3. Shoyi gazlamalar assortimenti Shoyi gazlamalar-Tolalarning tarkibi, tuzilishi va pardozlanishi jixatidan shoyi gazlamalar turli-tuman bo‘ladi. Shoyi gazlamalar assortimentining 98 foizini kimyoviy tolalardan yigirilgan kalava va kompleks iplardan to‘qilgan gazlamalar tashkil qiladi.
Savdo preyskuranti bo‘yicha shoyi gazlamalar sakkiz guruhga bo‘linadi, har bir gurux oltita kichik guruxchalardan iborat.
13-rasm. Shoyi gazlmalar. Shoyi gazlama artikulining birinchi raqami gurux raqamini, ya’ni tola tarkibini, artikulning ikkinchi raqami kichik guruxchalar raqamini, ya’ni gazlamaning tuzilishi va nimaga ishlatilishini ko‘rsatadi. Demak, ipakdan to‘qilgan barcha gazlamalarda artikulning birinchi raqami 1, boshqa tolalar qo‘shilgan ipakdan to‘qilgan gazlamalarda 2, sun’iy iplardan to‘qilgangazlamalarda 3, boshqa tolalar qo‘shilgan sun’iy iplardan to‘qilgan gazlamalarda 4, sintetik iplardan to‘qilgan gazlamalarda 5, boshqa tolalar qo‘shilgan sintetik iplardan to‘qilgan gazlamalarda 6 raqami bilan belgilanadi va xokazo. Jilvali gazlamalarda artikulning ikkinchi raqami gazlamalar (polotno, sarja, atlas o ‘rilishda to‘qilgan gazlamalar)da 2, jakkard gazlamalarda 3 raqami bilan belgilanadi va xokazo.
Artikulning uchinchi va keyingi raqamlari o‘zgarishi mumkin. Ular gazlamaning kichik guruxcha chegarasidagi tartib raqamni bildiradi. Barcha shoyi gazlamalar artikuli besh raqamdan iborat bo‘ladi. Oxirgi ikkita guruxni shtapel gazlamalar tashkil qiladi.
Shoyi gazlamalar assortimenti tez-tez o‘zgarib turadi. Ularning assortimenti elastik, xajmdor va profillangan sintetik iplar ishlatish (bunday iplar mustakil ishlatiladi yoki tabiiy va sun’iy ipak bilan qo‘shib ishlatiladi), o‘rilish turlarini murakkablashtirish (yirik gulli murakkab o‘rilishlarni keng qo‘llash), shoyi gazlamalarni pardozlashning xar xil usullari (gofre, tezoblash, gul bosish, xarorat bilan ishlov berish) hisobiga kengayadi.