Translyatsiyaribosoma deb ataluvchi struktura ichida amalga oshadi. Ribosomalarning asosiy vazifasi polipeptidlar hosil qilishdan iborat. Ribosoma i-RNKga bogʻlanib, “start” kodonini topgandan soʻng bir zumda i-RNK bilan qorishib ketadi. Shu bilan i-RNKdagi kodonlar ketma-ketligini aynan akslantiruvchi aminokislotalar zanjiri asta-sekin hosil boʻladi.
Ribosoma har bir kodonga qaysi aminokislotani qoʻshishni qanday biladi? Maʼlum boʻlishicha, bu moslashni ribosoma amalga oshirmaydi. Aksincha, u transport RNK (t-RNK)lar deb ataluvchi maxsus RNK molekulalar guruhiga bogʻliq hisoblanadi. Har bir t-RNK bitta uchida bir yoki bir nechta muayyan bir kodonlarga bogʻlana oladigan 3 ta nukleotidni saqlaydi. Ikkinchi uchida t-RNK aminokislotani, yaʼni ushbu kodonlarga mos keladigan aminokislotani olib yuradi.

Hujayra ichida harakatlanuvchi koʻplab t-RNKlar mavjud, ammo maʼlum bir vaqtda oʻqilayotgan kodonga mos keladigan t-RNK aminokislotalar yukini bogʻlab, yetkazib bera oladi, xolos. Bir t-RNK ribosomadagi mos kodon bilan mahkam bogʻlanganidan soʻng, uning aminokislotalari polipeptid zanjirining oxiriga qoʻshiladi.