G’aznachilikda budjet tashkilotlari xarajat smetalarini va ularga kiritiladigan o’zgarishlarni ro’yxatga olish reja



Yüklə 40,14 Kb.
səhifə5/8
tarix27.02.2023
ölçüsü40,14 Kb.
#85760
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu maruzasi

Takrorlash uchun savollar


  1. Budjet tashkilotlarini xarajatlar smetasi asosida moliyalashtirishning mazmuni va xususiyatlarini tushuntirib bering.

  2. Xarajatlar smetasining mazmuni va ahamiyati nimada?

  3. Budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishda smetalarning qaysi turlari qo'llaniladi va ularga xos xususiyatlar nimalardan iborat?

  4. Qaysi holatlarda vaqtinchalik xarajatlar smctasidan foydalaniladi?

  5. Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasiga o'zgartirishlar va tuzatishlar kiritish tartibi qanday?

G’AZNACHILIKDA YURIDIK MAJBURIYATLAR VA ULARNI RO’YXATGA OLISH
Reja:

    1. G‘aznachilikda yuridik majburiyat tushunchasi, uning yuzaga kelishi

    2. G ‘aznachilikda yuridik majburiyatlami ro‘yxatga olish tartibi.

    3. Yuridik majburiyatlarni shakllantirishning umumiy qoidalari

1. G‘aznachilikda yuridik majburiyat tushunchasi, uning yuzaga kelishi
Ma’lumki, davlat moliyaviy nazoratining dastlabki, joriy va so'nggi nazorat shakllari mavjud. Agar budjet amaliyoti nuqtayi nazaridan qaraydigan bo'lsak, dastlabki budjet nazorati turli (larajidagi budjetlar, davlat maqsadli jamg'armalari budjetlari loyihalarini tuzish, ko'rib chiqish, tasdiqlash, budjet tashkilotiarining budjet mablag'lari bo'yicha xarajatlar smetasini hamda budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha smetasini tuzish, tasdiqlash va tegishli moliya organlarida belgilangan tartibda ro'yxatga olish jarayonida amalga oshiriladigan nazorat shakli hisoblanadi. Joriy nazorat shakli moliyalashtiruvchi organlar tomonidan mablag'larning ajratilishida. bevosita to'lovlaming amalga oshirilishida olib boriladi. Davlat budjeti g'azna ijrosining joriy etilishi bilan dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish Moliya vazirligi tizimidagi hududiy va mahalliy moliya organlari bilan bir qatorda, g'aznachilik organlariga ham yuklatiladi. (Yakuniy nazorat Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarma va bo'limlari hamda boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.) Dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish budjet tashkilotlari va budjetdan mablag' oluvchilar majburiyatlarini hisobga olishlari taqozo etadi.
Amerikalik iqtisodchi Steven M.Bragg ning fikricha, g’aznachilik o’zida bir qancha nazorat elementlarini jamlashi kerak, chunki g’aznachilik operasiyalarida ko’plab naqd pul ishtirok etadi. Shuningdek, shartnoma tuzilganda pul oqimi nazoratini g’aznachilik olib borishi kerak.4
Majburiyat,odatda, yozma ravishda rasmiylashtiriladigan, so'zsiz bajarilishi talab qilinuvchi va'da demakdir. Iqtisodiy mazmuniga ko'ra, majburiyat fuqarolik huquqiy munosabati bo'lib, ma’lum bir shaxs
(qarzdor) boshqa bir shaxs (kreditor) manfaati hisobiga ma’lum bir harakatlami amalga oshirishi, ya’ni mol-mulkni berish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish, pul to'lash yoki ma’lum harakatlardan voz kechish va boshqa shu kabiiarning amalga oshirilishini anglatadi.
Majburiyatlami qabul qilishda quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi:

  • imzolangan va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan kontrakt va shartnomalar, tender savdolari asosidagi tovar va xizmatlar xaridiari b o ‘yicha hujjatlar, ishlab chiqaruvchilarning tovar va xizmatlari sifati va boshqa xususiyatlarini tasdiqlovchi patentlar, litsenziyalar va boshqalar;

  • ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlami amalga oshirish uchun qonuniy asos b o ‘lib xizmat qiluvchi hujjatlar;

  • jarimalar va sud qarorlariga asosan, penyalar to ‘lovini amalga oshirish uchun asos b o ‘luvchi tegishli davlat vakolatli organiari qarorlari;

  • budjet dotatsiyalarini ajratish, davlat grantlari, mukofotlar bo‘yicha to'lovlarni amalga oshirishga asos bo‘luvchi hujjatlar.

Majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas'ul shaxslar budjetdan mablag‘ oluvchilar va budjet tashkilotlari rahbarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan boshqa mas’ul shaxslar hisoblanadi. G'aznachilikda o’rnatilgan tartib-qoidalarga muvofiq, yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan budjetdan mablag‘ oluvchi tashkiiot rahbarining buyrug‘i asosida G'aznachilik bo'linmalari bilan ishlash uchun aniq xodimlar belgilanadi.
G'aznachilik organlarida budjet tashkiloti rahbari va u tomonidan mas’ul etib tayinlangan shaxslarning imzo namunalari va tashkilotning muhr izi namunalari g'aznachilikning maxsus kartochkalarida saqlanadi. Imzo namunalari va muhr izi kartochkalari o'rnatilgan tartibda tasdiqlanadi. Kartochkalarning bir nusxasi yuridik va moliyaviy majburiyatlami ro'yxatga oluvchi mutaxassisda, ikkinchi nusxasi xarajatlar to'lovini nazorat qiluvchi mutaxassisda saqlanadi.
G'aznachilikda ikki turdagi majburiyat amal qiladi: yuridik majburiyat va moliyaviy majburiyat. Yuridik majburiyat budjetdan mablag' oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar o'rtasidagi shartnoma tegishli tartibda majburiy ravishda G'aznachilikda ro'yxatdan u'tka/ilganidan keyin vujudga keladi. Yuridik majburiyatlami tegishli G'aznachilik organlarida majburiy ravishda ro'yxatga olishdan ko'zlangan asosiy maqsad - budjet nazoratining samaradorligini yanada oshirish, shartnomalarda nazarda tutilgan xarajatlaming tasdiqlangan rejadan (xarajatlar smetasi ko'rsatkichlaridan) ortib ketishiga yo'l qo'ymaslik.Moliyaviy majburiyatlar - budjet tashkilotlarida va budjetdan mablag' oluvchilarda ularga pul mablag'larini o'tkazib berish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan, ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar bo'lib, ular qabul qilingan yuridik majburiyatlar va xarajatlarni to'lash uchun berilgan ruxsatnomalar doirasida hisob varaq-fakturalari hamda moliyaviy majburiyatlar mavjjdligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida g'aznachilik bo'linmalari tomonidan qabul qilinadi hamda ro'yxatdan o'tkaziladi.
G’aznachilik ichki auditni ham amalga oshiradi. Ichki auditni amalga oshirish orqali aniqlangan muammolarnikelajakda qaytarilmasligini
ta’minlaydi.5

Yüklə 40,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin