G’aznachilikda budjet tashkilotlari xarajat smetalarini va ularga kiritiladigan o’zgarishlarni ro’yxatga olish reja


Yuridik majburiyatlarni shakllantirishning umumiy qoidalari



Yüklə 40,14 Kb.
səhifə7/8
tarix27.02.2023
ölçüsü40,14 Kb.
#85760
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu maruzasi

2. Yuridik majburiyatlarni shakllantirishning umumiy qoidalari


Yuridik majburiyat budjet tashkiloti bilan kontragent o'rtasida
ma’lum muddatdan so'ng ma'lum bir tovarni yetkazib berish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) to ‘g ‘risida shartnoma imzolanganidan va bu shartnoma tegishli tartibda G'aznachilikda ro'yxatdan o ‘tkazilganidan keyin vujudga kelar ekan.
Moliyaviy majburiyat esa ana shu shartnomaga muvofiq tovarlar
etkazib berilganidan (ishlar bajarilganidan, xizmatlar ko‘rsatilganidan) keyin vujudga keladi. Budjet Kodeksida belgilab qo‘yilishicha, “moliyaviy majburiyatlar - budjet tashkilotlarida va budjet mablag'lari oluvchilarda ularga pul m ablagiarini o‘tkazish majburivatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan, ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar” 7 hisoblanadi. Moliyaviy majburiyatlami G'aznachilikda ro'yxatga olishdan ko'zlangan asosiy maqsad — qabul qilingan yuridik majburiyatlar, tasdiqlangan budjet va xarajatlar smetasi k o ‘rsatkichlari doirasida xarajatlarni amalga oshirishni ta’minlash hamda budjet tashkilotlarining kreditor qarzliklarini nazorat qilish.
Moliyaviy majburiyatning yuzaga kelishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishini talab etadi. Masalan, tovarlar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lgan schyot-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish-topshirish dalolatnomalari, ish haqi qaydnomalari (vedomostlar) va boshqa shu kabi hujjatlar. Mazkur hujjatlar tegishli vakolatga ega bo'lgan mas’ul shaxslar tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi shart. Amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra, budjet tashkilotlari oldindan, kamida, 15 foiz to'lovni amalga oshirishlari talab qilinadi, bundan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar mustasno. Ayrim hollarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan budjetdan mablag' oluvchilaming xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans to'lashi lozim bo'lgan tovarlar (ishlar, xizmat arjning turlari ro‘yxati tasdiqlanadi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil, 24-
avgustdagi 241-son qaroriga muvofiq, elektr energiyasi, mazut, ko‘mir, benzin, dizel yoqilg'isi, mineral o'g'itlg.r, shuningdek, avia va temir y o
‘l chiptalari. sanatoriylar. dam olish zonalari va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo’llanmalar, barcha turdagi shahar yo'lovchi transporti yo‘l kartochkalari kabilarm xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda (30 foizdan 100 foizgacha) oldindan to ‘lov joriy etilgan8.
2850-sonli “Byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari”ga muvofiq, budjetdan mablag’ oluvchilaming ikkinchi tomon oldidagi rnoliyaviv majburiyatlari ularga tovar (ish, xizmatjlar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlarni hisoblash vedomostlari asosida qabul qilinadi'. Moliyaviy majburiyatlar, ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar, shuningdek, sud qarorlari bo'yicha to'lovlar, yig'tmlar, badallar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan tashqari, oldin tuzilgan shartnomalar va yuridik majburiyatlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar doirasida qabul qilinadi.
I va II guruh xarajatlari bo'yicha moliyaviy majburiyatlar ish haqi va
uriga tenglashtirilgan xarajatlar to'lovi uchun naqd pul mablag'larini olishga so'rovnoma, shuningdek, ushbu guruhlar xarajatlari bo'yicha to
‘lov topshiriqnomalari asosida ro'yxatga olinadi.G'aznachilik bo'linmalari g'azna hisobvaraqlaridan to'lov topshiriqnomalar asosida tashkilot va muassasalarni saqlash, markaz lashtirilgan tadbirlami o'tkazish, kapital qo'yilmalar va boshqa maqsadlar uchun to ‘lovlaming tasdiqlangan xarajatlar smetasi va kapital qo'yilmalar limitlari doirasida amalga oshiradi.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil, 3- sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag1 bilan ta’minlash tartibirii takomillashtirish to 'g ‘risida” gi qaroriga muvofiq, budjetdan mablag’ oluvchilami davlat budjetidan xarajatlaming to 'rt gurahi bo'yicha moliyalashtirish tartibi belgilangan:

  1. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar.

  2. Ish haqiga qo'shimchalar.

  3. Kapital qo'yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan manzilli ro'yxatlarga muvofiq).

  4. Boshqa xarajatlar (oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va boshqa xarajatlar).

Budjetdan mablag' oluvchilaming I va II guruh bo'yicha xarajatlar to'lovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda, I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari to'lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi.Tegishli budjet bo'yicha 1 va II guruh xarajatlari to'lovi uchun g'azna hisobvaraqlarida zarur mablag'larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo'lganda, 1 va 11 guruh xarajatlarini to'liq amalga oshirgan tashkilotlar bo'yicha IV guruh xarajatlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
IV guruh “Boshqa xarajatlar” bo'yicha mablag'laming sarflanishi o'matilgan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:

  • ovqatlantirish;

  • dori-darmonlar; - kommunal xizmatlar; - boshqa xarajatlar.

Shaxsiy hisobraqamlarda ovqatlantirish xarajatlari bo'yicha to'lanmagan mablag'lardan ortiqcha mablag'lar mavjud bo'lgan hollarda, ushbu oshgan mablag'lar doirasida dori-darmonlar bo'yicha (to'rtinchi guruhning boshqa xarajat turlari bo'yicha ham) xarajatlarni amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Budjet tashkilotlarining ishchilariga ijtimoiy to'lovlar bo'yicha
xarajatlari ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar bo'yicha xarajatlar bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.Budjet tashkilotlarining shaxsiy hisobvaraqlarida chorak (yil) oxirida qolgan, iqtisod qilingan budjet mablag'lari (kapital qo'yilmalaming to'lovi uchun nazarda tutilgan ajratilgan mablag'lar bundan mustasno) Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg'armasiga o'tkaziladi va qonunchilikda belgilangan tartibda sarflanadi.
Iqtisod qilingan mablag'laming o ‘tkazilishi budjet tashkilotlari
tomonidan yuridik va moliyaviy majburiyatlar bilan band qilinmagan ajratilgan budjet mablag'lari doirasida hisobot choragining keyingi oyidavomida amalga oshiriladi. Budjet mablag'larining iqtisodi tegishli o'tgan davr uchun aniqlangan budjet mablag‘lari limitlari va qabul qilingan yuridik majburiyatlar o'rtasidagi farq doirasida aniqlanadi. Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar yuridik majburiyatlardan ortiq bo'lgan hollarda, budjet mablag'larining iqtisodi tegishli o'tgan davr uchun aniqlangan budjet mablag'lari limitlari va qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar o ‘rtasidagi farq doirasida aniqlanadi. Agar shartnomaga uning amal qilish muddatini uzaytirish bo'yicha qo'shimcha kelishuv tuzilmagan bo'lsa, shartnomaning muddati tugashi bilan mahsuiot yetkazib beruvchi (pudratchi) tomonidan tovar (ish, xizmatjlar yetkazib berish bo'yicha majburiyatning bajarilishi tugatiladi. Bunda, amal qilish muddati joriy yilning 31-dekabrigacha bo'lgan shartnomalar muddatini uzaytirish bo'yicha qo'shimcha kelishuv tuzishga yo'l qo'yilmaydi (kapital qo'yilmalar bo'yicha shartnomalardan tashqari). Amal qilish muddati tugagan shartnomalar bo'yicha mahsuiot yetkazib beruvchilaming etkazib bcrgan tovar (ish, xizmat)lari uchun kreditorlik qarzlari o'rnatilgan tartibda hisobvaraq-fakturalar va o'zaro qarzdorlikning solishtirma dalolatnomasi asosida to'lab bcriladi. Mahsulot yetkazib beruvchilardagi mavjud debitorlik qarzlari buyurtmachiga - budjetdan mablag' oluvchining tegishli g'azna hisobvarag'iga qaytariladi.Agar mahsuiot yetkazib beruvchi tomonidan o'tgan moliya yilining debitorlik qarzlari keyingi yilda (keyingi yillarda) qaytarilsa, u holda g'azna hisobvarag'iga tushgan debitorlik qarzlari summasi tegishli budjet daromadlariga tiklanadi.
Amaldagi shartnomalar bo'yicha moliyaviy majburiyatlar miqdori ro'yxatga olingan yuridik majburiyatlar summasiga nisbatan kam qabul qilinishi natijasida budjet mablag'larining iqtisodi yuzaga kelganda, budjet tashkilotlari tegishli hisobot davri uchun shartnomalar summasini qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga muvofiqlashtirish uchun, ularni kamaytirish bo'yicha qo'shimcha kelishuv tuzishlari lozim. Amal qilish muddati tugagan shartnomalar bo'yicha moliyaviy majburiyatlar miqdori ro'yxatga olingan yuridik majburiyatlar summasiga nisbatan kam qabul qilinishi natijasida budjet mablaglarining iqtisodi yuzaga kelgan hollarda, yuridik majburiyatlar summasi qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga buyurtmachi hamda mahsulot yetkazib beruvchi (pudratchi) o ‘rtasidagi solishtirma dalolatnoma asosida muvofiqlashtiriladi.
Budjetdan mablag1 oluvehilar tomonidan oldin tuzilgan shartnomalarga qo'shimcha kelishuvlar tuzishda moliya yili yakunigacha shartnomalar summasi - yuridik majburiyatlar (misol uchun, kuz-qish
mavsumining kelishi bilan bog‘iiq holda elektr energiyasi, tabiiy gaz va issiqlik energiyasi uchun xarajatlaming o'sishi va boshqalar) kamaytirilayotgan xarajatlar moddalari bo'yicha ehtiyoj bo'lishi mumkinligi e’tiborga olinishi lozim. Hisobot yilining oxirida shaxsiy g'azna hisobvaraqlarida qolgan iqtisod qilingan budjet mablag'larining Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg'armasiga o'tkazilishi bir xil tartibda qo'shimcha davr mobaynida amalga oshiriladi. G ‘azna ijrosiga o'tgan budjetdan mablag' oluvehilar bo'yicha o'tgan yil uchun to'lov topshiriqnomalari moliya yiliga qo'shimcha davming tugashigacha 5 ish kunidan kechikmagan muddatda g'aznachilik bo'linmalariga taqdim etilishi lozim.
Tibbiyot muassasalarida tegishli moddada nazarda tutiigan budjetdan rejali ajratilgan mablag'lar Tibbiyot muassasalarining moddiy rag'batlantirish va rivojlantirish jamg'armasiga taqdim qilingan to'lov hujjatlari asosida shartnomalar tuzilmasdan belgilangan muddatda o'tkaziladi.Shartnoma tuzilmasdan quyidagi o'tkazmalar amalga oshirilishi mumkin:

  • budjet tashkilotlarining iqtisod qilingan mablag'lari ulaming Rivojlantirish jamg'armalariga, shuningdek, tibbiyot muassasalari tomonidan - smetada nazarda tutilgan maqsadli ajratilgan mablag'lar Tibbiyot muassasalarining moddiy rag'batlantirish va rivojlantirish jamg'armalariga;

  • kapital qo'yilrnalar bo'yicha buyurtmachilaming boshqaruv apparati xizmatini saqlash uchun mablag'lar ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan, o'rnatilgan tartibda manzilli va titul ro'yxatlarda kelishilgan va har bir obyekt bo'yicha shaxsiy hisobvaraqlardagi summalar doirasida.

G’aznachilik bo'linmalari tomonidan ssudalar, dotatsiyalar va subvensiyalaming o'tkazilishi tayinlash sertifikatlari, ularga ilova qilingan hisob-kitoblar, shuningdek, tegishli moliya organlari tomonidan taqdim etilgan to'lov hujjatiari asosida amalga oshiriladi.
Konkurs savdolari o'tkaziigunga qadar budjetdan mablag’ oluvchilaming yer uchastkasini ajratish, qurilish obyekti hududida yashovehi shaxslami ko'chirish, dastlabki - ruxsat beruvchi hujjatlami tayyorlash, loyiha oldi ishlarni tashkil qilish, loyiha va konkurs hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertiza qilish va tasdiqlash, qurilish obyektlarini davlat arxitektura qurilish nazorati inspeksiyasida ro'yxatga qo'yish, tasdiqlangan qurilishlaming manzilli ro'yxati (loyihatadqiqot ishlari manzilli ro'vxatijda nazarda tutilgan buyurtmachini saqlash kabi xarajatlar to'lanishi mumkin.

Yüklə 40,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin