor). Bu nimasi?! (taajjub).
Meni tashlab ketmaysanmi?! (tashvish). Maqsad nima, maqsad?! (g’azab).
Paxtalar ham yaxshi ochilmagandir? (gumon). Tokaygacha ezilamiz, ota?! (kuchli
hayajon).
Dostları ilə paylaş: |