G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


Buyruq gaplar (Imperative sentences)



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   263
xorijiy t

Buyruq gaplar (Imperative sentences)
1. Buyruq gaplar hamsuhbatni biror ish qilishga undaydi. Ular buy-
ruqni, iltimosni, taqiqlashni va boshqalarni ifodalaydi. Buyruq gaplar 
bo‘lishli yoki bo‘lishsiz bo‘lishi mumkin. Buyruq gaplarda fe’l buyruq 
maylida ishlatiladi. Buyruq gaplarda so‘z tartibi darak gaplarnikiga 
o‘x shaydi, ammo ularda ega (you) bo‘lmaydi va bu gaplar kesimdan 
boshlanadi:
Open the book.
Kitobni oching.
Put the dictionary on the shelf.
Lug‘atni tokchaga qo‘ying.
Don’t be late, please.
Iltimos, kechikmang.
2. Iltimosni ifodalash uchun buyruq gaplarning oxirida ko‘pincha will 
you? yoki won’t you? ishlatiladi:
Come here, will you?
Iltimos, bu yoqqa keling.
Fetch me a chair, won’t you?
Iltimos, menga stul olib keling.
3. Iltimosni ifodalash uchun will yoki would bilan boshlangan so‘roq 
gaplar ham ishlatiladi:
Will you come here?
Iltimos, bu yoqqa keling.
Will you fetch me a chair, please?
Iltimos, menga kursi olib keling.
Would you be good enough to 
close the window?
Iltimos, derazani yopib yuboring.
Would you mind lending me your 
dictionary?
Iltimos, menga lug‘atingizni be-
rib turing.
Undov gaplar (Exclamatory dentences)
1. Har qanday darak gapni undov gapga aylantirsa bo‘ladi. Undov gaplar 
kuchli hissiyot bilan aytiladi. Ularda ajablanish, zavqlanish, g‘azablanish va 
boshqa hislar ifoda etiladi:


295
At last you have returned!
Nihoyat qaytib keldingiz!
Have you ever seen such weather!
Bunday havoni ko‘rganmisiz!
Hurry up!
Shoshiling!
2. Undov gaplar ko‘pincha what qanday, how qanchalik olmoshlari bilan 
boshlanadi. Bunday undov gaplarda ega, darak gaplardagidek kesimdan 
oldin keladi:
What a large house that is!
Bu qanday katta uy!
What clever people they are!
Ular qanday aqlli odamlar!
What beautiful hair she has got!
Uning qanday chiroyli sochi bor!
How well she sings!
U qanchalik yaxshi kuylaydi!
How clever he is!
Qanchalik aqlli u!
3. Whatdan keyin keladigan donalab sanaladigan birlikdagi ot noaniq artikl 
bilan keladi, donalab sanaladigan ko‘plikdagi ot va donalab sanalmaydigan 
otlar esa artiklsiz keladi:

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin