Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 398,07 Kb.
səhifə74/90
tarix31.07.2023
ölçüsü398,07 Kb.
#138099
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90
Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik-www.hozir.org

Individual tanlashda
— foydali sifatga ega ayrim shaxslar tan-
lab olinadi. Ularning o‘simliklarda o ‘z-o‘zidan changlantirish,
hayvonlarda yaqin avlodlarni chatishtirish (inbriding) yo‘llari bilan
sof liniyalarni keltirib chiqariladi.
S o f liniyalar
— seleksiya uchun foydali belgilarga ega bo‘lgan
irsiy jixatdan bir xil (gomozigot) organizmlar guruhlaridir.
Duragaylanish
ikki xil bo‘ladi:
1.
Yaqin qarindoshlar orasida
— retsessiv genlarning gomozi­
got holda o ‘tishiga (gomozigotizatsiya) olib keladi.
2.
Begonalar orasida
— har xil shakllardagi foydali belgilar
genlarini bir organizmda to ‘planishga imkon beradi.
Inbridingda
(inglizcha inbreeding, in — ichida, breeding —
ko‘paytirish) — gomozigotalar chastotasi ortib boradi. Natijada
ko‘p marta takrorlanuvchi inbriding avlodlar xususiyatlarining to-
bora yomonlashib, kuchsizlashib borishida olib keladi.
Yuqorida biz odamlar orasida yaqin qarindoshlar orasidagi
inbriding nikohlarning zararli tomonlarini, irsiy kasalliklar, bolalar
o‘limi ortib borishini aytib o ‘tgan edik.
Autbriding
(inglizcha out — tashqari, breeding — ko‘paytirish)
duragaylash ham ikki xil bo‘lishi mumkin.
1.
Tur ichida
— bir turga kiruvchi navlar va zotlarni duragay­
lash.
2.
Chetdan (uzoqdan) duragaylash
— har xil turga va avlodga
kiruvchi organizmlarni duragaylash.
Autbriding
natijasida geterozigotalanish kuzatiladi. Olingan
duragaylar o‘z xususiyatlari jixatidan ota-onalardan ustunlikka ega
bo‘ladi. Bunday holatlarda
geterozis
yoki duragay kuchi effekti
kuzatiladi. Chunki geterozigot holatidagi duragaylarda zararli re­
tsessiv allellar ta ’siri kuzatilmaydi.
Geterozis effektidan makkajo‘xori, bodring, qand lavlagisi kabi



139
madaniy o‘simliklarning foydali navlarini olishda foydalaniladi.


Parrandachilikda tovuqlarni liniyalararo duragaylash natijasida
geterozis jo ‘jalar — broylerlar olinadi. Lekin geterozis effekti keyin-
gi avlodda kamayib ketadi.
Insonlar orasida autbriding (begonalar orasida) nikohlar
geterozigotalikni oshirgani uchun populyatsiyaning tibbiy-genetik
holatini yaxshilashga imkon beradi.
Chetdan duragaylash ancha qiyinchilik bilan amalga oshiriladi.
Chunki bunda irsiy nomoslikni maxsus metodlar bilan bartaraf etish-
ga to ‘g‘ri keladi. Gametogenez jarayonlari buzilgani uchun turlararo
duragaylar bepusht bo ‘ladi. Lekin bunday duragaylarda xo‘jalik
uchun foydali belgilar namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, ot va
eshakni chatishtirish natijasida olingan xachirlar bepusht bo‘lishiga
qaramasdan chidamli, kuchli va uzoq yashash qobiliyatiga ega bo‘la-
di. Bir o‘rkachli va ikki o‘rkachli tuyalar duragaylari — norlar ham
juda chidamli bo‘ladi. K o‘rsatilgan an’anaviy seleksiya usullari orga-
nizm genotiplari orasidagi farqlar tufayli ancha qiyinchiliklarni
keltirib chiqaradi.
Hozirgi davrda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan hujayra va
gen injeneriyasi usullari yangi, hatto tabiatda uchramaydigan irsiy
belgilarga ega organizmlarni yaratishga imkon beradi.

Yüklə 398,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin