4-rasm. Batist gazlama. Markizet- qayta tarash usuli bilan olingan yo‘g’onligi 5,9 teksli ikki qavatlab pishitilgan iplardan polotno o‘rilishida ishlab chiqariladi. Yuza zichligi - 76 g/m2 , eni - 80 sm. Mayya gazlamasini ishlab chiqarish uchun tanda bo‘yicha 15,4 teks, arqoq bo‘yicha 11,8 teksli iplar ishlatiladi.
5-rasm. Markezit gazlama. O ‘rilishi - polotno. Yuza zichligi - 78 g/m2 , eni - 80 sm.
Volta -eng yupqa va mayin, ancha tiniq, polotno o‘rilishidagi, qayta tarash
usulida olingan yo‘g’onligi 8,33-10 teksga teng bo‘lgan iplardan ishlab chiqariladigan gazlama. Ishqoriy ishlov berilib, gul bosilgan holda pardozlangan bo‘ladi.
Vual - qayta tarash usuli bilan olingan ingichka va maxsus eshilishlar soniga ega, yo‘g’onligi tanda va arqoq iplari bo‘yicha 11,8 teksli ipdan mayda gulli (krep) o‘rilishida ishlab chiqariladi. Uning yuza zichligi - 67 g/m2 , eni - 90 sm, pardozlanish jarayonida ishqoriy ishlov beriladi va gul bosiladi. Mavsumiy Mavsumiy ko‘ylakbop gazlamalar karda va qayta tarash usuli bilan olingan iplardan ishlab chiqariladi. Bu guruhchaga kiruvchi gazlamalar yozgi guruhchadagilarga nisbatan biroz qalin, zich va og’irroqdir (yuza zichliklari 220 g/m2 gacha bo ‘ladi). Mavsumiy ko‘ylaklarga mos keladigan gazlama turlari quyidagilar: shotlandka, sherstyanka, kashemir, poplin, tafta va hokazolar.
Shotlandka yo‘l-yo‘l va katak gazlama bo‘lib, uning o‘rilishi polotno yoki sarja turidadir. Uning yuza zichligi 100 -158 g/m2 , eni 105 sm, ishlatiladigan iplarining chiziqli zichligi 18,5 - 20 teks.
Sherstyanka- karda usulida olingan chiziqli zichligi 25 - 29 teksli iplardan mayda gulli (krep) o‘rilishida ishlab chiqarilgan gazlama. Uning sirti notekis, xuddi jun gazlamalar sirtini eslatadi. Uning yuza zichligi 130 g/m2 , eni 80 sm.
Pardozlanishi gul bosilgan bo‘ladi.
Kashemir- sidirg’a rangli yoki gul bosilgan, sarja o‘rilishidagi mayin pardozlangan gazlama. Yuza zichligi 130 g/m2, eni 100 sm. Iplarining yo‘g’onligi 15,4–18,5 teks. Poplin - qayta tarash usulida yigirilgan pishitilgan ipdan polotno o‘rilishida to‘qilgan gazlama. Tanda bo‘yicha zichligi arqoqnikiga nisbatan ko‘proq bo‘lgani natijasida gazlama sirtida eniga ketgan yo‘l-yo‘l chiziqlari hosil bo‘ladi, yuza zichligi 100-120 g/m2, eni 75 sm.