CDZ — dizigotalar konkordantligi
Agar N=70% (0,7) dan yuqori bo'lsa belgining rivojlanishida irsiyatning
roli hal qiluvchi
bo'ladi.
N ko'rsatkichi 40% dan 70% gacha bo'lganda belgining rivojlanishida irsiyat ham, muhit ham
qatnashadi.
N=40% (0,4) dan kam bo'lganda esa belgi asosan muhit omil- lari ta'sirida rivojlanadi.
Mavzuni o'zlashtirishda, masalalar yechishda shu ma'lumotlardan foydalanish mumkin
(1-jadval).
Bu ma'lumotlar odamning har xil kasalliklarida muhitning va irsi- yatning rolini aniqlashga imkon
beradi.
Egizaklar usuli yordamida hatto yuqumli kasalliklarda (ko'k- yo'tal, sil) tashqi muhit omillari
(infeksiya) ta'siri aniq bo'lganda ham kasalliklar patogenezida ozgina bo'lsa ham irsiyatning roli
borligini anglash qiyin emas.
Chuqur solishtirish natijalarini puxta o'rganish shu narsani ko'rsatadiki faqat kasallikning o'zi
o'xshash bo'libgina qolmasdan ularning klinik ko'rinishlarida va kechishida ham o'xshashlik kuza-
tiladi. Shuning uchun ham egizaklar usulida multifaktorial kasalliklarga
irsiy moyillikni
o'rganishda keng foydalanish mumkin.
Pedagoglar va pediatr shifokorlar egizaklar usuli yordamida muhit va irsiyatning intellekt,
ruhiy qobiliyatlarni rivojlanishidagi rolini aniqlash mumkinligini unutmasliklari kerak. Bolaning
tabiiy tug'ma qobiliyatlari faqat muhitning ma'lum sharoitlari mavjud bo'lgandagina
yuzaga
chiqishi mumkin.
Shuningdek, eng qulay muhit sharoitlari bo'lganida
ham qobiliyatning irsiy
jihatdan genotipda belgilovchi genlari bo'lmaganida yuzaga chiqishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: