G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


Enough yetarli ravishi o‘zi aniqlaydigan sifat, ravish yoki fe’ldan keyin  keladi: My coat is warm enough



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   263
xorijiy t

Enough yetarli ravishi o‘zi aniqlaydigan sifat, ravish yoki fe’ldan keyin 
keladi:
My coat is warm enough
Mening paltom yetarlicha issiq.
You know English well enough
to read this book. 
Siz bu kitobni o‘qish uchun ingliz-
chani yetarlicha yaxshi bilasiz.
He does not work enough
U yetarli ishlamaydi.
Izoh: Enough sifat bo‘lib kelib, otni ham aniqlashi mumkin, bunda enough otdan oldin 
keladi, ba‘zan otdan keyin ham keladi:
Don’t hurry, we have enough time (= time 
enough). 
Shoshilmang, bizning yetarli vaqti-
miz bor. 
Too, either ham, shuningdek ravishlari gapning oxirida keladi:
I shall be there too
Men ham u yerda bo‘laman.
I have not seen him either
Uni men ham ko‘rganim yo‘q.
Too juda ma’nosida kelganda, u o‘zi aniqlaydigan so‘zdan oldin 
keladi:
There are too many mistakes in your 
dictation. 
Sizning diktantingizda xatolar
juda ko‘p. 


198
PREDLOG
(THE PREPOSITION)
Umumiy ma’lumotlar
1. Predlog deb ot (yoki olmoshning) gapdagi boshqa so‘zlarga mu-
nosabatini ko‘rsatuvchi yordamchi so‘zlarga aytiladi. Ingliz tilida keli shik 
qo‘shimchalari yo‘qligi uchun ular ko‘p hollarda o‘zbek tilidagi kelishik 
qo‘shimchalari vazifasini bajaradi:
He lives in London. 
U Londonda yashaydi.
He is sitting under a tree. 
U daraxt ostida o‘tiribdi.
After dinner he went to the library. 
U tushlikdan keyin kutubxona-
ga bordi.
He came with his brother. 
U akasi bilan keldi.
2. Har bir predlog bir nechta mustaqil ma’nolarda kelishi mumkin. 
Masalan, in predlogi quyidagi ma’nolarda ishlatiladi:
a) -da (joyga nisbatan ishlatiladi): 
He lives in London. 
U Londonda yashaydi.
b) -da (vaqtga nisbatan ishlatiladi, oy va yil oldida):
He will arrive in May. 
U may oyida keladi.
c) keyin ma’nosida:
He will return in an hour. 
U bir soatdan keyin qaytib keladi.
d) -da, ichida, mobaynida:
The house was built in three 
months. 
Uy uch oy ichida qurildi. 
3. Ko‘p hollarda u yoki bu predlogning ishlatilishi undan oldin kelayotgan 
fe’lga, sifatga yoki otga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, to depend fe’li o‘zidan 
keyin on predlogini talab qiladi:
It doesn’t depend on me. 
Bu menga bog‘liq emas.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin