5. Atov gaplar bosh kelishikdagi ot orqali ifodalangan grammatik asos
yordamida ifodalangan narsa-buyumning borligini, mavjudligini anglatadi va
ko’pincha badiiy va publitsistik asarlarda payt va o’rinni ifodalash uchun
ishlatiladi: Kuz. Izg’irin shabada esyapti. Atov gaplar matnda yolg’iz
qo’llanmaydi, ulardan keyin uning mazmunini ochuvchi boshqa bir gap kelishi
zarur.
Atov gaplarning oxiriga, odatda nuqta qo’yiladi, agar kuchli ohang bilan
aytilsa, undov belgisi qo’yiladi: Tog’lar! Baland tog’lar!
Nutqda ha, yo’q, xo’p, mayli so’zlari hamda eh, uh kabi undovlar bilan
ifodalangan so’z-gaplar ham qo’llanadi. Bu gaplar sodda gaplarning bir turi
hisoblanadi: Ertaga Karimnikiga borasizmi? – Ha.
So’z-gaplar tasdiq, inkor, so’roq his-hayajon ifodalovchi turlarga bo’linadi.
Yozuvda so’z-gaplarning oxiriga nuqta, undov belgisi, ko’p nuqta qo’yilishi
mumkin. Ha, yo’q mayli so’zlaridan keyin vergul qo’yilib, keyin gap bo’laklari
qo’llansa, bu so’zlar kirish so’zlar hisoblanadi va so’z-gaplar hisoblanmaydi: —
Kecha muzeyga bordingizmi? — Ha, bordik.
Ofarin, tashakkur, rahmat, barakalla, salom, marhamat, uzr kabi so’zlar bilan
ifodalanib, minnatdorchilik, salomlashish, kechirim, iltimos kabilarni
ifodalaydigan gaplar ham so’z gaplar hisoblanadi.
Ikki yoki undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan
birikuvidan tuzilgan gap qo’shma gap deyiladi: Eshik sekin ochildi-yu,
Qalandarovning yuzi ko’rindi.
Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo’shma gap
tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi qatnashdi.
Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar o’zaro bog’lovchilar, yuklamalar,
ko’makchilar va fe’l shakllari hamda ohang orqali bog’lanadi.
Mazmun munosabati va bog’lovchi vositalarining qo’llanishiga ko’ra
qo’shma gaplar 3 xil bo’ladi: bog’langan qo’shma gaplar, ergash gapli qo’shma
Dostları ilə paylaş: |