Keng tarqalgan ip gazlamalarning tavsiflari. Amaliy preyskurantda 1300 dan ortiq artikuldagi turmushda va texnikada 191 ishlatiluvchi ip gazlamalari kiritilgan bo‘lib, ular 17 guruhga ajratilgan. Bulardan eng keng ishlatiladigan ip gazlamalari 1-6 guruhlarni tashkil qiladi.
Birinchi guruh - chit gazlamalar. Chit - klassik ip gazlamalaridan biri. Uni ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ayollar va erkaklar ko‘ylagibop gazlamalardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Chit polotno o‘rilishda tanda va arqoq yo‘nalishi chiziqli zichligi 15,4–20 teks bo‘lgan karda yigirish usulida olingan iplardan ishlab chiqariladi. Chitlarning eni 62–100 sm, yuza zichligi 92–110 g/m2 bo‘ladi.
1-rasm. Chit gazlamalar. Chit gazlamalari pardozlanishiga ko‘ra gul bosilgan, sidirg’a rangli bo‘ladi. Qo‘llanilishi turlicha. Shu jumladan ayollar va bolalar kiyadigan kiyimlar, erkaklar ko‘ylagi, ichki kiyimlar va choyshablar.
Ikkinchi guruh - surp gazlamalari. Surp - chitga nisbatan dag’alroq, yuza zichligi 124–160 g/m2 , polotno o‘rilishida sidirg’a rangli va gul bosilgan holda ishlab chiqariluvchi ip gazlamadir. Tanda va arqoq iplarining chiziqli zichligi 2250 teks. Eni 80-150 sm. Gul bosilgan surplar bolalar kostumshimlariga, ayollar va erkaklar ko‘ylagiga ishlatiladi. Sidirg’a ranglilari esa maxsus ichkiyimlariga, ustki kiyimlarning cho‘ntaklarida va qotirma qismlar (bo‘ylamalar) sifatida ishlatiladi.
2-rasm. Surp gazlamalar. Uchinchi guruh - choyshabbop gazlamalar. Bu guruhga kiruvchi gazlamalar uchta guruhchaga bo‘linadi: surp guruhchasi, mitkal guruhchasi va maxsus gazlamalar guruhchasi.
Choyshabbop surplar - oddiy surplardan o‘zining pardozi bilan farqlanib, u oqartirilgan holda ishlab chiqariladi va choyshablar, tibbiyot xodimlari va oziqovqat savdosi bilan shug’ullanuvchilarning maxsus kiyimlari uchun ishlatiladi.
Mitkal guruhchasiga kiruvchi choyshabbop gazlamalar xom holda (oqartirilmagan) mitkal deb ataladi. Mitkal tuzilishi chitnikiga o‘xshaydi. Mitkal asosida mayin pardozlangan holda (appret miqdori 1,5 % dan kam) muslin nomli, appret miqdori 1,5–2,5 % bo‘lsa, mitkal nomli, appret miqdori 2,5–3 % dan oshsa madapolam nomli gazlamalar olinadi. Bu guruhchaga kiruvchi gazlamalar choyshabbop surpdan yupqa, yuza zichligi 45–110 g/m2 , eni 75–150 sm gacha bo‘ladi. Tanda va arqoq iplarining yo‘g’onligi 11,8–20,0 teks. Uchala gazlamalar polotno o‘rilishida to‘qiladi. Oqartirilgan yoki ochiq rangga sidirg’a qilib pardozlanadi.
Muslin gazlamasidan tungi ko‘ylaklar uchun, mitkal va madapolamdan choyshablar ishlab chiqariladi. Bu gazlamalarda qayta tarash usulida yigirilgan iplar ishlatiladi. Shu sababli bu gazlamalar yupqa va mayin. Maxsus guruhchasiga
Maxsus guruhchasiga «grinsbon» va «tiklastik» nomli oqartirilgan gazlamalar kiradi.
Grinsbonning o‘rilishi teskari sarja. Tiklastik atlas o‘rilishida ishlab chiqariladi. Bu gazlamalarning tanda va arqoq iplariga chiziqli zichligi 25–36 teksli karda yigirish usulida olingan iplar ishlatiladi. Bu gazlamalar mudofaa xodimlarining ichki kiyimlari uchun ishlatiladi.