G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   263
xorijiy t

BO‘LISHSIZ DARAK GAPLAR
1. Bo‘lishsiz gaplarda kesim bo‘lishsiz shaklda keladi. Not inkor 
yuklamasi kesim tarkibidagi yordamchi yoki modal fe’ldan keyin qo‘yiladi. 
Agar kesim tarkibida yordamchi yoki modal fe’l bo‘lmasa (Simple Present 
yoki Simple Past), do, does yoki did yordamchi fe’llari olinadi. Asosiy 
fe’lning to yuklamasisiz shakli ishlatiladi. Og‘zaki nutqda not yordamchi 
fe’l yoki modal fe’llar bilan qo‘shilib ketadi:
I have not (haven’t) seen him to-
day.
Men uni bugun ko‘rganim 
yo‘q.
He is not (isn’t) waiting for you.
U sizni kutmayapti.
Ali will not (won’t) go there.
Ali u yerga bormaydi.
She cannot (can’t) come today.
U bugun kela olmaydi.
He does not (doesn’t) work here.
U bu yerda ishlamaydi.
They did not (didn’t) tell me about 
it.
Ular menga bu haqda 
gapirishmadi.
2. Agar kesimda ikki va undan ortiq yordamchi fe’l bo‘lsa not yuklamasi 
birinchi yordamchi fe’ldan keyin qo‘yiladi:
It has not been done yet.
Bu hali bajarilmadi.
He will not have fi nished 
his work by fi ve o’clock.
U soat beshgacha ishini 
tugata olmaydi.
3. Ingliz tilida bo‘lishsizlik not yuklamasini emas, bo‘lishsiz olmoshlar 
no, nobody, no one, nothing, bo‘lishsiz ravishlar — never, nowhere, 
va bo‘g‘lovchilar neither … nor yordamida ham yasaladi. Bu holda kesim 
bo‘lishli shaklda bo‘ladi, chunki ingliz tilida bitta gapda faqat bitta inkor 
bo‘lishi mumkin:
I received no letters yesterday.
Men kecha hech qanday xat ol-
madim.
No one (nobody) has seen it.
Buni hech kim ko‘rmagan.
Nothing has happened.
Hech norsa (sodir) bo‘lmadi.
I have never heard about it.
Men bu haqda hech qachon eshitma-
ganman.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin