Garliyev avazbekning


Jamoatchilik nazoratining monitoring shakli



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə4/4
tarix21.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#158697
1   2   3   4
avazga tarixdan 8-mavzuu

Jamoatchilik nazoratining monitoring shakli. Jamoatchilik nazoratining monitoring shakli dastlab atrof-muhitdagi o‘zgarishlarni o‘rganishda qo‘llangan. Masalan, O‘zbekistonda nazoratning monitoring shakliOrolbo‘yi mintaqasida bir qator holat va ko‘rsatkichlarnikuzatish maqsadida o‘tkazilgan. Jamoatchilik nazoratiga ekologiya sohasidan kirib kelgan mazkur usul, keyinchalik, jamiyat hayotining boshqa sohalarida ham qo‘llana boshladi.
Mamlakatni modernizatsiyalash jarayonida mavjud muammolarni hal qilish yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Lekin, vujudga kelayotgan yangi muammolar taraqqiyotning yangi, yuqoriroq bosqichida, shu bosqichning talablariga mos ravishda hal qilinadi. Ana shunday muammolarni samarali hal qilish uchun jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar tadrijini muntazam tahlil qilish zarurati vujudga keladi. Ana shunday tahlil talablariga jamoatchilik monitoringi to‘la javob beradi. Ijtimoiy munosabatlar tadrijini tashxis qilish va bashorat qilish vazifasini bajaruvchi jamoatchilik monitoringi, ayni paytda, mazkur jarayonlarni boshqarish bo‘yicha tezkor axborot olish imkonini ham beradi.
Jamoatchilik monitoringining boshqa tadqiqot usullaridan afzalligi shundaki, uning yordamida ijtimoiy ko‘rsatkichlarning keng doirasi bo‘yicha olinadigan ma’lumotlarni muntazam to‘ldirib va uyg‘unlashtirib borish imkoni paydo bo‘ladi. Axborotlarni ana shunday to‘ldirish va uyg‘unlashtirish asosida muntazam yangilanib turuvchi axborot banki yaratiladi. Ayni mana shu afzalligi jamoatchilik monitoringining keng tarqalishi uchun asos yaratmoqda.
JAMOATCHILIK NAZORATI VA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGIO‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda. Avvalo, Konstitutsiyamizda davlatning jamiyat oldidagi mas’ulligi mustahkamlab qo‘yildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga muvofiq davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Shuningdek, 2014-yil 16-aprelda qabul qilingan qonunga asosan, Konstitutsiyamizning 32-moddasi jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga oid yangi norma bilan to‘ldirildi. Asosiy qonunda bunday normalarning aks etishi, jamoatchilik nazorati institutiga konstitutsiyaviy-huquqiy maqom berdi. Shu bilan birga, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga oid qonunchilik tizimining shakllanishiga zamin yaratdi.
Yuqoridagi islohotlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.
– Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar tajribasida uchramaydigan bunday yaxlit qonunning qabul qilinishi, keng jamoatchilik tomonidan ijobiy kutib olindi. Shu ma’noda, yangi qonun orqali belgilab berilgan jamoatchilik nazoratining subyektlari va shakllari xususida gapirsangiz.
– Mazkur Qonun bilan jamoatchilik nazoratining subyektlari, uni amalga oshirish shakllari va huquqiy mexanizmlari aniq belgilab berildi.
Qonunda jamoatchilik nazorati subyektlari sifatida O‘zbekiston Respublikasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, jamoatchilik kengashlari, komissiyalar belgilangan. Ular bir so‘z bilan aytganda, fuqarolik jamiyati institutlari hisoblanadi.
Qonunning 6-moddasida jamoatchilik nazoratining quyidagi sakkizta shakllari belgilangan:
E’TIBORINGIZ
UCHUN RAHMAT !!!
Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin