12-rasm. Kamvol paltolik gazlamalar. Mayin movut gazlamalari tolali tarkibiga ko‘ra sof junli va yarim junli bo‘ladi. Sof junli gazlamalarning turlari: movutlar movutlar, draplar draplar va paltolik paltolik gazlamalardir. Movutlar polotno yoki sarja o‘rilishida to‘qiladi.
Ularning sirtida kigizsimon bosilgan tuk qoplamasi bo‘ladi. Yuza zichligi 350–500 g/m2. Bu movutlar asosan mundir, kitellar tikishda qo‘llaniladi.
Drap gazlamalari murakkab 1,5 yoki ikki qavatli o‘rilishda ishlab chiqariladi. Shu tufayli chiziqli to‘ldirilichi 150 % gacha yetadi. Yuza zichligiga ko‘ra draplar erkaklar paltolariga (600 - 750 g/m2), ayollar paltolariga (500-600 g/m2) va bolalar paltolariga (450-550 g/m2) ishlatiladi. Yuqori sifatli drap gazlamalaridan ratin, kastor, velyur nomlilarini eslatib o‘tamiz.
Paltolik gazlamalar o‘zining mayinligi va sirtida relyeflari borligi bilan tavsiflanadi. Ularni ishlab chiqarishda chiziqli zichligi 100-220 teks ga teng bo‘lgan iplar qo‘llaniladi. Ba’zi artikullarda tuya juni ishlatiladi. Pardozlanishi asosan turli rangdagi iplardan to‘qilgan bo‘ladi.
Yarim junli mayin movutli gazlamalar turi nisbatan keng. Bu gazlamalar jumlasiga movutlar, draplar, paltolik, ko‘ylaklik va kostumlik kostumlik gazlamalar kiradi. Yarim junli movutlarni ishlab chiqarishda jun va viskoza tolalari aralashmasidan olingan iplar yoki tandasida paxta iplari, arqog’ida esa aralash ip qo‘llaniladi. Yarim junli draplar tarkibida 30-75 % jun tolasi. Qolgan tavsiflari va to‘quvchilikda qo‘llanilishi sof junli draplarga o‘xshaydi. Yarim junli paltolik gazlamalar bu guruhdagi asosiy qismini tashkil qiladi. Tarkibida 20-70 % jun tolasi bo‘ladi. Ularni ishlab chiqarishda shakldor iplar, jun tolali ipga boshqa tolalardan olingan iplar yoki kompleks iplarni qo‘shib pishitilgan iplardan foydalaniladi.
O‘rilishlari oddiy yoki murakkab. Pardozlanishi asosan chipor yoki melanj. Yuza zichligi 450-600 g/m2. Mayin movut yarim junli ko‘ylaklik gazlamalar jun va viskoza, nitron yoki kapron tolali 50-100 teksli iplardan to‘qiladi. O‘rilishlari polotno, sarja yoki mayda gulli, yuza zichligi 180 - 250 g/m2, chiziqli to‘ldirilichi 55-65 %.
Yarim junli kostumlik gazlamalarga triko, sheviot va kostumlik nomli gazlamalar kiradi. Bu gazlamalarning tavsiflari sof junli gazlamalarga o‘xshaydi. Yuza zichligi 280-350 g/m2; chiziqli to‘ldirilishi 60-80 %; gazlamani hosil qiluvchi iplarning chiziqli zichligi 50-125 teks ga teng bo‘ladi.
Dag’al movut gazlamalar 149–333 teks yo‘g’onlikdagi iplardan ishlab chiqariladi. Bu turdagi movut va paltolik gazlamalarning tavsiflarini ko‘rib chiqamiz. Dag’al movut gazlamalari sof junli (jun tolaning miqdori 90 - 97 %) va yarim junli (jun tolaning mikdori 70 - 80 %) qilib ishlab chiqariladi. Bu gazlamalar qalin, yuza zichligi 600-750 g/m2 bo‘ladi. Bu movutlardan shinellar, kitellar tayyorlanadi. Bichish va tikish jarayonlarini o‘tkazish qiyin emas. Ular bichish to‘shamida yaxshi taxlanadi, siljimaydi, chetlari to‘kilmaydi, namlab-isitib ishlov berganda yengil shakllanadi. Paltolik gazlamalarning sirtida tikka turgan tuklari bo‘ladi. Shu sababli bu gazlamalarni bichishda ehtiyot bo‘lib buyumning barcha qismlarida tuklarni bir tomonga yo‘naltirish kerak. Tukli paltolik gazlamalar o‘smirlar palto va kalta paltolarini tikishda ishlatiladi.