Qanday qilib genning DNK ketma-ketligi muayyan bir oqsil yuzaga chiqishini belgilaydi?
Qanday qilib genning DNK ketma-ketligi muayyan bir oqsil yuzaga chiqishini belgilaydi?
Koʻplab genlar polipeptidlar sintezlanishini olib boruvchi yoʻriqnoma hisoblanadi. Qanday qilib DNK polipeptid sintezi uchun yoʻriqnoma vazifasini bajarishi mumkin? Bu jarayon ikkita asosiy bosqichdan iborat: transkripsiya va translyatsiya.
Transkripsiyada genning DNK ketma-ketligidan nusxa olinib, RNK molekulasi yaratiladi. Bu bosqich transkripsiya deb nomlanishining sababi shundaki, bunda DNK ketma-ketligi qayta yoziladi, transkripsiya qilinadi, yaʼni DNK ketma-ketligi RNK “alifbosida” namoyon boʻladi. Eukariot hujayralarda hosil boʻlgan RNK molekulasi yetuk informatsion RNK (i-RNK) boʻlishi uchun protsessing jarayonidan oʻtishi kerak.
Translyatsiyada i-RNK ketma-ketligi polipeptidning aminokislota ketma-ketligida oʻqiladi. Translyatsiya soʻzi i-RNK nukleotid ketma-ketligining aminokislota “tili”ga oʻgirilishini, yaʼni translyatsiya qilinishini bildiradi.
Shu sababli oqsil kodlovchi gen ekspressiyasida maʼlumot quyidagi tartibda koʻchiriladi: DNK \rightarrow→right arrow RNK \rightarrow→right arrow oqsil. Maʼlumotning bu yoʻnalishda harakatlanishi molekulyar biologiyaning markaziy dogmasi sifatida maʼlum. Oqsil boʻlmagan kodlovchi genlar (funksional RNKni belgilovchi genlar) ham RNK hosil qilish uchun transkripsiya qilinadi, lekin bu RNK molekulasi polipeptidga translyatsiya qilinmaydi. Har ikkala gen turi uchun DNKdan boshlab funksional mahsulot hosil boʻlishigacha boʻlgan jarayon gen ekspressiyasi deb nomlanadi.