G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   263
xorijiy t

Who(m) did he speak to
(=To whom did he speak?)
U kim bilan gaplashdi?
Ask him where he got this 
book from. (=Ask him from 
where he got this book.)
Undan bu kitobni qayerdan olgan-
ligini so‘rang.
b) aniqlovchi ergash gaplarni bosh gaplarga bog‘laydigan nisbiy 
olmoshlarga qarashli predloglar gapning oxirida fe’ldan keyin, agar to‘l-
diruvchi bo‘lsa, to‘ldiruvchidan keyin kelishi mumkin. Predloglar nisbiy 
olmoshdan oldin ham kelishi mumkin:
The house which he lives in is very 
big.(= The house in which he lives 
is very big.)
U yashaydigan uy juda katta.
Nisbiy olmosh tushib qolsa, predlog doimo fe’ldan keyin keladi:
The house he lives in is very big.
c) egasi aniq maylda to‘ldiruvchi bo‘lib kelishi mumkin bo‘lgan majhul 
birikmalarda predlog gapning oxirida keladi:
He was laughed at (Taqqoslang: 
They laughed at him).
Uning ustidan kulishdi.
The doctor was sent for (Taqqos-
lang: They sent for the doctor).
Doktorga odam yuborishdi.
d) aniqlovchi bo‘lib kelgan infi nitivli birikmalarda predlog infi nitivdan 
keyin keladi:
I have no pen to write with
Menda yozish uchun ruchka yo‘q.


201
BA’ZI PREDLOGLARNING ISHLANILISHI
About
1. haqida, to‘g‘risida:
I shall speak to him about the 
matter tomorrow.
Men bu masala to‘g‘risida u bilan 
ertaga gaplashaman.
He told us about his trip to the 
south.
U bizga o‘zining janubga sayohati 
haqida gapirib berdi.
Izoh: Ba’zi fe’llardan keyin (to think, to hear, to speak, to tell va boshqalar) yuqori dagi 
ma’noda about predlogi bilan bir qatorda of predlogi ham ishlatiladi.
What are you thinking about (of)?
Siz nima haqda o‘ylayapsiz?
We spoke about (of) it yesterday.
Biz bu haqda kecha gaplashgandik.
Ammo to think fe’li fi krda bo‘lmoq, o‘ylamoq (qiziqmoq) ma’nosida va to hear eshitmoq 
(bilmoq) ma’nosida ishlatilganida shu fe’llardan keyin faqat of predlogi ishlatiladi.
What do you think of him?
Siz u haqda qanday fi krdasiz?
He only thinks of himself.
U faqat o‘zi haqida o‘ylaydi.
I have never heard of this writer.
Men bu yozuvchi haqida eshitmaganman.
I haven’t heard of him since he 
left Shah risabz.
U Shahrisabzdan ketgandan buyon men u 
haqda eshitmaganman.
2. taxminan, atrofi da, qariyb, -lar:
It is about fi ve o’clock now.
Hozir soat taxminan 5 bo‘ldi.
There were about fi ve 
hundred people there.
U yerda qariyb 500 kishi bor edi.
3. atrofga, atrofda, bo‘ylab, -da:
He looked about him.
U atrofi ga qaradi.
He walked about the garden.
U bog‘ bo‘ylab sayr qildi.
4. atrofga, atrofda, u yoqdan-bu yoqqa (ravish bo‘lib keladi).
He walked about in excitement.
U hayajon bilan u yoqdan-bu yoq qa 
borib kelardi.
I watched the children 
running about.
Men bolalarning atrofda (u yoq dan-
bu yoqqa) chopishlarini to 
mosha 
qildim.
5. about ishlatilgan iboralar:

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin