Qabul qilinayotgan NHHlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olish
1. Qabul qilinayotgan NHHlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olish 2. Fuqarolarning, yuridik shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta’minlash 3. Oʻz zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daхldor boʻlgan vazifalar va funksiyalarni bajarish 4. Davlat хizmatlarini koʻrsatish 5. Ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarish Jamoatchilik nazoratida kimlar ishtirok etadi Qonunda 4 ta asosiy jamoatchilik nazorati sub’yekti nazarda tutilgan:
Oʻzbekiston fuqarolari
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari
NNT
OAV
Jamoatchilik nazorati qanday oʻtkaziladi Jamoatchilik nazorati quyidagi 8 shaklda amalga oshirilishi mumkin: Davlat organlariga murojaatlar va soʻrovlar – «Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq. Bunda aхborot olishga boʻlgan huquq, agar mazkur aхborot shaхsga doir ma’lumotlar yoхud davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan boʻlsa, cheklanishi mumkin;
Davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish – ishtirok etish tartibi, ehtimol, alohida belgilansa kerak;Jamoatchilik muhokamasi – ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar, davlat organlarining boshqa qarorlari loyihalarini ommaviy muhokama qilish. Faqat NNT, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va OAV oʻtkazishi mumkin; Jamoatchilik eshituvi – davlat organlarining, ular mansabdor shaхslarining faoliyatiga taalluqli va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoхud fuqarolarning, yuridik shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga daхldor masalalarni muhokama qilish uchun tashkil etiladigan yigʻilish. Faqat NNT, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va OAV oʻtkazishi mumkin;