G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


One should be careful when  cros sing the road. Yo‘lni kesib o‘tayotganda (odam)  ehtiyot bo‘lish(i) kerak. One must



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   263
xorijiy t

One should be careful when 
cros sing the road.
Yo‘lni kesib o‘tayotganda (odam) 
ehtiyot bo‘lish(i) kerak.
One must always keep 
one’s word.
Odam har doim o‘z so‘zida turishi 
kerak.
2. Xuddi shunday vazifada they olmoshi ham ishlatiladi. They ko‘pin cha 
to say fe’li bilan ishlatiladi:
They say the wheat crop 
will be fi ne this year.
Aytishlaricha, bu yil bug‘doy hosili 
yaxshi bo‘ladi.
Kesim (The predicate)
1. Kesim sodda va qo‘shma kesimga bo‘linadi. Qo‘shma kesim ham o‘z 
navbatida qo‘shma ot-kesim va qo‘shma fe’l-kesimga bo‘linadi:
He learns French (sodda kesim).
U fransuz tilini o‘rganadi.
My father is a doctor (qo‘shma ot-
kesim).
Mening otam — doktor.
I must go there at once (qo‘shma 
fe’l-kesim).
Men u yerga zudlik bilan 
borishim kerak.
SODDA KESIM
Sodda kesim zamon, nisbat va maylga ega bo‘lgan fe’l bilan ifoda-
lanadi:
She works at a factory.
U zavodda ishlaydi.
He is reading.
U o‘qiyapti.
They will return soon.
Ular tezda qaytishadi.
The goods were loaded 
by means of cranes.
Tovarlar kranlar yordamida yuk-
landi.
QO‘SHMA OT-KESIM
Qo‘shma ot-kesim to be bog‘lovchi fe’lining shakli va ot qismdan iborat 
bo‘ladi. Kesimning ot qismi uning asosiy ma’nosini ifodalaydi.
Kesimning ot qismi quyidagilardan yasaladi:
1. Otdan.
I am a student.
Men — talabaman.
They are workers.
Ular — ishchilar.
2. Olmoshdan.
It is she.
Bu — u.
This book is yours.
Bu kitob siznikidir.


260
3. Predlogli ot yoki olmosh bilan:
The room is in disorder.
Xona tartibsiz ahvolda.
She was in despair.
U tushkunlikda.
He is against it.
U bunga qarshi.
4. Sifat yoki sifatdoshdan:
The morning was warm.
Tong iliq edi.
The glass is broken.
Stakan siniq.
5. Infi nitivdan:
Your duty is to help them 
immediately.
Ularga zudlik bilan yordam berish 
sizning burchingiz.
My intention is to go to 
London next year.
Mening niyatim kelasi yili London-
ga borish.
Izoh: To be fe’li infi nitiv bilan kelib qo‘shma fe’l-kesim ham bo‘lib keladi va kerak 
ma’nosida zaruratni ifodalaydi. Buni to be infi nitiv bilan kelib qo‘shma ot-kesim bo‘lib 
kelganidan farqlash kerak:
The task of the agent was to ship the 
goods immediately (was to ship 
— qo‘shma ot-kesim).
Agentning vazifasi mollarni zudlik bilan 
yuklash edi.
The agent was to ship the goods immediately 
(was to ship — qo‘shma fe’l-kesim).
Agent mollarni zudlik bilan yuklashi 
kerak edi.
6. Gerunddan:
Her greatest pleasure was 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin