Genetik axborot uzatilishini kuzatish. Mundarija: kirish i-bob: genetik axborot uzatilishini kuzatish


-rasm. Axborot uzatish vositalaridan foydalanish imkoniyatlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə9/10
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#126998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
AXBOROT11111111

8-rasm. Axborot uzatish vositalaridan foydalanish imkoniyatlari
Ma'lumot uzatishning yangi vositalari paydo bo'lganda, turli xil qurilmalardan noan'anaviy foydalanish imkoniyatlari paydo bo'ladi. Masalan, videokonferensaloqa va videoqo'ng'iroqlar o'tkazish imkoniyati tibbiyotda optik asboblardan foydalanish g'oyasini keltirib chiqardi. Shunday qilib, patologik organ haqida ma'lumot operatsiya davomida bevosita kuzatish orqali olinadi. Ma'lumot olishning ushbu usulidan foydalanganda katta kesma qilishning hojati yo'q, operatsiya teriga minimal zarar etkazish bilan mumkin.

9-rasm Ma'lumot uzatishning zamonaviy usullari
Xulosa
Genetik axborot - oqsil molekulasining tuzilishi haqidagi axborotning DNK (dezoksiribonuklein kislota)da nukleotidlarning birin-ketin kelish tartibi shaklida kimyoviy tilda yozilishi. G. a.niig realizatsiya qilinishi replikatsiya va transkripsiya holida amalga oshadi. Replikatsiya jarayonida DNK oqsil sintezida bevosita ishtirok etmaydi. Ona hujayra bo’linayotganida DNK ham ikkiga ajraladi. Har bir zanjir qarshisida komplementarlik asosida ik-kinchi DNK zanjiri hosil bo’ladi. DNK replikatsiyasi deb ataladigan bu jarayon irsiy belgilarning nasldannaslga o’zgarmay o’tishini ta’minlaydi.G.a. amalga oshishining ikkinchi bosqichi oqsil sintezini boshqaruvchi uch xil RNK (ribonuklein kislota) molekulasining sintez qilinishidan iborat. Bu jarayon transkripsiya (ko’chirib yozish) deyiladi. RNKning barcha turlari yadroda sintezlanadi.Informatsion RNK (iRNK) translyatsiya jarayonida DNK zanjirlarining birida hosil bo’lib, uning ayrim bo’lagidan aniq nusxa ko’chirib oladi. RNK molekulasida DNK dan uglevod dezokriboza o’rniga riboza, azotli asos timinning o’rniga uratsil bo’lishi hamda bitta zanjirli ekanligi bilan farq qiladi. iRNK DNKdagi oqsil tuzilishi haqidagi axborotni oqsil sintez bo’ladigan ribosomaga tashib keltiradi. Oqsil sintezida transport RNK (tRNK) ham ishtirok etadi. Bu RNK sitoplazmadagi aminokislotalarni ribosomaga yetkazib beradi. Oqsil sintezida ishtirok etadigan uchinchi molekula — bu ribosomal RNK (rRNK) hisoblanadi. Oqsil sintezida iRNK molekulasidagi nukleotidlar tartibi shaklida yozilgan G. a. aminokislotalarning oqsil molekulasida joylanishi tartibiga o’tkazilishi translyatsiya (tarjima qilish) jarayoni deb ataladi. Turli xil organizmlarda aniqlangan genetik axborot ko’chirilishining 3 xil usulini ta’kidlash mumkin:. Replikatsiya – nusxa olish yoki ikki hissa ko’payish. Bu fundamental jarayon hujayralarning bo’linishi, nasliy belgilarning avlodlarga o’zgarmay uzatilishidan iborat. Bunda genetik axborotning o’tkazilishi nuklein kislotalarning bir sinfida, ya’ni DNK dan DNK ga yoki ayrim viruslarda RNK dan RNK ga bo’lib amalga oshadi.Genetik axborotni nuklein kislotalarning turli sinflari o’rtasida – DNK dan RNK ga o’tkazilishi transkriptsiya yoki ko’chirib olish deb aytiladi. Replikatsiyadan farqli ravishda transkriptsiyada DNK molekulasida joylashgan axborot to’liq o’tkazilmaydi, uning ayrim qismlarigina ko’chiriladi. Transkriptsiya natijasida hamma turdagi RNK lar: asosiy (mRNK, tRNK, rRNK) va minor RNK lar hosil bo’ladi.Bundan kelib chiqadiki, DNK sistronlari faqat polipeptid zanjirining strukturasi to’g’risida emas, balki tRNK, rRNK va minor RNK strukturalari to’g’risida ham axborot saqlaydi.Transkriptsiya to’g’ri – DNK dan RNK ga va teskari – RNK dan DNK ga bo’lishi mumkin. Teskari transkriptsiya birinchi bo’lib onkornavirus deb ataluvchi shish hosil qiladigan RNK li viruslarda aniqlangan bo’lib, ular xo’jayin-hujayraning DNK sida teskari transkriptsiya yo’li bilan joylashib oladilar. Virus RNK sining nusxasi - DNK ning begona qismi hujayrada shishli transformatsiyaga olib keladi. Balki, teskari transkriptsiya faqat hujayraning shishli transformatsiyasida emas, ularning me’yoriy hayot faoliyatida yoki differentsiyallanish jarayonida ham ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Teskari transkriptsiya mRNK dan boshqa barcha turdagi RNK lar uchun bo’lishi mumkin. Genetik axborotning makromolekulalarning turli sinflari o’rtasida, ya’ni mRNK dan oqsilga o’tkazilishi translyatsiya yoki tarjima deb aytiladi. Genetik axborot ko’chirilishining bu turida nuklein kislotalarda yozilgan axborotni oqsillar sintezida aminokislotalar tartibiga o’tkazilishidir. Bunda faqat mRNK translyatsiya qilinadi. rRNK va tRNK translyatsiyada yordamchi vazifasini bajaradi. Translyatsiya faqat to’g’ri – mRNK dan oqsilga tomon bo’ladi va u orqaga qaytmaydi. Genetik axborot uzatilishining hamma turlari matritsa (qolip) mexanizmiga asoslangan. Bu esa ularning har biri uchun qolip zarurligini bildiradi. Replikatsiyada DNK ning bir zanjiri (viruslarda RNK), transkriptsiyada – DNK ning bir qismi (to’g’ri transkriptsiya yoki teskari transkriptsiya, translyatsiyada esa – mRNK, ya’ni faqatgina nuklein kislota qolip bo’lishi mumkin. Qolip hujayradagi genetik axborotning juda aniqlik va tejamkorlik bilan o’tkazilishini ta’minlaydi.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin