PREDLOGSIZ VOSITALI TO‘LDIRUVCHI (THE INDIRECT OBJECT) Ba’zi o‘timli fe’llardan keyin ish-harakat yo‘naltirilgan to whom? kimga? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi ot yoki olmosh keladi. Bunday ot yoki
olmoshlar predlogsiz vositali to‘ldiruvchilar bo‘lib keladi. Bu predlog-
siz vositali to‘ldiruvchilar bosh kelishikdagi ot yoki obyektiv kelishikdagi
kishilik olmoshidan yasaladi va fe’l bilan vositasiz to‘ldiruvchining orasida
joylashadi:
He gave the boy a book.
U bolaga kitob berdi.
I showed him the letter.
Men unga xatni ko‘rsatdim.
Izoh: Ish-harakat yo‘naltirilgan shaxs vositasiz to‘ldiruvchidan keyin predlogli vositali to‘ldiruvchi yordamida ham berilishi mumkin: He gave a book to the boy. I showed the letter
to him. PREDLOGLI VOSITALI TO‘LDIRUVCHI (THE PREPOSITIONAL OBJECT) Predlogli vositali to‘ldiruvchilar ko‘pgina fe’l va sifatlardan keyin ish-
latiladi.
1. Predlogli vositali to‘ldiruvchilar otdan yasaladi:
We spoke about our work. Biz ishimiz haqida gaplashdik.
He lives with his parents. U ota-onasi bilan yashaydi.
2. Predlogli vositali to‘ldiruvchi predlogli olmoshdan yasaladi:
He spoke to me yesterday.
U kecha men bilan gaplashdi.
I agree with you. Men sizning fi kringizga qo‘shi-
laman.
3. Predlogli vositali to‘ldiruvchilar predlogli gerunddan yasaladi:
I am fond of reading. Men o‘qishni sevaman.
He insists on doing it himself.
U buni o‘zim qilaman deb turib ol-
gan.
Gapda vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lganda, predlogli vositali to‘ldiruvchi,
vositasiz to‘ldiruvchidan keyin keladi:
I have received a letter from my sister. Men opamdan xat oldim.
I spent a lot of moneyon books. Men kitoblarga ko‘p pul sarfl a dim.
www.ziyouz.com kutubxonasi