Gapda uyushiq bo‘laklar bog'lovchilarsiz, sanash ohangi bilan, biriktiruv bog'lovchilari (va, hamda), ular vazifasidagi -u, -yu yuklamalari, bilan ko'makchisi, zidlov bog'lovchilari (ammo, lekin, biroq), ma yuklamasi, -da yuklamasi, goh, yoki, yoxud, dam, ba'zan, yo kabi ayirov bog'lovchilari bilan bog'lanib keladi: Mashina sekinladi, lekin to 'xtamadi. Uyushiq bo'lakliirniiig ma'nolarini jamlab, umumlashtirib keladigan so'z ba so'z birikmalari umumlashtiruvchi bo'iak deb ataladi. Ko'pincba belgilash, bo'lishsizlik olmoshlari va jamlovchi ot, jamlovchi sonlar, shuningclek, so'z birikmalari, kengaygan birikmalar umumlashtiruvchi bo'iak bo'lib keladi: Uylar, daraxtlar, ko'chalar - hammasi qorong'ilik qa'riga cho'mdi. Ishza yangi aabul ailineanlar: Ahmad, Salim va Akbar boshliqning oldiga kirishsin. Umumlashtiruvchi bo'iak qanday vazifani bajarsa, uyushiq bo'iaklar ham shunday vazifani bajaradi.
Umumlashtiruvchi bo'iaklar uyushiq bo'laklardan oldin kelsa, undan keyin ikki nuqta qo'yiladi: Qudraming oldidan ikki o'rtog'i: llhom va Rustam chiqib keldi. Umumlashtiruvchi bo'iak uyushiq bo'laklardan keyin kelsa, undan oldin tire qo'yiladi: Akam, opam, singlim - barchamiz aziz onajonimizni tabrikladik.
Bir gap tarkibida bir turdagi bo'laklar birdan ortiq holda kelishi mumkin: Yo 'Ida ba 'zan katta-katta maydonni qoplab olgan oq, pushti, sariq va qizil gullar uchraydi. (Yo.Sh.) Ular daryo bo'yidagi toshlardan, har xil giyohlardan namunalar olishdi. (H.N.)
Bir gap tarkibida bir turdagi bo'laklar birdan ortiq holda kelishi mumkin: Yo 'Ida ba 'zan katta-katta maydonni qoplab olgan oq, pushti, sariq va qizil gullar uchraydi. (Yo.Sh.) Ular daryo bo'yidagi toshlardan, har xil giyohlardan namunalar olishdi. (H.N.)
Birinchi gapda aniqlovchi (oq, pushti, sariq, qizil), ikkinchi gapda to'ldiruvchi (toshlardan, giyohlardan) o'zaro teng aloqada ketma-ket kelgan.
Gapda bir xil sintaktik vazifa bajarib, bir xil so'roqqa javob bo'luvchi, o'zaro teng aloqada, boshqa bo'laklar bilan esa tobe aloqada bo'lgan bo'laklar uyushiq bo'laklar deyiladi. Ular o'zaro teng bog'lovchilar yoki tenglanish ohangi orqali birikadi. Uyushiq bo'laklar bir-biridan pauza bilan ajralib, sanash ohangi bilan aytiladi. Har bir uyushiq bo'lakning o'z ayrim urg'usi bo'ladi.
Gapning kesimi va egasi ham, ikkinchi darajali ho'Iaklari ham uyushib kelishi mumkin.