G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


No sooner will he arrive, than



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə128/276
tarix22.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#189326
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   276
G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi-fayllar.org

No sooner will he arrivethan he
will want to leave.
U yetib kelar-kelmasdan, jo‘na-
shni istab qoladi.
No sooner had she entered the buil-
ding, than she felt the presence of
sombody else.
U binoga kirar-kirmasdan, u
yerda yana kimningdir bor-
ligini his qildi.
As short (simple, interesting) as possible iboralari o‘zbek tiliga imkoni 
boricha qisqaroq (soddaroq, qiziqroq) deb tarjima qilinadi:
The letter must be as short as pos-
sible. 
Xat iloji (imkoni) boricha qisqa-
roq bo‘lishi kerak.
OTLARNING SIFATGA O‘XSHAB ISHLATILISHI
1. Ingliz tilida ko‘pgina otlar sifat vazifasida ishlatilib boshqa otlar ning
oldidan kelishi mumkin: a wool coat, a gold watch, a history teacher.
2. Yuqoridagi misollarda birinchi ot sifatlarga o‘xshab orqasidan
kelayotgan otni tasvirlab kelayapti.
3. Sifat vazifasida kelgan otlar ko‘plikdagi otni tasvirlasa ham har doim
birlikda ishlatiladi. Sifat vazifasida kelgan ot bilan uning oldidan kelgan son
orasida doimo chiziqcha qo‘yiladi:
We took a fi ve-week tour.
Biz besh haftali sayohatda bo‘l-
dik.
He has a two-year subscription
to that magazine.
U o‘sha jurnalga ikki yillik obuna
bo‘lgan.
That student wrote a ten-page re-
port.
O‘sha talaba o‘n betli ma’ruza
yozdi.
These are twenty-dollar shoes.
Bular yigirma dollarli tufl ilar.
Enoughning sifatlar, ravishlar va otlar bilan ishlatilishi.
1. Enough so‘zi sifat va ravishlarni aniqlab kelganda ularning orqa sidan
keladi:
adjective 
adverb
}
+ enough 
It is not cold enough to wear a
heavy jacket.
Qalin jaketni kiyishga hali yetar-
licha sovuq emas.
She speaks Spanish well enough
to be an interpreter.
U tarjimon bo‘lish uchun ispan
tilini yetarlicha yaxshi biladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



150
2. Enough otlarni aniqlash uchun ularning oldidan keladi:


Do you have enough sugar for the
cake?
Pirog uchun yetarli shakaringiz
bormi?
Jake bought enough red paint to
paint the barn.
Jeyk og‘ilni bo‘yash uchun yetar-
li qizil bo‘yoq sotib oldi.
He does not have enough money
to attend the concert.
Uning konsertga kirish uchun
yetarli puli yo‘q.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin