Umuman olganda, barcha zamonlarda insonda umumiy asosni izlash bilan band bo‘lgan Sharq tafakkuriga hozir ham insonni va uning tashqi dunyo bilan aloqasini tushunishga nisbatan G‘arb falsafasidagidan o‘zgacha yondashuv xosdir.
XX asr boshida hind mutafakkiri S.Vivekananda shunday deb yozgan edi: «Inson tabiatni o‘ziga bo‘ysundirish uchun tug‘iladi va bu o‘rinlidir, ammo G‘arb «tabiat» deganda faqat moddiy, tashqi dunyoni tushunadi
G‘arb falsafasida inson.
Sharq tafakkurida insonga nisbatan yuqorida qayd etilgan yondashuvlar bilan bir qatorda tabiat, kosmos muammolari ham qadimdan muayyan o‘rin egallab keladi. Bunda insonga ulkan dunyodagi bir zarra sifatida qaraladi.
Ammo dunyoga nisbatan kosmotsentrik yondashuv antik falsafa rivojlanishining ilk bosqichlariga ko‘proq xosdir. Dunyoning mazkur talqiniga muvofiq birinchi o‘ringa Suqrot davridayoq falsafaning diqqat markazidan o‘rin olgan inson haqida mulohaza yuritish uchun ham tegishli zamin hozirlovchi dunyo va kosmos muammolari chiqadi.