G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


GAPNING EGASIGA VA EGANING ANIQLOVCHISIGA



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə234/276
tarix22.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#189326
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   276
G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi-fayllar.org

GAPNING EGASIGA VA EGANING ANIQLOVCHISIGA
BERILADIGAN SAVOLLAR
1. Egaga beriladigan so‘roq gaplar Who? Kim? va What? Nima? ol-
moshlari bilan boshlanadi va ular so‘roq gapning egasi bo‘lib keladi.
Boshqa maxsus so‘roq gaplardan farq qilib, egaga berilgan so‘roq
gaplarda darak gaplarning so‘z tartibi qo‘llaniladi. So‘roq gapda ega bo‘-
lib kelgan who, what olmoshlaridan keyin fe’l uchinchi shaxs birlikda
ish latiladi:
Ega Kesim To‘ldiruvchi
Hol
Who 
is reading
a book
at the window?
What
is lying
on the table?
Who 
gives
English lessons?
Who 
came
here yesterday?
Izoh: Kesim Simple Present yoki Simple Past zamonlarida bo‘lsa, do yordamchi fe’li
ishlatilmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



291
2. Eganing aniqlovchisiga berilgan savollarda ham darak gap so‘z


tar tibi ishlatiladi. Bunday savollar odatda What? Qanday? Which? 
Qaysi? Whose? Kimning? How much? Qancha? How many? Nechta? 
so‘roq ol moshlari bilan boshlanadi va ulardan keyin ega keladi:
What book is lying on the table?
Stolda qanday kitob yotibdi?
Whose children came here yester-
day?
Kecha bu yerga kimning bola-
lari keldi?
How many students work in that
laboratory?
O‘sha laboratoriyada nechta ta-
laba ishlaydi?
3. Egaga yoki eganing aniqlovchisiga berilgan so‘roq gaplarga qisqa
javob beriladi. U javob egadan (ot yoki olmoshdan) va yordamchi fe’l yoki
modal fe’ldan yasalgan kesimdan iborat bo‘ladi. So‘roq gap dagi fe’l Simple 
Present yoki Simple Past zamonlarda bo‘lsa, javobda do (does), yoki did 
yordamchi fe’llarining biri ishlatiladi:
Who is standing at the window?
Deraza oldida kim turibdi?
My sister is.
Opam.
What book is lying on the table?
Stolda qanday kitob yotibdi?
A French book is.
Fransuzcha.
Who can do it?
Buni kim qila oladi?
can.
Men.
Who gives you English lessons?
Sizga kim ingliz tilidan dars beradi?
Mr. A. does.
Mr. A.
4. Ingliz tilida ham o‘zbek tilidagidek egaga berilgan so‘roq gap-
larga faqat egadan iborat javob berilishi mumkin, lekin bu juda kam ish-
latiladi:
Who is standing at the window?
My sister.
What book is lying on the table?
A French book.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin