G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


MUSTAQIL INFINITIVLI BIRIKMA



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   263
xorijiy t

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Reading
 MUSTAQIL INFINITIVLI BIRIKMA
Ingliz tilida bosh kelishikdagi ot va infi nitivdan iborat birikma 
uchraydi. Bunday birikmalar mustaqil infi nitivli birikma deyiladi. Bu 
birikmadagi ot infi nitiv ifodalagan ish-harakatning bajaruvchisi yoki shu 
ish harakat ta’siridagi shaxs yoki buyumdir. Bunday birikmalar odatda, 
gap 
ning oxirida keladi va vergul bilan ajratiladi. Mustaqil infi nitivli 
birikmalar yuridik matnlarda va tijorat hujjatlarida uchraydi:


46
The sellers offered the buyers 
5000 tons of gas oil, delivery 
to be made in October.
Sotuvchilar xaridorlarga 5000 ton-
na gazoyl taklif qildilar, yetkazib 
berish oktabrda amalga oshi riladi.
The buyers requested the sel-
lers to keep them informed 
of the position of the vessel, 
the communications to be 
addressed to their agents.
Xaridorlar sotuvchilardan kema-
ning joyini bildirib turishni so‘ra-
dilar, buning ustiga o‘zlari 
ning 
agentlari orqali.
 Gerund
Umumiy ma’lumotlar
1. Gerund fe’lning fe’llik va otlik xususiyatiga ega bo‘lgan shaklidir. 
Gerundda infi nitivga qaraganda otlik xususiyati ko‘proq. O‘zbek tilida 
gerundga harakat nomi to‘g‘ri keladi.
2. Gerund otlik xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun gapda otga o‘x shab 
quyidagi vazifalarda keladi:
1) ega bo‘lib keladi:
Reading is her favouraite occupa-
tion.
O‘qish — uning sevimli 
mashg‘u loti.
2) ot-kesim tarkibida keladi:
Her greatest pleasure is reading.
Uning eng sevimli mashg‘uloti 
— o‘qish.
3) fe’l kesim tarkibida keladi:
He fi nished reading the newspa-
per.
U gazetani o‘qishni tugatdi.
4) vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lib keladi:
I remember reading the book.
Men kitobni o‘qiganimni es-
layman.
5) predlogli vositali to‘ldiruvchi bo‘lib keladi:
I am fond of reading.
Men o‘qishni yaxshi ko‘raman.
6) aniqlovchi bo‘lib keladi:
I had the pleasure of reading in the 
newspaper of your success.
Men sizning muvaffaqiyat-
ingiz haqida gazetada o‘qib 
rohatlan dim.
7) hol bo‘lib keladi:
After reading the letter I put it 
into the drawer.
Men xatni o‘qiganimdan keyin uni 
g‘aladonga solib qo‘ydim.


47
3. Gerund otga o‘xshab o‘zidan oldin predlog olishi mumkin, egalik 
olmoshi yoki qaratqich kelishigidagi ot bilan kelishi mumkin:
Tom left without fi nishing his 
dinner.
Tom ovqatini yeb bo‘lmasdan 
chiqib ketdi.
We insisted on their chartering 
vessel at once.
Biz ulardan zudlik bilan kema 
yollashlarini talab qildik.
We objected to the buyer’s paying 
only part of the invoice amount.
Biz xaridorlarning yuk haqining 
faqat bir qismini to‘lashiga e’tiroz 
bildirdik.
4. Gerund fe’li quyidagi xususiyatlarga ega:
a) gerund vositasiz to‘ldiruvchi olishi mumkin:
I remember reading this book.
Men bu kitobni o‘qiganimni eslayman.
b) gerund ravish bilan aniqlanishi mumkin:
He likes reading aloud.
U ovoz chiqarib o‘qishni yoqtiradi.
c) gerund zamon va nisbat shakllariga ega bo‘ladi:
Active Passive 
Simple 
Perfect 
reading
having read
being read
having been read

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin