G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   263
xorijiy t

Men ruchkamni sindirib qo‘ydim. 
I have broken my pen.
U qalamini yo‘qotib qo‘ydi. 
She has lost her pencil.
Ular kitoblarini bizga berishdi. 
They gave us their books.
Mening lug‘atim yo‘q. Siz menga 
lug‘atingizni berib tura olasizmi? 
I haven’t got a dictionary. Can you 
give me your dictionary?
U ta’tilini Oqtoshda o‘tkazdi. 
He spent his leave in Oktosh.
U xatni cho‘ntagiga soldi. 
He put the letter into his pocket.
Paltoyingizni yeching! 
Take off your coat!
Men buni akamga aytdim. 
I told my brother about it.
O‘ZLIK OLMOSHLARI (REFLEXIVE PRONOUNS)
1. O‘zlik olmoshlari my, your, him, her, it, one olmoshlariga selfni qo‘-
shish, our, your, them olmoshlariga selvesni qo‘shish bilan yasaladi:
Shaxs
Birlikda
Ko‘plikda
I
II
III
 One olmoshi
Myself
Yourself
Himself
{
Herself
}
Itself
Oneself 
 Ourselves
Yourselves
Themselves

2. II shaxs birlik va ko‘plik uchun o‘zlik olmoshlarinung alohida shakl-
lari bor:
Don’t hurt yourself, Peter! 
Piter, lat yemagin (shikastlanma-
gin!)
Don’t hurt yourselves, children! 
Bolalar, jarohat olmang!
3. Ba’zi fe’llardan keyin o‘zlik olmoshi ishlatilib, shu ish-harakati ega ga 
qaytishini bildiradi:
He defended himself bravely.
U o‘zini jasurlik bilan himoya 
qildi.
She hurt herself. 
U shikast yedi.
Be careful! Don’t cut yourself. 
Ehtiyot bo‘ling, qo‘lingizni kesib ol-
mang.
Go and wash yourself, Mary. 
Borib yuvinib olgin, Meri.
11 — M. G‘apporov


162
4. O‘zim, o‘zing, o‘zi, o‘zimiz, o‘zingiz, o‘zlari deb tarjima qilinadi:
He bought himself a new coat. 
U o‘ziga yangi palto sotib oldi.
She spoke very little of herself.
U o‘zi haqida juda kam gapirdi.
I’m not pleased with myself. 
Men o‘zimdan rozi emasman.
5. O‘zlik olmoshlari eganing ish-harakatni o‘zi bajarganligini ta’kid lash 
uchun, egadan keyin yoki gapning oxirida ishlatiladi:
I saw it myself. I myself saw it.
Buni men o‘zim ko‘rganman.
He did it himself. He himself did it.
Buni uning o‘zi qilgan.
You said it yourself. You yourself 
said it. 
Buni siz o‘zingiz aytdingiz.
They said so themselves. They them-
selves said so. 
Ularning o‘zlari shunday deyish-
di.
BIRGALIK OLMOSHLARI (RECIPROCAL PRONOUNS)
1. Birgalik olmoshlariga each other, one another (bir-biri) kiradi. 
2. Each other odatda ikki shaxs yoki buyumga nisbatan ishlatiladi, 
one another ko‘pchilikka nisbatan ishlatiladi, lekin ko‘pincha bunga amal 
qilinmaydi:
They have known each other for 
two years. 
Ular bir-birlarini ikki yildan bu-
yon tanishadi.
They often see one another.
Ular bir-birini tez-tez ko‘rib tu-
rishadi.
Each other va one anotherga qarashli predloglar each va one so‘zla-
ridan oldin ishlatiladi: about each other — bir-biri haqida, for each other 
— bir-biriga.
KO‘RSATISH OLMOSHLARI(DEMONSTRATIVE PRONOUNS)
1. Ko‘rsatish olmoshlarining birlik va ko‘plik shakllari bor. Birlikda this 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin