Gazlamalar assortimenti reja



Yüklə 334,4 Kb.
səhifə6/10
tarix10.06.2023
ölçüsü334,4 Kb.
#128281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Hujjat (8) materialshunoslik 3

9-rasm. Bayka gazlamasi.
Pardozlanishi - sidirg’a rangli yoki xom holda bo‘ladi. Flanel bilan bumazeya gazlamalari chaqaloqlarning qishki kiyimchalariga, ayollarning xalatlari, ayollar va erkaklar ko‘ylaklari uchun, bayka esa harbiylarning ichki kiyimi va shifoxonalarda kiyiladigan xalatlar uchun qo‘llaniladi. Sun’iy ipakni qo‘shib ishlab chiqarilgan ip gazlamalarning tandasida paxta tolasidan olingan ip, arqog’ida esa viskoza yoki atsetat yaltiroq kompleks iplari ishlatiladi. Bu gazlamalar yirik va mayda gulli o‘rilishda ishlab chiqariladi. Shu sababli bu gazlamalarning sirtida ajoyib tovlanuvchi naqsh hosil bo‘ladi.
Pardozlanishi - sidirg’a rangli, oqartirilgan yoki gul bosilgan 196 holda bo‘ladi. Enlari 62-95 sm. Yuza zichligi 95-110 g/m2. Bu guruhchaga
«ko‘ylakbop» deb atalgan gazlamalar kiradi.
Oltinchi guruhga kiyimbop gazlamalar mujassamlangan. Bularning jumlasiga kostum-shim, palto, kurtka, plash va maxsus kiyimlarni tikish uchun qo‘llaniluvchi zich to‘qilgan, ishqalanishga chidamli va mustahkam gazlamalar kiradi. Ularning ichida sidirg’a rangli va turli xil rangli iplardan to‘qilgan gazlamalar ko‘p miqdorini tashkil qiladi.
Kiyimbop gazlamalar asosan karda usulida yigirilgan yakka (25–70 teks) yoki pishitilgan (15,4 teks, 2–25 teks) iplardan ishlab chiqariladi. Oxirgi paytlarda kiyimbop gazlamalarning tolali tarkibiga kimyoviy tolalar kiritiladi. Pardozlanish jarayonida ishqorli, g’ijimlanmaydigan va kirishmaydigan maxsus ishlovlar beriladi.
Kiyimbop guruhi to‘rtta guruhchalarga bo‘linadi: a) sidirg’a rangli;
b) maxsus;

  1. qishki;

  2. har xil rangli iplardan to‘qilgan va chipor (melanj) gazlamalar guruhchalariga. Sidirg’a rangli guruhchaga klassik gazlamalar kiradi: diagonal, moleskin, reps.

Diagonal - sarja o‘rilishdagi maxsus ich kiyimlari uchun qo‘llaniluvchi gazlama. Tandasida 42 teksli, arqog’ida 29-72 teksli iplar ishlatiladi. Yuza zichligi 180-380 g/m2, eni 67-100 sm. Ayrim artikullarida 12–15 % kapron tolasi qo‘shiladi.

Yüklə 334,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin