Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Badiiy asar xalq tili o‘zining barcha imkoniyatlarini
boyicha namoyon qila oladigan, yozuvchining mahorat darajasiga ko‘ra bu
imkoniyatlarni to‘laligicha ishga solish mumkin bo‘lgan o‘ziga xos maydondir. Bu
imkoniyatlar cheksiz-chegarasiz bo‘lib, muayyan asarda uning ro‘yobi masalalarini
o‘rganish, avvalo, yozuvchining badiiy til borasidagi mahoratini, qolaversa, xalq
tilidagi ifoda vositalarining boyligini namoyish qilishga asos bo‘ladi.
Badiiy asarning bosh unsuri so‘z, umuman, til ekan, uning chinakam san‘at
darajasiga ko‘tarila olishida muallifning til vositalarini qay darajada qo‘llay olishi
asasiy omil sanaladi.
So‗nggi davr yozuvchilari nasriy asarlari xususidagi ilmiy tadqiqotlar
xarakteri, asosan, adabiy tahlil doirasida ekanligi va badiiy asar tilini lingvistik
jihatdan o‗rganishga ehtiyoj ortganligi bois, keyingi paytda lingvopoetik tahlilga
e‘tibor ancha kuchaydi. Bu borada qator ishlar ham amalga oshirildi. Xususan,
R.U.Normurodovning «Shukur Xolmirzaev asarlarining til xususiyatlari» (2000),
M.Yo‗ldoshevning «Cho‗lpon so‗zining sirlari» (2002), G.Muhammadjonovaning
«80-yillar oxiri 90-yillar boshlari o‗zbek she‘riyatining lingvopoetik tadqiqi»
(2003), M.Muhiddinov va S.Karimovlarning «G‗afur G‗ulomning poetik
mahorati» (2003), D.Ne‘matovaning «Cho‗lpon publitsistikasining lingvistik
xususiyatlari» (2004), S.Boymirzaevaning «Oybek prozasining lingvostilistik
tadqiqi» (2004) kabi tadqiqotlarida Cho‗lpon, Oybek, G‗afur G‗ulom kabi so‗z
ustalari ijodini o‗rganishga bagishlangan an‘anaviy mavzular yoki she‘riyat
borasida tadqiqotlar olib borilgan.
Shunga qaramay, badiiy matn tahlili, xususan, badiiy matnning sintaktik tahlili
borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina.
Shunga ko‘ra biz mazkur kichik tadqiqotimizda iste‘dodli shoira Zulfiya
she‘rlarining til xususiyatlarini tahlil qilishga harakat qildik.
Dostları ilə paylaş: |