Genetik va sitologik xaritalarni yaratish usullari bilan tanishish. Odam kariotipidagi xromosomalar genom strukturasiga ko’ra ularni guruhlarga ajratish. Odamda jinsiy xromosomaga va autosomaga bog’liq holda belgilarning irsiylanishga doir masalalar



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix21.10.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#65682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Genetik va sitologik xaritalarni yaratish usullari bilan tanishi

Genealogiya usuli — eng universal, oddiy, qulay usul bo'lib, belgining bir nechta avlodda 
irsiylanishini aniqlashga asoslangan. 
Usulni amalga oshirish bosqichlari: 
1. 
Ma'lumotlar yig'ish. 
2. 
Shajara (genealogik xarita) tuzish. 
3. 
Shajarani tahlil qilish. 
4. 
Xulosa yozish. 
Ma'lumotlar to'plashda so'rab-surishtirish, anketalar to'ldirish va shaxsiy ko'rikdan o'tkazish 
orqali amalga oshiriladi. 
Avlodlar shajarasini tuzishni proband haqida ma'lumot yig'ish- dan boshlanadi. Proband — 
avlodlar shajarasi aniqlanishi kerak bo'lgan, kasal yoki sog' belgini tashuvchi shaxsdir. 
Probandning aka-uka yoki opa-singillari sibslar deyiladi. 
Avlodlar shajarasini tuzishda juda puxta ishlash, savollarni aniq va to'g'ri bera bilish 
shifokordan katta mutaxassislik mahoratini talab qiladi. 
Egizaklar usuli. Eng qadimgi irsiy tekshirish usullaridan biri bo'lib, hozirda ham o'z 
ahamiyatini yo'qotmagan. Egizaklar monozigotali (bir tuxumli) yoki dizigotali (ikki tuxumli) 
bo'lishi mumkin. Monozigotali egizaklar bir xil genotipga ega bo'ladilar, dizigotalilar genotipida 
esa o'rta hisobda 50% genlar o'xshash bo'ladi, ularning o'xshashligi aka-ukalar, opa-singillarga 
o'xshaydi. 
Egizaklar usulidan: 
1. 
Belgining rivojlanshida irsiyat va muhitning rolini aniqlash- 
2. 
Belgining irsiy yoki irsiylanmasligini o'rganishda; 
3. 
Belgining penetrantligini aniqlashda; 
Egizaklar usulini qo'llashdan oldin ularning mono yoki dizi- gotaligi aniqlanadi. Buning 
uchun quyidagi tekshirishlardan o'tkazi- ladi: 1. Morfologik va fiziologik belgilarni solishtirish 
(27-rasm). Buning uchun konkordantlik va diskordantlik tushunchalari keng qo'llaniladi. Agar 
belgi egizaklarning har ikkalasida uchrasa konkordantlik, egizaklarning faqat bittasida uchrasa 
diskordantlik deyiladi. Konkordantlik qancha yuqori bo'lsa, belgining rivojlanishida irsiyatning 
ahamiyati shuncha yuqori bo'ladi. 
Konkordantlik va diskordantlik ko'rsatkichlari qanchalik bir-biriga yaqin bo'lsa, bu belgining 
rivojlanishida muhitning ahamiyati shunchalik katta bo'ladi (masalan, yuqumli kasalliklar). 2. 
Immunogenetika usuli — eritrotsitlar antigenlarini (I
A
, I
B
, M, N, Rh), qon zardobi oqsillarini, HLA 
antigenlarini aniqlashga asoslangan. 3. Dermatoglifika tek- shirishlari. 4. Feniltiokarbamidga 
sezuvchanligini aniqlash. 5. Teri transplantatsiyasi — eng ishonchli usul. 


Belgining irsiy ahamiyatini aniqlashda quyidagi Xolsinger tenglamalardan foydalaniladi: 
r rr _ CMZ-CDZ 
1ЛЛ

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin