Gap tarkibida ikki va undan ortiq atov birliklari (so'z, ibora, so'z birikmalari) bilan ifodalangan kesim bo'lib, kesimni shakllantiruvchi vositalar faqat keyingi kesim tarkibida ifodalanib, barchasiga aloqador bo'lsa, bunday ko'p kesimli gap uyushiq kesimli gap sanaladi
Uyushiq ega
Bir sodda gap tarkibida birdan ortiq ega qator kelishi mumkin. Sodda gap kesimiga bir xil munosabatda bo'lib, sanash ohangi bilan aytiluvchi birdan ortiq eganing ketma-ket kelishi uyushiq ega hisoblanadi.
Uyushiq egalar bir-biri bilan sanash ohangi yoki bog'lovchilar orqali bog'lanadi: Bu yerning ob-havosi, iqlimi va sharoiti yaxshi edi. Siz bilan biz bu oddiy haqiqatni tushunmagan ekanmiz.
Uyushiq hol
Bir xil mazmun-munosabatni (yo tarz, yo o'rin, yo payt va b. munosabatlarni) bildirgan bir necha holning o'zaro sanash ohangi bilan, teng bog'lanib kelishi uyushiq holm hosil qiladi: Tomlardan, ivigan devorlardan bug' ко'tarda boshladi. (S.A.) Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi. U dam hazil bilan, dam jiddiy so 'rardi.
Bir sodda gap tarkibida yonma-yon, qator kelgan bir necha payt holi hamma vaqt uyushiq bo'lavermaydi. Masalan, U kecha ertalab biznikiga kelib ketdi gapida ikkita payt holi (kecha, ertalab) bor. Lekin ular uyushiq emas: bundagi ertalab holi kecha holi ma'nosidagi paytni chegaralab, aniqlashtirib beradi
Uyushiq to’ldiruvchi. Uyushiq aniqlovchi
Gapdagi ikki va undan ortiq to'ldiruvchi bir xil ma'noni (shaxsni yoki narsani) bildirib, bir xil shaklda (kelishik shaklida yoki ko'makchi bilan) kelsa va sanash ohangiga ega bo'lsa, bular uyushiq to'ldiruvchilardii: Taram-taram olmalarni, asl nashvatilarni, jio'sii yupqa luchchakshaftolilarni, quymoqqa o'xshash anjirlami aytmaysizmi, baybay. (O.)
Наr xil ma'noni bildirgan, turli shakllarda kelgari to'ldlruvchller uyushiq hisoblanavermaydi. Masalan, Bu daftarni senga oltttm gapldagl daftarni va senga to'ldiravchilari uyushmagan. Chunki ularnlng birl (daftarni) narsa-buyum ma'nosini, ikkinchisi (senga) atalganllk ma'nosini ifodalaydi.