Gap va uning turlari


Yig’iq ikki bosh bo’lakli gaplar



Yüklə 132,16 Kb.
səhifə9/39
tarix19.12.2022
ölçüsü132,16 Kb.
#76253
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Gap va uning

1. Yig’iq ikki bosh bo’lakli gaplar tarkibida bosh bo’laklargina mavjud 
bo’ladi: O’quvchilar yig’ildilar. Ba’zan ega va kesim birikma bilan ifodalanib, 
kengayib keladi va ikkinchi darajali bo’laklar borga o’xshab ko’rinadi, lekin bu 
gaplar ham yig’iq gaplar hisoblanadi: Yigit ham shunaqa bo’ladimi? Ikki dugona 


termulib qolishdi. 

2. Yoyiq ikki bo’lakli gaplar tarkibida bosh bo’laklardan tashqari, ikkinchi 
darajali bo’laklar ham qatnashadi: O’quvchilar maktab zaliga yig’ildilar.


1. Shaxsi ma’lum gaplar kesimiga qarab egasini aniqlash mumkin bo’lgan 
gaplardir: Yutuqlar oldida esankiramaylik (Biz). 


2. Shaxsi no’malum gaplar kesimiga qarab ish-harakatning haqiqiy 
bajaruvchisini aniqlash mumkin bo’lmagan gaplardir: Yaxshini maqtaydilar, 


yomonni uyaltiradilar. (kesim 3-shaxsdagi fe’l bilan ifodalanganda, shaxsi ma’lum 
va shaxsi no’malum gaplar quyidagicha farqlanadi: shaxsi ma’lum gapda 
so’zlovchi o’ziga tanish shaxs haqida so’z yuritadi, shaxsi no’malum gapda esa 
o’zi shaxsan tanimagan shaxs(lar) haqida so’z yuritadi: Bugun keldi – shaxsi 
ma’lum gap. Sevgini chidaganga chiqargan – shaxsi no’malum gap.)

3. Shaxsi umumlashgan gaplar mazmunan har uchala shaxsga taaluqli 
bo’lgan gaplardir: Sanamay sakkiz dema. 
Bunday gaplarning kesimi odatda, II shaxs birlikda buyruq maylidagi fe’l 

bilan ifodalansa ham, mazmunan barchaga qaratilgan bo’ladi, shuning uchun ega 


ifodalanmaydi. Halq maqollari shaxsi umumlashgan gaplar orqali ifodalanadi: 


Bugungi ishni ertaga ko’yma. 

4. Shaxsi topilmas gaplar egasini topib ham, gap tarkibiga kiritib ham 
bo’lmaydigan gaplardir: U erda intizom haqida so’zlashga to’g’ri keladi. 
Shaxsi topilmas gaplarning kesimlari III shaxs majhul nisbatdagi fe’llar, 
bo’ladi, bo’lmaydi so’zlari orqali, -mas qo’shimchali so’zlar orqali, harakat 
nomidan keyin kerak zarur, lozim, mumkin so’zlarini keltirish orqali ifodalanadi: 

Raisning o’zi haqida gapirilsin! Mehnatsiz rohatga erishib bo’lmaydi. Oyni etak 

bilan yopib bo’lmaydi. Ertalabki salqinda etib borish kerak. 


Yüklə 132,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin