G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


I can do it. Men buni qila olaman. You may take



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   263
xorijiy t

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Need he
I can do it.
Men buni qila olaman.
You may take it.
Siz uni olishingiz mumkin.
I must go there.
Men u yerga borishim kerak.
You needn’t do it.
Sizga buni qilish zarur emas.
You ought to help him.
Siz unga yordam berishingiz kerak.
4. Modal fe’llar hozirgi zamonda 3-shaxs birlikda -s qo‘shimchasi-
ni olmaydi: He can do it. U buni qila oladi. He may take it. U buni olishi 
mum kin. He must go there. U u yerga borishi kerakHe ought to help him. 
U unga yordam berishi kerak. Need he do it? U buni qilishi kerakmi?
5. Bo‘lishsiz gaplar yasashda modal fe’ldan keyin not inkor yukla masi 
qo‘yiladi: You may not take it. He must not go there. He ought not to 
help him. He need not do it. Og‘zaki nutqda bo‘lishsiz shakl ko‘pin cha 
qisqarib ketadi:


24
cannot = can’t
could not = couldn’t
may not = mayn’t
might not = mightn’t
must not = mustn’t
ought not = oughtn’t
need not = needn’t
6. So‘roq gaplar yasashda modal fe’llar gapdagi eganing oldiga qo‘yiladi: 
Can you do it? May I take it? Must he go there? Ought he to help him? 
Need he do it?
CAN (COULD) FE’LI
1. Can modal fe’li Simple Infi nitiv bilan kelib ish-harakatni bajarish 
imkoniyatini, mumkinligini, qobiliyatini ifodalaydi, hozirgi va kelasi za mon 
uchun ishlatiladi:
can do it now. 
Men uni hozir qila olaman.
I can speak English. 
Men inglizcha gapira olaman.
He can fi nish his work next week.
U ishini kelasi hafta tugata oladi.
This work can be done at once.
Bu ishni birdan qilsa bo‘ladi.
2. Can o‘rnida be able to ni ham ishlatsa bo‘ladi. Be able to hozirgi, 
o‘tgan va kelasi zamonda ishlatiladi:
can do it. = I am able to do it. 
Men buni qila olaman.
could do it. = I was able to do it.
Men buni qila oldim.
shall be able to do it.
Men buni qilishga qodir bo‘la-
man.
Biror narsaning bo‘lishi mumkin emasligi aytilmoqchi bo‘lganda can’t 
ishlatiladi.
— You’ve only just had dinner. You can’t be hungry.
3. Can fe’li Perfect Infi nitiv bilan kelib (can + have + P.P.) bo‘lish siz 
va so‘roq gaplarda ishlatiladi va suhbatdosh gapirayotgan, haqiqatda sodir 
bo‘lgan ish-harakatning bo‘lishi mumkin emasligini ifodalaydi:
He cannot have done it.
U buni qilgan bo‘lishi mumkin emas.
He cannot have said it.
Buni u aytmagan bo‘lishi kerak.
Can he have said it? 
Buni u aytganmikin?
4. Could + V ish-harakatni o‘tgan zamonda sodir etish imkoniyatini, 
qobiliyatini ifodalaydi. Could o‘rnida was (were) able to ham ishlatilishi 
mumkin:
He could (was able to) swim very 
well when he was young.
U yoshligida juda yaxshi suza 
olar edi.


25
He could (was able to) read French 
books after he had studied French 
for a year.
U bir yil fransuz tilini 
o‘rgangani dan keyin franszcha 
kitoblarni o‘qiy olardi.
He could (was able to) speak Eng-
lish when he was a boy.
U bolaligida inglizcha gapira 
olardi.
Amalda (haqiqatda) sodir bo‘lgan ish-harakat to‘g‘risida gap ketgan da 
faqat was (were) able to ishlatiladi:
We were able to discharge the 
steamer in twenty-four hours.
Biz yigirma to‘rt soat ichida paro-
xodning yukini tushira oldik.
He was able to translate the ar-
ticle without a dictionary.
U maqolani lug‘atsiz tarjima qila 
oldi.
She was able to do it without my 
help.
U buni mening yordamimsiz qila 
oldi.
5. Bosh gapi o‘tgan zamonda bo‘lgan o‘zlashtirma gapning ergash gapida 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin